Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha tayyorlashni konseptual asoslari…


Kompaniyaning pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumot moliyaviy hisobotni foydalanish



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə13/26
tarix20.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#133209
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Dissertatsiya Rasulov Sh.Sh.(1)

2.2.Kompaniyaning pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumot moliyaviy hisobotni foydalanish
Kompaniyaning pul oqimlari to‘g‘risidagi maʼlumot moliyaviy hisobot foydalanuvchilariga kompaniyaning pul mablag‘larini hosil qilish imkoniyatini baholashga yordam beradi. Foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar kompaniyaning pul mablag‘larini hosil qilish imkoniyatini hamda ularni hosil qilish muddati va aniqligini baholashni talab etadi.
Shuningdek, bunday maʼlumot bir xil operatsiya va hodisalarning turlicha hisobga olish tartiblarini qo‘llash imkonini bermasligi bois, turli tashkilotlarning operatsion faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarining qiyoslanuvchan-ligini oshiradi. 7-son BHXSning maqsadi kompaniyalar tayyorlaydigan pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidigi hisobotni tayyorlash tamoyillari va boshqa izohlarni tayyorlash tartibini belgilashdan iborat. Moliyaviy hisobot foydalanuvchilari kompaniya pul mablag‘larini qanday hosil qilishi va qanday foydalanishini bilishdan manfaatdor. Kompaniyalar ularning daromad keltiruvchi faoliyat turlari farqli bo‘lishiga qaramay pul mablag‘lariga, asosan, bir xil sabablarga ko‘ra ehtiyoj sezadi. Pul mablag‘lari kompaniyalarga asosan quyidagi maqsadlar uchun zarur bo‘ladi:
operatsiyalarini amalga oshirish;
majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish;
investorlarga daromadlarini to‘lash;
Shuning uchun pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot barcha kompaniyalar tomonidan taqdim etilishi talab etiladi.
Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotiga oid asosiy tushunchalarni izohlaydi.
Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etishning umumiy tamoyillari va formatini tushuntiradi.
Operatsion faoliyatdan kelib chiqadigan pul oqimlarini taqdim etish usullarini tushuntiradi.
Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotga oid quyidagi masalalarni
tushuntiradi:
Pul oqimlarini netto asosda taqdim etish;
Chet el valyutasidagi pul oqimlari;
Foizlar va dividendlar;
Foyda soliqlari;
Sho‘ba tashkilotlar, taʼsir ostidagi tashkilotlar va qo‘shma korxonalarga investitsiyalar;
Sho‘ba tashkilotlar va boshqa bizneslardagi egalik ulushlarining o‘zgarishi;
Pulsiz operatsiyalar, moliyaviy faoliyatdan kelib chiqadigan majburiyatlarning o‘zgarishi va pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining komponentlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yoritib berish talablarini tushuntiradi.
Pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari joriy aktivlardir. Eng likvidli aktiv bu pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlaridir. Pul mablag‘lari deganda kompaniyada mavjud naqd pul mablag‘lari va talab qilib olguncha depozitlari, yaʼni bank hisobraqamlaridagi pul mablag‘lari tushuniladi. Kompaniya chet el valyutasidagi naqd pul mablag‘lari va talab qilib olguncha depozitlarga ham
ega bo‘lish mumkin. Bunday chet el valyutasidagi pul mablag‘lari hisobda 21-son BHXS “Valyuta kurslaridagi o‘zgarishlarning taʼsirlari”ga muvofiq funktsional valyutada aks ettirilishi lozim.
2022-yil 31-dekabr holatiga АBS kompaniya kassasida 2000 dollar naqd pul mablag‘lari va bank hisobraqamida 50 mln so‘m pul mablag‘lariga ega. Kompaniya bank hisobraqamidagi pul mablag‘larini o‘zining birinchi talabi bilan foydalanishi mumkin.
Mazkur holatda kassadagi naqd pul va bank hisobraqamidagi pul mablag‘lari kompaniyaning pul mablag‘larini tashkil etadi. Ularning hisobot davri yakuniga qoldig‘i moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda, ularning davr mobaynidagi harakati-pul oqimlarini (kirimlari va chiqimlari) pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi.
Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot nafakat pul mablag‘lari balki pul mablag‘lari ekvivalentlaridagi davr uchun o‘zgarishni ham aks ettiradi. Shuning uchun, ushbu hisobotni tayyorlashda pul ekvivalentlarini tushunish muhim hisoblanadi. Ko‘pchilik kichik va o‘rta biznes tashkilotlarida pul mablag‘laridan boshqa qisqa muddatli investitsiyalar yoki moliyaviy aktivlar mavjud bo‘lmaydi. Lekin yirik kompaniyalarda turli hil moliyaviy aktivlar mavjudligi tufayli ular orasidan pul mablag‘lari ekvivalentlarini ajratib olish muhimdir.
Muayyan moddani pul mablag‘lari ekvivalentlari sifatida baholash uchun kompaniya mulohaza yuritishi talab etiladi. Bunday mulohaza kompaniya hisob siyosatida belgilab qo‘yilishi uning muntazam qo‘llanishi uchun asos bo‘ladi. 7-son BHXSning 46-bandida bunday mulohaza kompaniya moliyaviy hisobotining izohlar qismida yoritib berilishi lozimligi ko‘rsatilgan. Yuqorida keltirilgan taʼrifga ko‘ra pul mablag‘lari ekvivelentlari to‘rt hil meʼzonga ega ekani ko‘rsatilgan:
1) ular qisqa muddatli bo‘ladi;
2) ular yuqori likvidli investitsiyalardir;
3) ular belgilangan summadagi pul mablag‘lariga oson aylantirilishi
mumkin; va
4) ular qiymatining o‘zgarishi jihatidan ahamiyatsiz darajadagi riskka
ega bo‘ladi.
Pul mablag‘lari ekvivalentlari kompaniyaning investitsiya maqsadlarida emas, balki pul mablag‘lari bilan so‘ndiriladigan qisqa muddatli majburiyatlari uchun tutib turilgan moddalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, moliyaviy institutlarga qo‘yilgan qisqa muddatli depozitlar, baʼzi moliyaviy instrumentlar, qisqa muddatli korporativ obligatsiyalar pul mabalg‘lari ekvivalentlari tarkibiga kiritilishi mumkin. Kompaniya hisob siyosatida biror moddani pul mablag‘lari ekvivalenti sifatida tasniflash uchun bunday modda odatda so‘ndirish muddati qisqa bo‘lishini, yaʼni xarid qilingan sanadan boshlab taxminan uch oy yoki undan kam bo‘lishi lozimligini hisobga olishi lozim.
Bank kreditlari odatda moliyaviy faoliyatga tegishli deb qaraladi. Lekin, ayrim davlatlarda talab qilinganda to‘lanadigan bank overdraftlari kompaniya pul mablag‘larini boshqarish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday hollarda bank overdraftlari pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari tarkibiga kiritiladi. Bank bilan tuzilgan bunday kelishuvlarning o‘ziga xos xususiyati bankdagi hisobvaraq qoldig‘ining ko‘pincha musbatdan manfiyga o‘zgarib turishidir.





Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin