Moliyaviy investitsiyalar auditi


Moliyaviy investitsiyalar bo`yicha moliyaviy natijalarni tekshirish



Yüklə 132,5 Kb.
səhifə7/8
tarix19.06.2023
ölçüsü132,5 Kb.
#132543
1   2   3   4   5   6   7   8
1515329402 69893

5. Moliyaviy investitsiyalar bo`yicha moliyaviy natijalarni tekshirish
Subyektning moliyaviy investitsiyalardan oladigan daromadlari 9520-«Dividend ko`rinishidagi daromadlar», 9530 - «Foiz ko`rinishidagi daromadlar» va 9560 «Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan olinadigan daromadlar» schyotlarida hisobga olinadi va «Mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risidagi Nizom» ga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar qatoriga kiritiladi.
«Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi... to`g`risidagi Nizom» da «Sarflangan (qimmatli qog`ozlarga, shuba subyektlarga va h.k.larga) mablag`larni qayta baholashdan olingan daromadlar»6 ni qayta baholashdan ko`rilgan zararlar qimmatli qog`ozlarga qilingan investitsiyalar va shu'ba subyektlarga berilgan mablag`larni har chorakda (yilda) qayta baholash, ya'ni ularni balansda bozor bahosi bo`yicha aks ettirish tavsiya etiladi. Ammo, bunday hisob yuritish siyosatiga qimmatli qog`ozlar bozori keng rivojlanganda erishilib, bozor qiymati haqida muntazam axborotlar mavjud sharoitda bo`lishi mumkin.
Auditor sotib olingan qimmatli qog`ozlardan tashqari subyektning o`zida chiqarilgan qimmatli qog`ozlar saqlanishi ham mumkinligini bilishi zarur. Bunday qimmatli qog`ozlar o`z jamoasi a'zolariga sotilguncha yoki birjaga berilgunga qadar 006-«qat'iy hisobot blankalari» degan balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.
Qo`shimcha daromad olish maqsadida ikkilamchi sotish uchun birjada sotib olingan yoki jismoniy shaxslardan (masalan, subyekt xodimi ishdan bo`shab ketayotganida) sotib olingan subyekt aksiyalari quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi, qimmatli qog`ozlarning xarid qiymatiga:
Debet 8620 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli»,
Kredit 5000 - «Kassadagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar».
Subyekt aksiyalarini ikkilamchi sotish quyidagicha aks ettiriladi, ikkilamchi sotish qiymatiga:
Debet 5000 - «Kassadagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 5100 - «Hisob-kitob schyotidagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 5200 - «Chet el valutasidagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar», Kredit 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi».

  • qimmatli qog`ozlarning xarid bahosiga:

Debet 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»,
Kredit 5610 - «Pul ekvivalentlari» (turlari bo`yicha).

  • ikkilamchi sotish qiymatining xarid bahosidan oshgan qismiga:

Debet 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»,
Kredit 9590 - «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari».
Agar harid qiymati ikkilamchi sotish qiymatidan yuqori bo`lsa, u holda: Debet 9690 - « Moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa xarajatlar», Kredit 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi».
Auditor bunday hollarda samarasiz moliyaviy muomalalar amalga oshirilganligining obyektiv (balki subyektiv) sabablarini aniqlashi, oqilona ish yuritilganda yo`l qo`yilmasligi mumkin yo`qotishlar ko`lamini aniqlashi va bu haqda direktorlar kengashida yoki aktsiyadorlar majlisida bildirishi zarur.
Boshqa subyektlarning ustav kapitaliga hissa qo`shish ko`rinishidagi qilingan moliyaviy investitsiyalar auditi ushbu subyektlar ustavlarini tahlil qilib, daromad olish shartlarini hamda bunday investitsiyalar samaradorligining to`g`riligi va hisobda to`liq aks ettirilganligini aniqlashdan iborat.
Moliyaviy investitsiyalar boshqa subyektlar faoliyatida hissa qo`shib ishtirok etish, aksiyalar bo`yicha dividendlar va obligatsiyalar bo`yicha daromadlar olish maqsadida amalga oshirilib, hisobda quyidagicha aks ettiriladi, olingan dividendlar (foizlar) summasiga:
Debet 5100 - «Hisob-kitob schyotidagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 5200 - «Chet el valutasidagi schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar», Kredit 9520 - «Dividendlar ko`rinishidagi daromadlar» yoki, Kredit 9530 - «Foizlar ko`rinishidagi daromadlar».
Daromadlarning to`liq aks ettirilganligini tekshirishda, ularning miqdori buxgalteriyada hisobga olish maqsadida quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo`lganda tan olinadi:

  • subyekt ushbu daromadlarni olish huquqiga ega;

  • daromadlar summasi aniqlangan bo`lishi mumkin;

  • muayyan muomala natijasida subyekt iqtisodiy manfaatining ko`payishigaishonch bo`lganida.

