Moliyaviy tahlil


Zanjirli bog‘lanish usuli



Yüklə 86,17 Kb.
səhifə3/3
tarix28.04.2023
ölçüsü86,17 Kb.
#103885
1   2   3
Moliyaviy tahlil

2. Zanjirli bog‘lanish usuli
Zanjirli bog‘lanish usulida natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tizimli almashtirishlar orqali hisob-kitob qilinadi. Biroq, tahlil qilinadigan ko‘rsatkichlarning ta’sir birliklari funksional bog‘liqlikda bo‘lishi talab etiladi. Zanjirli bog‘lanish usulida zanjirli tizimdan foydalanilganligi sababli uning nomi zanjirli usul deb nomlangan. Bu tartib natijaviy ko‘rsatkichga har bitta omilning ta’sir darajasini hisoblashda ushbu omilning yangilangan ifodasi olinishi bilan farq qiladi. Qolgan barcha ta’sir birliklar o‘zgarishsiz qoldiriladi va h.k. Ushbu omillar oxirgi omil ta’sirini aniqlashga qadar davom ettiriladi. Zanjirli usulni turli ifodalarga nisbatan qo‘llash mumkin va bu uni qo‘llash imkoniyatlarini oshiradi va universalligini ta’minlaydi.
Zanjirli bog‘lanish usulida ta’sir etuvchi birliklarni hisoblash metodikasi.

Ifoda



Ko‘rsatkichlar

O‘zgarishga ta’sir etuvchi birliklar hisob-kitoblari

Reja

Shartli 1

Shartli 2

Haqiqat

Q=xu



Jami o‘zgarish Q1-Q0

x0*u0

x1*u0

X

x1*u1

1

Birinchi omil (x)
ta’siri

X

X

X

x1*u0 – x0*u0

2

Ikkinchi omil (y)
ta’siri

X

X

X

x1*u1–x1*u0



Q=xuy

Jami o‘zgarish Q1-Q0

x0*u0*z0

x1*u0*z0

x1*u1*z0

x1*u1*z1

1

Birinchi omil (x)
ta’siri

X

X

X

x1*u0*z0 – x0*u0*z0

2

Ikkinchi omil (y)
ta’siri

X

X

X

x1*u1*z0 – x1*u0*z0

3

Uchinchi omil (z)
ta’siri

X

X

X

x1*u1*z1 – x1*u1*z0

Q=x\y

Jami o‘zgarish Q1-Q0

x0/u0

x1/u0

X

x1/u1

1

Birinchi omil (x)
ta’siri

X

X

X

x1/u0 – x0/u0

2

Ikkinchi omil (u)
ta’siri

X

X

X

x1/u1 – x1/u0

Q=z\x+u

Jami o‘zgarish Q1-Q0

z0/x0+u0

z1/x0+u0

z1/x1+u0

z1/x1 + u1

1

Birinchi omil (x)
ta’siri

X

X

X

z1/x0+u0 – z0/x0+u0

2

Ikkinchi omil (y)
ta’siri

X

X

X

z1/x1+u0 – z1/x0+u0

3

Uchinchi omil (z)
ta’siri

x

X

X

z1/x1+u1 – z1/x1+u0





































Sotuv rentabelligi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar hisob-kitobida buni ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Sotuv rentabelligi quyidagi bog‘lanishda aniqlanadi


Rc=Syaf/Sst
Bunda: Syaf-sotishdan yalpi foyda
Sst-sotishdan sof tushum


Sotuv rentabelligi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar hisob-kitobi

