Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.
Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi.
Maqsadli pul fondlari — bu Moliya resurslari yoki Moliya obʼyektidir. Moliya subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. Moliya daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi.
2. Moliyaning vazifalari
Moliya pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi:
Taqsimlash
Rivojlantirish
Ijtimoiy himoya
Axborot berish
Nazorat
1. Taqsimlash vazifasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi. 2. Rivojlantirish vazifasi — Moliya fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot subʼyektlarining faolligi yuzaga keltiriladi. Ragʻbatlantirish Moliya vositalarini qoʻllash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subvensiya ajratish, jarima solish, sanatsiya va soliqlarni qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy ragʻbatlantirish vositasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imtiyozlar berish soliq toʻlovchilarni qoʻliga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga undaydi.