Subyektning moliyaviy investitsiyalardan olgan barcha daromadlari soliqqa tortish maqsadida ikkita guruhga bo`linadi:

  • umum qabul qilingan tartibda realizatsiyadan tashqari daromadlar tarkibidasoliqqa tortiladigan daromadlar (hamkorliqdagi faoliyatdan olingan daromadlar);

  • maxsus tartibda soliqqa tortiladigan daromadlar. Bularga aksiyador - subyektgategishli va bu qimmatli qog`ozlar egasining emitent - subyekt foydasini taqsimlashda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi aksiyalar bo`yicha olingan daromadlar;

O`zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog`ozlari va mahalliy organlar qimmatli qog`ozlari;
O`zbekiston Respublikasi hududida tashkil qilingan boshqa subyektlar ustav kapitalida hissa qo`shib ishtirok etishdan olingan daromadlar. Bunday daromadlar belgilangan foiz stavka bo`yicha soliqqa tortiladi va daromadlarni to`lash manbalaridan to`lanadi.
Qimmatli qog`ozlar bozori rivojlangan davlatlarda dividend daromadining 15-25 % bo`lishi normal holat bo`lib hisoblanadi. Inflatsiya kuzatilayotgan sharoitda esa bu ko`rsatkich birdan katta (ya'ni 100 % va undan yuqori) bo`lishi mumkin.
Aksiyalar bozor bahosining ular nominal qiymatiga nisbatan yildan-yilga o`sib borishi ham subyekt rahbariyatining oqilona ish yuritayotganligidan dalolat beradi.
Qimmatli qog`ozlarga daromad hisoblanganda (olinadigan daromad miqdorida) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1.Obligatsiyalar uchun olinadigan foizlar:
Debet 4830 - “Olinadigan foizlar”,
Kredit 9530 - “Foiz ko`rinishidagi daromadlar”.
2.Aktsiyalar uchun olinadigan dividendlar:
Debet 4840 - “Olinadigan dividendlar”,
Kredit 9520 - “Dividend ko`rinishidagi daromadlar”.
Qimmatli qog`ozlarga dividend hisoblanganda xalqaro moliyaviy hisobotlar standartiga muvofiq ikkita usuldan foydalanish mumkin:
1.Qiymat usuli. Ushbu usul qo`llanganda, investor o`z mablag`ini boshqa subyektga dastlabki qiymati bo`yicha qo`yadi. Uning asosiy tamoyillari shundan iboratki, investitsiyalar qiymati shuba tuzilmalarning moliyaviy ahvolidan qat'iy nazar o`zgarmaydi, ulardan olinadigan dividendlar bosh jamiyat daromadi sifatida hisobga olinadi.
Bu usulni quyidagi hollarda qo`llash tavsiya etiladi:

  • shuba jamiyatini keyinchalik yaqin kelajakda sotish uchun olingan va uninazorat qilish ham vaqtinchalik bo`lganda;

  • shuba jamiyati uning bosh jamiyatiga mablag` o`tkazish qobiliyatini jiddiydarajada kamaytiradigan belgilangan uzoq muddatli muhim sharoitlar doirasida faoliyat yuritganda. Masalan, shuba jamiyatiga qarz bergan tashkilot tomonidan qo`yiladigan dividendlarni to`lashda cheklashlar mavjud bo`lishi mumkin.

2. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jamiyat tomonidan shuba jamiyatga sezilarli darajada ta'sir o`tkazish va nazorat qilish hollarida qo`llash tavsiya qilinadi, u quyidagilardan iborat:

  • investitsiyalarning joriy qiymati shuba jamiyatning xojalik faoliyati natijalarigabog`liqlikda o`zgaradi: u foyda olganda investitsiyalar qiymati oshadi, zarar esa kamayadi;

  • bosh jamiyat investitsiyalardan foydani egalik ulushiga mutanosib ravishda aksettiriladi: uning shuba jamiyatidagi ulushi qancha ko`p bo`lsa, bosh jamiyat balansida investitsiyalar qiymati shuncha ko`p summaga oshiriladi;

  • olingan dividendlar daromad sifatida qaralmaydi, balki investitsiyalar qiymatinikamaytirish tarzida ifodalanadi.

Misol. «Bosh jamiyat shuba jamiyatning aksiyalarini 60 %ni 28000 ming so`m nominal qiymati bo`yicha sotib oldi va buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuvlarni amalga oshirdi:
Debet 0620 - «Shuba xojalik jamiyatlariga investitsiyalar» - 28000, Kredit 5110 - «Hisob-kitob raqami» - 28000.
Hisobot yili tugagach, sho`'ba jamiyati 4400 ming so`m sof foyda oladi va u bosh jamiyat nazoratida bo`lganligi bois investitsiyalar qiymatining oshganligini hamda daromad summasini egalik ulushiga mutanosib ravishda, (4400 x 60%) 2640 ming so`mni buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
Debet 0620 - «Shuba xojalik jamiyatlariga investitsiyalar» - 2640, Kredit 9590 - «Moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar» - 2640.

Yüklə 132,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin