Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati va tamoyillari, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli



Yüklə 108,13 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü108,13 Kb.
#204847
1   2   3   4   5
moliyaviy rejalashtirishning mohiyati va tamoyillari, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli

Nazorat raqamlari - bu belgilangan muassasaning faoliyat samarasini aniqlash hamda uning rivojlanish istiqbolini aniqlovchi ko`rsatkichdir. Masalan, o`quv muassasalarda o`qiydiganlarning G`o`quvchilar, studentlar soni o`rtacha yillik hisobida stavkalarning miqdori maktablarda pedagogik ishchilarning texnikum va oliygohlarda professor-o`qituvchilar tarkibiG`; statsionar toifadagi meditsina tashkilotlarida - kasallarning yotar-turar joyi, ularning ishlatilishi hamda mediklarning stavkalarini ifodalovchi ko`rsatkichlar ishlatilishi lozim, ambulatoriya - poliklinika muassasalarida kasallarning doktorlar qabulida bo`lishi va mediklarning stavkalari miqdorini ifodalovchi ko`rsatkichlardan foydalaniladi va hokazo.
Nazorat raqamlari direktiv xarakterga ega emas va muassasalarning faoliyatida turli xil xizmatlar ko`rsatish bo`yicha yakunlovchi natijalarni yorqin namoyon qiladi.
Nazorat raqamlari o`z ichiga quyidagilarni oladi:
-muasasa tomonidan xizmat qiluvchi aholining (kontingentlar-ning) soni va tarkibi;
-muassasa tomonidan qilingan xizmatlarning hajmi va |xizmati|sifati|masalan poliklinikada qabul qilingan bemorlarning soni, maktab bitmruvchilarning soni va hokazo|;
-muassasalarning texnika bilan ta’minlanganlik va transport bilan ta’minlanganlik ko`rsatkichlari;
-muassasalarning mehnat jamoalarini ijtimoiy rivojlanishini belgalovchi ko`rsatkichlar.
Moliyaviy rejalashtirishda foydalanilgan iqtisodiy normativlar o`z ichiga quyidagilarni oladi:
-amal qiluvchi muassasani byudjet tomonidan moliyalashtirish;
-ish haqi fondini tashkil qilish;
-ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirish fondini tashkil qilish;
-valyuta mablag`lari hisobiga valyuta ajratmalari fondini tashkil qilish.
Byudjet tomonidan moliyalashtirish sarflarining normativlari aholi va yuridik shaxslarga bepul xizmat ko`rsatuvchi muassasa faoliyatni ta’minlovchi moliyaviy mablaglarning umumiy summasini hisob - kitob qilish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Notijorat faoliyati bilan shug`ullanuvchi tashkilot va muassasalarning nazorat sonlari va iqtisodiy normativlaridan tashqari davlatning markazlashgan kapital qo`yilmalari hisobiga yangi qurilmalar va ob’yektlarni ishga tushirish uchun ular davlat buyurtmalarini ham olishlari mumkin.
Nazorat raqamlari iqtisodiy normativlari va davlat buyurtmalariga asoslangan holda tashkilot va muassasalar kerakli hisob - kitoblar qilishlari va xarajatlari va daromadlar smetalari tuzilishi mumkin. Smeta byudjet muassasasining boshlig`i va kasaba uyushmasi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Tuzilgan smeta shartli rekvizitlardan tashqari| ya’ni muassasaning nomi; qaysi byudjetdan moliyalashtirilganligi; smeta tasdiqlagan shaxsning imzosi va boshqalar| yana o`z ichiga uchta bo`limni oladi.

  1. Harajatlar va daromadlar.

  2. Ishlab chiqarish ko`rsatkichlari.

  3. Harajatlar va daromadlar hisob - kitobi va tasdiqlanishi.
    Harajatlarning birinchi bo`limida quyidagilar ko`rsatiladi:

  • Moddiy va unga tenglashtirilgan harajatlar.

  • Ish haqi fondi.

  • Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondi.

  • Moddiy ragbatlantirish fondi.

  • Boshqa fondlar va rezervlar. ,
    Daromadlarning birinchi bo`limida quyidagilar qo`rsatiladi:

  • Byudjet tomonidan moliyalashtirish.

  • Aholiga qo`shimcha pulli xizmatlar.

  • Tashkilotlar va korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida
    xizmatlar ko`rsatish.

  • Boshqa tushumlar.

  • Ijara berilgan moslamalar va joylardan kelgan tushum.

Moliyaviy istiqbollashtirishning asosiy vazifalarini va printsiplariga haqqoniy baho berish jarayonida biz yana bir muhim masalani yaqqol ko`rishimiz mumkin.
Bu masalani asosiy moliyaviy rejalashtirishning bir qator masalalarini hal qilishda iqtisodiy matematik modellardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Berilgan masalalarni hal qilishda iqtisodiy matematik modelidan amaliyotda yetarlicha tushungan holda foydalanaolmayotir. Iqtisodiy matematik modeldan moliyaviy rejalashtirishda qo`llashning yetarli sharti modelь hisoblarini texnologiyasining amaldagi texnologiya bilan mos bo`lishidir.
Texnologiyaning mos kilishi uchun quyidagi modellari amaliyotda foydalanish uchun tavsiya qilinadi:
1. konkret masalalarni yechish va rejalashtirish jarayonida bevosita element bo`lmog`i lozim. Modellarning foydaliligi rejalashtirilayotgan iqtisodiy ko`rsatkichlarni o`z ichiga olish bilan belgilanadi. Faqat shu asosda model rejalashtirish - jarayonida ishlatilishi mumkin;
2. adreslilikka egalik. Bu tavsiyalarning aynan belgilangan konkret rejalashtirish organlariga qaratilgan bo`lishi lozimligi bilan belgilanadi.
3. iloji boricha sodda bo`lmogi lozim. Modelning soddaligi undan foydalanuvchilarning tez vaqt davomida uni o`zlashtirish imkoniyatini bildiradi. Soddalik printsipi quyidagicha ta’minlanadi;
-rejalashtiruvchilarning hisob jarayonida ular uchun oddiy bo`lgan bir xil terminlari ko`rsatkichlarning qo`llanilishi;
-model identifikatsiyasi uchun ishlatilayotgan shunday ahborotni qo`llash lozimki, u rejalashtirish va statistika organlagi o`rtasidagi barcha kelishmovchiliklarni bartaraf qilsin.
4. o`zining natijalariga to`liq yetarli javobgarlikni oluvchi xizmatchining strategik reja yechimlarini tanlash erkinligini ta’minlash.
Iqtisodiy matematik usullardan EHMdan foydalanish orqali rejalashtirishda mavjud bo`lgan, chegaralarni bartaraf qilishga, ishlab chiqilgan ko`rsatkichlarda bo`lgan o`zgarishlar bo`lgan reja masalalarni aniqlashda imkon yaratishga, xaqiqatdagi ish natijalarni hisobga olgan holda kutilayotgan reja topshiriqlarni bajarilishini hisoblar chikarishga imkon yaratadi.
Moliyaviy ko`rsatkichlarning ham itiqbolli ham rejali hisob-kitoblari turli hil metodlardan foydalanishni taqazo etadi, shulardan eng muhimlariga quyidagilar kiradi: ekstropolyatsiya metodi, normativ|me’yoriy|matematik modellashtirish taqqoslovchi metod, baloma metodlari, ekspertiza metodlari kiradi.
Ekstropolyatsiya metodi moliyaviy ko`rsatkichlarning dinamikasivi namoyon qilishda ularni aniqlash, hisob- kitoblarda ko`rsatkichlarning joriy davridagilardan foydalaniladi. Bu metodving mohiyati shundan iboratki prognozlashtirilayotgan ob’yektlik o`rganishda hamda uning o`tmishdagi va haqiqatdan rivojlanishda- kelajakdagi rivojlanishi o`rganiladi. Ekstropolyatsiya funktsional bog`lanishdagi formasida egri chiziqlarning eleperik kurilishida balansi oqimalarda sifat va miqdor funktsional tizimi va tuzilishiga ega xarakteristikalarning statistik tendentsiyalar asosida ishlab chiqariladi.
Ekspertiza metodi. Ekspertiza metodi berilgan ob’yektga olimlar va mutaxasis eksport tomonidan taraqqiy rivojlanishiga haqqoniy baho berish asosida mavjudligi bilan belgilanadi. Bu olimlar va mutaxassis- ekspertlar ishlab chiqargan baho, alternativ gipotezlar va mavjud bo`lgan va tug`ilayotgan istisnolarni hal etishda barcha mavjud bo`lgan yo`llarni izlab topadilar. Ekspert baholari mustaqil yoki jamoa tomonidan aytilgan muhokamalarga asoslanadi.
"Istiqbollashtirish"- olindan bashorat qilish. Prognozlashtirish iqtisodiy voqelikni yoki ob’yektlik kelajakda revojlanishining oldindan - bashorat qilish usulidir. Istiqbollashtirish jamiyatning barcha sohalarida nazariya va amaliyot o`rtasida muxim manba bo`lib hisoblanadi.
Ijtimoiy rivojlanishni prognozlashtirishning muhim yo`nalishlaridan biri moliyaviy prognozlashtirishdir.
Iqtisodiy istiqbollashtirish predmeti ob’yektlarning kelajakda qanday holatda bo`lishini bilish, moliyaviy prognozlashtirish qonuniyatlari bilish va yo`llarini qidirish hisoblanadi. Moliyaviy istiqbollashtirish jamiyat rivojlanish qonunlari bilishga hamda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish yo`llari va fan taraqqiyotga asoslanadi.
Maqsadi, vazifasi, ob’yekti, usullari va boshqalarga qarab, prognozlarni turli xil turlarga ajratish mumkin.
Ularga quyidagilar kiradi:
1. Istiqbollashtirishning qo`lami bo`yicha:
a)makroiqtisodiy istiqbollar;
b)tarmoqlararo va xududlararo istiqbollar;
v)xalq xo`jalik komplekslarning rivojlanish istiqbollari.
2. Amal qilish vaqti bo`yicha:
a)operativ istiqbollar |1 oy muddatgacha|;
b)qiska muddatli istiqbollar |1 oydan 1 yilgacha|;
v)o`rta muddatli istiqbollar |1-5 yilgacha|;
g)uzoq muddatli istiqbollar|5-15-20 yilgacha|;
3. O`rganilayotgan ob’yektlarning xarakteri bo`yicha:
a)ishlab chiqarish munosabatlarning rivojlanish istiqbollari;
b)fan-texnika taraqqiyotining ijtimoiy iqtisodiy shart-sharoitlari va oqibatlarini istiqbollarini;
v)xalq xo`jalik rivojlanishinig istiqbollari;
g)moliyaviy munosabatlarni istiqbollashtirish;
d)daromadlar va iarhlarni istiqbollashtirish.
Jahon amaliyotida makroiqtisodiy rejalashtirish turli tuman usullari qo`laniladi.
Bu usullarni quyidagi chizmada ko`rish mumkin:

Iqtisodiy darajada muvozanatni ta’minlashda yig`ma va xususiy balansdan keng qo`llaniladi. Yig`ma balanslar milliy iqtisodning rivojlanish natijalarini ifodalovchi iqtisodiy ko`rsatkichlarni aniqlashda keng qo`llaniladi. Xususiy etuvchi omillarni hisobga olishda, moliyaviy va mehnat resurslariga bo`lgan talab va taklif o`rtasida muvozonatni ta’minlash uchun xizmat qiladi.


Halq xo`jaligi balansi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi:
1. Ja’mi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish va taqsimlashning yig`ma balansi.
2.Milliy daromad ishlab chiqarish, taqsimlash va qayta taqsimlashning yig`ma balansi.

  1. Asosiy fondlar va kapital qo`yilmalar balansi.

  2. Mehnat resurslari yig`ma balansi.

Moddiy balanslar moddiy resurslarga boy bo`lgan talaba va taklif o`rtasida muvozanatni o`rnatish uchun xizmat qiladi.
Ikkala balanslarning resurslari quyidagi moddalarni o`z ichiga oladi.

  1. Yil boshidan qoldiq.

  2. Ishlab chiqarish

  3. Import

  4. Boshqa tushumlar

Ishlab chiqarish vositalari moddiy balans resurslarni quyidagicha taqsimlanishini ko`zda tutadi.

  1. Ishlab-chiqarish foydalanish extiyojlari.

  2. Kapital qurilish ehtiyojlari

  3. Bozor fondi

  4. Eksport

  5. Boshqa harajatlar

  6. Yil ohiridagi qoldiq

Iste’mol buyumlari moddiy balansi

  1. Bozor fondi

  2. Bozordan tashqari fond

a) sanoatda qayta ishlash;
b) sanoatdagi iste’mol;

  1. Eksport

  2. Boshqa xarajatlar

  3. Yil ohiridagi qoldiq

Moliyaviy balanslar yoki qiymat balanslari ham 2 qismdan iborat bo`lib, 1 qismida daromadlar, 2-qismda xarajatlar aks ettiriladi.
Xarajatlar qismida esa davlat byudjet tomonidan, ya’ni xalq xo`jaligi moliyalashtirish xarakterlari, fan boshqaruv uchun xarajatlar va boshqa shu kabi moddalar aks ettiriladi. qiymat balanslarning eng sodda ko`rinishi bu aholining pul daromadlari va xarajatlari balansi hisoblanadi. Aholining pul daromadlarini quyidagilar tashkil etadi.
1. Ish haqi va ish haqi ko`rinishidagi boshqa pul daromadlari.

  1. Jamoa xo`jaliklarda mehnat haqi.

  2. Nafaqalar, stipendiyalar turli xil posobiyalar.

Xarajatlar qismini quyidagilar tashkil etadi.

  1. Tovarlarni sotib olish.

  2. Xizmatlar uchun to`lov

  3. Majburiy to`lov

  4. Jamg`armalarning o`zgarishi

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Yüklə 108,13 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin