Xulosa, Jadval ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lmoqdaki, korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmi hisobot yilida o‘tgan yilga taqqoslaganda 88005=(435105–347100) ming so‘mga ko‘paygan.
Mazkur ijobiy o‘zgarishga 88005=(+24297)+(–9737)+(+16692)+(+56753) ishchilar soni (+24297), kishi kunlari (–9737), kunlik o‘rtacha soat (+16692) hamda bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (+56753) ta’sir etgan. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kishi kunlarining –7=(260–267) kunga kamayishi mahsulot hajmi o‘zgarishiga salbiy ta’sir qilgan. Qolgan boshqa omillar esa natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishini ijobiy tomonga yo‘naltirgan.
Mutlaq farq usuli.
Mutlaq farq usuli natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omillar soni ikki yoki undan ortiq ta’sir birliklariga ega bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Uning mazmunini natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birlikning farqi qolgan omillarning reja, haqiqatdagi (uzviy ketma-ketlikda) ko‘rsatkichlarga ko‘payrilgan holda aniqlanadi.
Bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot,
ming so‘m (BIm)
1235
1207
–28
Mahsulot hajmi,
ming so‘m (MH)
177840
183464
+5624
Tahlilda natijaviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishiga omillar ta’sirini alohida aniqlash uchun ko‘p turdagi usullar qo‘llaniladi. Shulardan biri mutlaq farqlar usulidir.
Yuqoridagi jadvalda qayd etilgan misolni (zanjirli bog’lanish 4 omilli) mutlaq farqlar usulida hal etish tartibi quyidagicha bo‘ladi.
ΔYaMIS=ΔIS*KK0*KS0*BS0=((107–100)=7)*267*6,5*2=24297
ΔYaMKK=IS1*ΔKK*KS0*BS0= 107*((260–267)=–7)*6,5*2= –9737
ΔYaMKS=IS1*KK1*ΔKS*BS0= 107*260*((6,8–6,5)=0,3)*2 =16692
ΔYaMBS=IS1*KK1*KS1*ΔBS=107*260*6,8*((2,3–2,0)=0,3)=56753
Bu yerda: YaM – yalpi mahsulot; IS – ishchilarning o‘rtacha soni; KK – bir ishchi ishlagan kishi kunlarining o‘rtacha soni; KS – bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kunlik o‘rtacha soat; BS – kunlik o‘rtacha bir soatga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi.
24297+(–9737)+16692+56753 = 88005.
Mahsulot hajmining o‘zgarishiga omillar ta’sirini hisoblash
Nisbiy farq usuli.
Tahlilda ushbu usulni qo‘llash orqali mutlaq ko‘rsatkichlardan tashqari nisbiy ko‘rsatkichlar orqali ham sabab-oqibat bog‘lanishlarini, omillarning natijaviy ko‘rsatkichga ta’sirini hisob-kitob qilish imkoniyatini beradi. Ushbu usul ham mutlaq ifodalarga tayangan holda omillar ta’sirini foizli birliklarda, natijani o‘zgartirishini uzviy ketma- ketlikda hisob-kitob qilishni talab etadi
Nisbiy farq usuli:
U=x*y
∆Ux = U0* ∆x/x0
∆Uy = (U0+∆Ux)* ∆y/ y0
U=x*y*z
∆Uz = (U0+∆Ux+∆Uy) * ∆z/ z0
U=x*y*z*q
∆Uq = (U0+∆Ux+∆Uy+∆Uz) * ∆q/ q0
∆U = ∆Ux + ∆Uy + ∆Uz + ∆Uq
Nisbiy
Hisoblash tartibi
1. ΔYaMIS=YaM0*(ΔIS/IS0)
2. ΔYaMKK=(YaM0+ΔYaMIS)*(ΔKK/KK0)
3. ΔYaMKS=(YaM0+ΔYaMIS+ΔYaMKK)*ΔKS/KS0)
4.ΔYaMBS=(YaM0+ΔYaMIS+ΔYaMKK+ΔYaMKS)*
*(ΔKB/KB0)
Nisbiy farq usuli: Bu yerda: YaM – yalpi mahsulot; IS – ishchilarning o‘rtacha soni; KK – bir ishchi ishlagan kishi kunlarining o‘rtacha soni; KS – bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kunlik o‘rtacha soat; BS – kunlik o‘rtacha bir soatga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi.
Integral usul
. Multiplikativ, karrali va karrali-additiv ko‘rinishli aralash modellari tarkiblanadi.
Integral usul zanjirli usul, mutloq va nisbiy farq usullariga nisbatan omillar ta’sirini hisoblashda aniqroq natijalar olishga imkon beradi.