Ko‘rsatkichlar

Ifoda

O’tgan yil

Hisobot yil

O’zgarish




O’sishi

Sotishdan sof tushum,
mln so‘m

Sst

100

125

+25




1.25

Sotilgan mahsulot
tannarxi, mln so‘m

Smt

80

90

+10




1.12

Sotishdan yalpi foyda,
mln so‘m

Syaf

20

35

+15




1.75

Sotuv rentabelligi,%

Rc

0.20

0.28

+0.08




1.40

Yalpi foyda
o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklar

X

X

X

Sof tushumning
o‘zgarishi

X

125-100

+25

Sotilgan mahsulot
tannarxining o‘zgarishi

X

80-90

-15

Rentabellik
o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar

X

X

X

Sof tushum
o‘zgarishi, %

O’sst

20/125-20/100=0,16-0,20

-0,04

Sotishdan yalpi foyda
o‘zgarishi, %

O’syaf

35/125-20/125=0,28-0,16

+0,12



Zanjirli bog‘lanish usuli
Iqtisodiy tahlilda o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishi va mazkur o‘zgarishni yuzagakeltirgan asosiy omillarning turi hamda ularning alohida olingan ta’sir miqdorlari aniq hisob-kitob qilinadi. Bu bilan natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir qildi hamda ularning har birini ta’sir miqdori qanchani tashkil etdi degan savolga oydinlik kiritiladi. Ushbu turdagi masalalarni hal qilishda zanjirli bog‘lanish usulidan keng foydalaniladi. Ta’kidlash kerakki, zanjirli bog‘lanish usulida tahlil qilinayotgan ko‘rsatkichlar o‘zaro qat’iy funksional bog‘liqlikda bo‘lishi talab etiladi. Ya’ni bir yoki bir necha ko‘rsatkich ta’sirida natijaviy ko‘rsatkich yuzaga chiqishi kerak. Zanjirli bog‘lanish usulida o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishiga ta’sir etgan omillarni tartib asosida aniqlashtirilib, har bir alohida olingan omilni o‘zining o‘zgargan holatini saqlab qolgan holda boshqa omillarning dastlabki holatinishartli o‘zgarmas tarzida olib qolib, ya’ni xolislantirib belgilangan matematik amallarni bajarish bilan natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishiga faqat bir omil (o‘zgargan holatdagi omil) ta’siri hisob-kitob qiladi. Hisoblash ishining keyingi jarayonlarida boshqa omillar ham shu tartibda o‘rganiladi. Faqat yakuniy natijaga ta’siri o‘rganilgan omil o‘zidan keyingi omilni (yoki omillarni) yakuniy natijaga ta’sirini hisoblashda xolislantirilmaydi. Balki, ular haqiyqiy o‘zgarish holatida olinadi. Chunki dastlabki bosqichda ta’siri hisob-kitob qilingan omil (yoki omillar) yakuniy natija o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib bo‘lgan deb qaraladi. Ushbu tartib oxirgi omilning yakuniy natijaga ta’sirini hisob-kitob qilgungaqadar davom etadi. Shu usulda har bir omil bosqichma-bosqich almashtirilib, ularning yakuniy natijaga ta’sirlari alohida-alohida aniqlanadi.Alohida-alohida hisoblangan ta’sir miqdorlari o‘zaro qo‘shib yoki ayirilganda (bu holat vaziyatga ko‘ra amalga oshiriladi) yakuniy natijani o‘zgarish miqdoriga teng bo‘ladi. Mana shu tartibdagi hisob-kitoblar zanjirli bog‘lanish usuliga xos bo‘lib, uning mazmunini tashkil etadi. Zanjirli bog‘lanish usuli mohiyatini amaliy misolda yanada yaqqolroq ko‘rish mumkin.
Zanjirli bog‘lanish usulining jami material xarajati o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashda qo‘llanilishi:

Ko‘rsatkichlar

Biznes-reja
ma’lumotlari

Xaqiqatdagi
ma’lumotlar

Farqi
(+, –)

1. Material miqdori, dona

30

32

+2

2. Bir dona materialning bahosi, ming so‘m

92.0

90.0

-2.0

3. Material xarajati, ming so‘m

2760.0

2880.0

+120.0

Ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxonada jami material xarajatlari rejaga nisbatanhaqiqatda 120,0 ming so‘mga ko‘p bo‘lgan. Ushbu natijaviy ko‘rsatkicho‘zgarishiga material miqdori hamda bir dona material bahosining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatgan. Bu ikki omil ta’sirini hisoblash uchun quyidagi hisoblash ishlari bajariladi.



  1. Birinchi omilning o‘zgarish holati olinadi (32 dona), ikkinchi omil shartli o‘zgarmas deb qaralib (92,0 ming so‘m), u xolislantiriladi. 92,0·32=2944,0 ming so‘m. Ushbu tartib bilan shartli material xarajati ko‘rsatkichi (2944,0 ming so‘m) hisoblab topildi.

Material xarajatlarining biznes-rejadan ortiq sarflanishiga:

  1. Material miqdorini me’yordan ortiqcha sarflanganining ta’siri: (92,0·32) – (92,0·30)=+184,0 ming so‘m

Material miqdorini me’yordan +2,0 (32–30) dona ko‘p sarflanishi +184,0 ming so‘mga xarajatni oshirgan.

  1. Bir dona materil bahosining o‘zgarishi ta’siri:

(90,0·32) – (92,0·32) = –64,0
Bir dona materil bahosining –2,0(92,0–90,0) ming so‘mga o‘zgarishi – 64,0 ming so‘mga jami material xarajatini oshirgan.

  1. Ikkala omilning ta’siri:

+184,0 – 64,0 = 120,0ming so‘mga teng.
Zanjirli bog‘lanish usulida faqat natijaviy ko‘rsatkichga faqat ikki omil ta’sir miqdori o‘rganilmaydi, balki uch va undan ko‘p bo‘lgan omillarning ta’siri ham hisob-kitob qilinadi.

3. Moliyaviy tahlilda qo’llaniladigan boshqa axborot manbalari va mazmuni.
Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan boshqa axborot manbalariga quyidagilar kiradi:
- Ta’sis hujjatlari;
- Reja va prognoz ma’lumotlari;
- Statistika hisobotlari;
- Soliq hisobotlari;
- Xalq banki hisobotlari;
- Boshqaruv hisobi va hisoboti ma’lumotlari.
Ta’sis hujjatlariga korxona faoliyatining tartibi va shartlarini belgilab beruvchi Nizomi kiradi. Nizomda korxonaning tashkiliy huquqiy shakli, uning nomi, joylashgan o‘rni, ustav kapitali miqdori, tarkibi, uning boshqaruv va nazorat organlarini shakllantirish tartiblari, foydani taqsimlash, fondlarni shakllantirish tartiblari, korxonani qayta tashkil etish va tugatish tartiblari belgilanadi. Reja ma’lumotlari va prognoz ko‘rsatkichlar. Reja va prognoz ko‘rsatkichlariga korxonaning biznes rejasi, kelgusi davrlar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin. Reja va prognoz ma’lumotlari korxona boshqaruvchisini maqsadliligini ta’minlashda, biznes samaradorligini va moliyaviy holatini yaxshilashga eng muhim dastak sifatida qarashi mumkin.
Reja ko‘rsatkichlarini belgilash – bu resurslardan samarali foydalanishni va foydani o‘stirishning muhim omili hamdir. Statistika hisobotlari. Statistika hisobotlari, korxona boshqaruvi yuzasidan quyidagi muhim muammolarni hal qilish imkonini beradi.
Ya’ni:
- hodisa va jarayonlar, ularning natijalari haqidagi ijobiy va salbiy o‘zgarishlarni doimiy bilib turishda;
- ko‘rsatkichlarni tahlil etish orqali ularning sifatini baholashda;
- statistika manbaalari asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusidagi rivojlanish tendensiyalarini belgilashda;
- boshqaruv subyektlarida haqqoniy ma’lumotlarga nisbatan xavfsiz va ishonch hissini shakllantirishda;
- aniq faktlarga tayangan holda faoliyatni boshqarishda;
- kamchiliklar yo‘l qo‘yilayotgan bo‘g‘inlar va ularni bartaraf etishda muhim chora-tadbirlarni belgilashda juda muhim hisoblanadi.
Statistika hisobotlarini tuzish va topshirish tartiblari Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Statistik hisobotlarni faqat davlat tomonidan ko‘rsatkichlarni jamlash, tahlil qilish va prognozlash mazmunida qarash not o‘g‘ri. Ushbu hisobot shakllaridagi ma’lumotlarga birinchi navbatda o‘z biznes samaradorligi va natijaviyligini baholashda korxona egalari va boshqaruv xodimlariga qay darajada muhimligini anglash lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun quyidagi davlat statistika hisobotlari belgilangan:
- narx statistikasi;
- investitsiya va qurilish statistikasi;
- sanoat statistikasi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi;
- qishloq xo‘jaligi statistikasi;
- ekologiya statistikasi;
- ijtimoiy soha statistikasi;
- mehnat va axo demografiyasi statistikasi;
- aholining yashash sharoitlari va xizmatlar statistikasi;
- transport va aloqa statistikasi;
- tadbirkorlik va bank-moliya xizmatlari statistikasi.
Xo‘jalik subyektlarining u yoki bu statistika hisobotlarini tuzishi va taqdim etishi qonun normalari asosida hal etiladi. Soliq hisobotlari. Soliq hisoboti soliq to‘lovchining soliq va boshqa majburiy to‘lovning har bir turi bo‘yicha yoki to‘langan daromadlar bo‘yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek‚ ularga doir ilovalarni o‘z ichiga oladigan hujjati bo‘lib, u Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda tuziladi. Hisobot soliq to‘lovchi tomonidan Soliq Qo‘mitasi belgilangan muddatlarda, soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Xalq banki hisobotlari. Xalq banki hisobotlari shaxsiy va ixtiyoriy jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armalari yuzasidan axborotlarni jamlaydi va xalq bankiga taqdim etiladi. Boshqaruv hisobi va hisoboti ma’lumotlari.
Boshqaruv hisobi – korxona rahbari va menejerlarini har tomonlama ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish uchun zarur b o‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlovchi hisobdir. Boshqaruv ma’lumotlaridan faqat xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqaruv xodimlarigina foydalanadilar. Boshqaruv hisobi ma’lumotlaridan asosan kelgusidagi iqtisodiy faoliyatni rejalashtirish (byudjetlashtirish) va oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalaniladi.
Boshqaruv hisoboti – boshqaruv hisobi ma’lumotlari asosida ixtiyoriy mazmunda tayyorlanadigan va korxona boshqaruviga taqdim etiladigan hisobotlardir. Unda moliyaviy hisobotlardan farqli jihatdan faqat moliyaviy emas‚ balki moliyaviy bo‘lmagan ko‘rsatkichlar ham aks etadi.
Yüklə 86,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin