Moliyaviy investitsiyalar auditi


Moliyaviy investitsiyalar harakati bilan bog`liq muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirilishini tekshirish



Yüklə 149 Kb.
səhifə7/9
tarix22.05.2023
ölçüsü149 Kb.
#120043
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pechat Azizbek moliyaviy-investitsiyalar-auditi

4.4. Moliyaviy investitsiyalar harakati bilan bog`liq muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirilishini tekshirish
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda qo`llaniladigan dastlabki hujjatlarning rasmiylashitirilishini tekshirishda shuni hisobga olish zarurki, qimmatli qog`ozning o`zi - qat'iy shakldagi hujjat bo`lib, uning shakli va majburiy rekvizitlari qimmatli qog`ozlarning ma'lum turlari uchun qonunchilik bilan belgilangan talablarga mos kelishi lozim. Qimmatli qog`ozlarda majburiy rekvizitlarning yo`qligi yoki qimmatli qog`ozning belgilangan shaklga mos kelmasligi uning yaroqsizligidan dalolat beradi. Shuning uchun auditor qimmatli qog`ozlar blankalarini shaklan tekshirish bilan birga, mohiyatan ham tekshiruvdan o`tkazadi. Shuningdek, qimmatli qog`ozlar qiymat ko`rsatkichlari arifmetik tekshiruvdan ham o`tkazilishi zarur.
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda qo`llanilgan dastlabki hujjatlarni tekshirish o`ta muhim ahamiyatga ega. Chunki, ular qimmatli qog`ozlarga doir mulkiy huquqning bir subyektdan ikkinchisiga o`tishida maxsus tartibni belgilaydi.
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga qabul qilish uchun asos bo`luvchi hujjatlarda muayyan qimmatli qog`ozni sotib olish maqsadi va undan foydalanish muddati ko`rsatilishi shart.
Aksiyalar, obligatsiyalar va shunga o`xshash qimmatli qog`ozlar 0610 “qimmatli qog`ozlar” schyotining debeti bo`yicha sotib olingan qiymatida hisobga olinadi va qimmatli qog`ozlar hisobga olingan avvalgi schyotlari kreditida ularning hisobiga berilgan qiymatliklar aks ettiriladi. Subyekt tomonidan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar uchun mablag`lar o`tkazilsa, lekin hisobot davrida subyektga ularga egalik huquqini beruvchi tegishli hujjatlar (aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa subyektlarga o`tkazilgan qo`yilmalar summasiga guvohnomalar va boshqalar) olinmasa, bular 0610 “Qimmatli qog`ozlar” schyotida alohida ko`rsatiladi. Agarda, subyektlar tomonidan sotib olingan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa shunga o`xshash qimmatli qog`ozlar to`liq qiymati nominal qiymatidan yuqori bo`lsa, u holda har safar ularga to`g`ri keladigan daromad hisoblanganda xarid qilish va nominal qiymatlar orasidagi farqi quyidagicha buxgalteriya yozuvlari orqali hisobdan chiqariladi: Debet 9690 - «Moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa xarajatlar», Kredit 0610 - «Qimmatli qog`ozlar».
Agarda, subyekt tomonidan harid qilingan obligatsiyalar va boshqa shunga o`xshash qimmatli qog`ozlarning harid qiymati ularning nominal qiymatidan past bo`lsa, u holda har safar ularga daromad hisoblanganda xarid qilish va nominal qiymatlar orasidagi farqning bir qismi qayta hisoblanadi (to`ldiriladi) va quyidagicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
Debet 0610 - «Qimmatli qog`ozlar»,
Kredit 9590 - «Moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa daromadlar».
Moliyaviy investitsiyalarni baholash va qayta baholashning umumiy qoidalari O`zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi qonunda va 12-sonli «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli BHMS da belgilangan.
Oldi-sotdi shartnomasi bo`yicha qimmatli qog`ozlar sotib olinganida qilingan moliyaviy investitsiyalar investor uchun qilingan haqiqiy xarajatlar summasida buxgalteriya hisobiga qabul qilinadi.
Auditor qimmatli qog`ozlarni baholashni tekshiruvi mobaynida 12-sonli «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli BHMS ning 9-19 bandlaridagi qoidalarga asoslanadi. Qimmatli qog`ozlarni sotib olish bo`yicha haqiqiy xarajatlar quyidagilarni o`z ichiga oladi: shartnomaga muvofiq sotuvchiga to`lanadigan summalar; qimmatli qog`ozlarni sotib olish bilan bog`liq axborot va maslahat xizmatlar uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlar yoki shaxslarga to`lanadigan summalar; qimmatli qog`ozlarni sotib olishda ishtirok qilgan vositachi tashkilotlarga to`lanadigan to`lovlar; qimmatli qog`ozlar sotib olish uchun, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilgunga qadar ishlatilgan qarz mablag`lar bo`yicha foizlar to`lash uchun qilingan sarflar; qimmatli qog`ozlarni sotib olish bilan bevosita bog`liq bo`lgan boshqa sarflar.
Bundan tashqari, auditor, moliyaviy investitsiyalarning amaldagi xarajatlar miqdorida buxgalteriya hisobida to`g`ri aks ettirilganligiga o`z e'tiborini qaratishi darkor. Qimmatli qog`ozlar sotib olingan narxida, shu jumladan bevosita sotib olish bilan bog`liq xarajatlar, ya'ni brokerlik mukofotlari va bank xizmatlari uchun to`lovlar kabi xarajatlar bilan birgalikda 0610 - «Qimmatli qog`ozlar» schyotiga kirim qilinadi. Agarda sotib olingan obligatsiya va shu kabi boshqa qimmatli qog`ozlarning sotib olish bahosi ularning nominal qiymatidan katta bo`lsa, bu holda har safar ularga daromad hisoblashda sotib olish bilan nominal qiymat o`rtasidagi farq hisobdan chiqariladi, narx past bo`lganida esa foyda hisoblab yoziladi. Har ikki holatda ham:

  • qimmatli qog`ozlar bo`yicha foyda hisoblab yozishda hisobdan chiqaribtashlanadigan sotib olish va nominal qiymat o`rtasidagi farq summasi umumiy farq summasi hamda qimmatli qog`ozlar bo`yicha o`rnatilgan foyda to`lash davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;

  • qimmatli qog`ozlarni so`ndirish (ularni qayta sotib olish) paytiga kelib, ularning0610 - «Qimmatli qog`ozlar» schyotda hisobga olinadigan bahosi nominal qiymatga mos kelishi shart.

Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar vaqti-vaqti bilan qayta baholanib turishi lozimligi bois, auditor unga oid materiallar bilan tanishishi va buxgalteriya hisobida amalga oshirilgan qayta baholash natijalarining to`g`ri aks ettirilganligini tekshirishi lozim.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor qisqa va uzoq muddatli aktivlar sifatida tasniflangan investitsiyalar buxgalteriya balansida qiymatlari bo`yicha to`g`ri hisobga olinganligini tekshirishi kerak.
Qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymati bo`yicha hamda harid qiymati va bozor qiymati kabi ikki qiymatning eng kami bo`yicha hisobga olinishi kerak. Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar, harid va bozor qiymatlaridan eng kami bo`yicha hisobga olinadigan bo`lsa, uning balansdagi qiymati, umuman barcha investitsiyalar qiymati asosida yoki investitsiyalar turlari bo`yicha yoxud alohida investitsiyalar asosida aniqlanadi. Auditor bundan tashqari, qisqa muddatli investitsiyalar balans qiymatining kamayishi va ko`payishi qay tarzda aks ettirilganiga e'tiborini jalb qilishi lozim. Qisqa muddatli investitsiyalarni bozor qiymati bo`yicha hisobga oluvchi xojalik yurituvchi subyekt, hisob siyosatida investitsiyalar balans qiymatining kamayish yoki ko`payishini daromad yoki xarajat sifatida aks ettiradi.
Uzoq muddatli investitsiyalar harid qiymati bo`yicha, qayta baholangan qiymati bo`yicha hamda xarid va bozor qiymatining umumiy investitsiyalar usuli bo`yicha aniqlangan, eng kam bahosi bo`yicha hisobga olinadi.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash uchun qayta baholashning amalga oshirish davriyligini, shu jumladan uzoq muddatli investitsiyalar toifalarini aniqlash zarur. Balans qiymatining vaqtincha pasayishi istisno etgan holda, investitsiyalar qiymati kamaygan taqdirda, barcha uzoq muddatli investitsiyalarning balans qiymati kamaytiriladi. Bunda kamaytirish har bir moliyaviy investitsiya bo`yicha aniqlanadi va tayyorlanadi.
Auditor, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash natijasida paydo bo`ladigan qo`shimcha miqdor xususiy kapitalga qayta baholashdan kelgan daromad sifatida qo`shilishi kerakligini e'tiboridan chetda qoldirmasligi lozim. Moliyaviy investitsiyalar qiymati kamaygan taqdirda, kamayish miqdori xususiy kapitalda aks ettirilgan o`sha investitsiyalarni oldingi baholash qiymati hisobidan amalga oshiriladi. Agar, moliyaviy investitsiyalar qiymatini kamayishi miqdori, ilgarigi qayta baholashdan olingan daromad miqdoridan kam bo`lsa, bu tafovut xarajat sifatida hisobga olinishi lozim. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni qo`shimcha baholash miqdori, mazkur investitsiyalardan kelgan zarar qoplangandan so`ng, xususiy kapital ko`payishiga kiritiladi.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin