Rxk=SF/ST*ST/A*A/XK
Bunda: Rxk- xususiy kapital rentabelligi;
SF-sof foyda;
ST-sotishdan sof tushum;
A-oxirgi hisobot sanasiga aktivlar summasi;
XK-oxirgi hisobot sanasiga xususiy kapital summasi.
Xususiy kapital rentabelligi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil
t/r Ko‘rsatkichlar O‘tgan yil Hisobot yili
1 Sof foyda 9000.0 9900.0
2 Sotishdan tushum 60000.0 63600.0
3Aktivlar summasi 120000.0 126000.0
4Xususiy kapital summas 30000.0 30000.0
Xususiy kapital rentabelligi hisob-kitobi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklarning hisob-kitobini quyidagi jadvalda keltirib o‘tamiz.
Omillar ta’sirining hisob-kitobi
Ko‘rsat
kichlar
|
Hisob-kitoblar
|
Natija
|
Ta’sir
darajasi
|
o‘tgan yili
|
Rxk(o‘y)=9000.0/60000.0x60000.0
/120000.0x120000.0/30000.0 x
100%
|
30%
|
|
hisobot
yili
|
Rxk(hy)=9900.0/63600.0x63600.0
/126000.0x126000.0/30000.0 x
100%
|
33%
|
|
|
|
+3%
|
|
|
Rentabellik o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar hisob-kitobi
|
SF/ST
ta’siri
|
Rxk(sf)=9900.0/63600.0x60000.
0/120000.0x120000.0/30000.0
x100%
|
31.14%
|
1.14%
(31.14-30.0)
|
ST/A
ta’siri
|
Rxk(a)=9000.0/120000.0x63600.
0/126000.0x120000.0/30000.0 x
100%
|
30,3 %
|
0,3 %
(30,3-30.0)
|
A/XK
ta’siri
|
Rxk(a)=9000.0/120000.0x60000.
0/120000.0x126000.0/30000.0 x
100 %
|
31.5%
|
1.5 %
(31.5-30.0)
|
Demak korxonada xususiy kapital rentabelligi o‘tgan yilga nisbatan +3 foizga ortgan. Bu o‘zgarish sof foydaning sotishdan tushumdagi salmog‘ining o‘zgarishi hisobiga +1.14% ga. (31.14-30.0) aktivlar aylanuvchanligining o‘zgarishi hisobiga +0,3 %ga (30,3-30.0), kapitalning tarkibiy o‘zgarishi hisobiga +1.5 %ga (31.5-30.0) o‘sishi tufayli ro‘y bergan. Hisob-kitobdagi noaniqliklar +,-0.4 ga teng.
Omilli tahlil metodikasi
Korxonalar xo‘jalik faoliyatidagi barcha hodisa va jarayonlar o‘zaro aloqador, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro shartlangan. Ular bir-birlari bilan o‘zaro bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘ladilar. Masalan, operatsion faoliyatdan foyda hajmi mahsulotlar birligi narxi va tannarxiga, savdo hajmi va strukturasiga bog‘liq. Barcha boshqa omillar ushbu ko‘rsatkichga bilvosita ta’sir qiladi. Tahlilda har bir hodisani sabab sifatida ham, natija sifatida ham ko‘rib chiqish mumkin. Masalan, mehnat unumdorligini, bir tomondan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi sababi, uning tannarxi darajasi sifatida, boshqa tomondan esa – ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi o‘zgarishi natijasi, mehnatni tashkil qilish takomillashtirilishi va boshqalar tarzida ko‘rib chiqish mumkin. Har bir natijaviy ko‘rsatkich ko‘p sonli omillarga bog‘liq. Natijaviy ko‘rsatkich kattaligiga omillar ta’siri qanchalik batafsil tadqiq qilinsa, tahlil natijalari va korxonalar mehnat sifatini baholash shunchalik aniq bo‘ladi. Shuning uchun xo‘jalik faoliyati tahlilida o‘rganilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar kattaligiga omillar ta’sirini o‘rganish va o‘lchash muhim metodologik masala hisoblanadi. Omillarni chuqur va har tomonlama o‘rganmasdan faoliyat natijalari haqida asoslangan xulosalar qilish, ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash, reja va boshqaruv qarorlarini asoslash mumkin emas. Omilli tahlil – bu natijaviy ko‘rsatkichlar darajasiga omillar ta’sirini kompleks hamda tizimli tadqiq qilish jarayonidir.
Omilli tahlil turlari
Determinatsiyalashgan omilli tahlil – natijaviy ko‘rsatkichlar bilan aloqasi funksional tavsif kasb etuvchi omillar tadqiq metodikasini o‘zida aks ettiradi.
Stoxastik tahlil esa natijaviy ko‘rsatkichbilan aloqasi, funksionaldan farqli ravishda, noto‘liq, ehtimoliy (korrelyatsion) hisoblanuvchi omillar ta’sirini o‘rganadi. Agar argument o‘zgarishiga funksional (to‘liq) bog‘liqlikda doimo funksiyalarning mutanosiblikda o‘zgarishi sodir bo‘lsa, u holda argument o‘zgarishining stoxastik aloqasida ushbu ko‘rsatkichni aniqlovchi boshqaomillar uyg‘unligiga bog‘liqlikda funksiyalar o‘sishining bir nechta qiymatini berishi mumkin. Masalan, mehnat unumdorligi ayni bir xil darajali fond bilan qurollangan turli korxonalarda bir xil bo‘lmasligi mumkin. Bu natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir qiluvchi boshqa omillarning maqbul uyg‘unligiga bog‘liq. Tadqiqot metodikasi bo‘yicha to‘g‘ri va teskari omilli tahlil farqlanadi.
To‘g‘ri omilli tahlil deduktiv usulda – umumiydan xususiyga tomon amalga oshiriladi. U o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkich kattaligini shakllantiruvchi omillarni kompleks tadqiq qilish maqsadida olib boriladi. Teskari omilli tahlil sabab-oqibat aloqalarini mantiqiy induksiya usuli bilan tadqiq qiladi – xususiy, alohida omillardan umumiyga, sababdan oqibatga. Ko‘plab natijaviy ko‘rsatkichlarning o‘rganilayotgan omil o‘zgarishiga ta’sirchanlik darajasini baholashga imkon beradi.
Omillar detallashtirish darajasiga bog‘liqlikda tahlil bir darajali va ko‘p darajali bo‘lishi mumkin. Birinchi shakli omillarning faqat bir darajasini (bir pog‘onani), ularning tarkibiy qismlar bo‘yicha detallashtirmasdan tadqiq qilish uchunfoydalaniladi. Masalan, y=a· bko‘p darajali omilli tahlilda omillarning mohiyatini o‘rganish maqsadida ularning tarkibiy elementlariga nisbatan detallashtirishga olib boriladi. Omillarni detallashtirish kelgusida ham davom ettirilishi mumkin. Ushbu holatda tobelanishningturli darajalariga egaomillar ta’siri o‘rganiladi. O‘rganilayotgan hodisalar holat belgisiga ko‘ra statik va dinamik omilli tahlil farqlanadi. Statik tahlil muayyan sanaga natijaviy ko‘rsatkichlarga omillarning ta’sirini o‘rganishda qo‘llaniladi. Boshqa ko‘rinish sabab-oqibat aloqalarini dinamikadatadqiq qilish metodikasini o‘zida aks ettiradi. Va nihoat, vaqt belgisi bo‘yicha omilli tahlil retrospektiv bo‘lishi mumkin, u o‘tgan davr va istiqbol uchun xo‘jalik faoliyati natijalaridagi o‘zgarishlar sababini o‘rganib, istiqbolda natijaviy ko‘rsatkichlar darajasiga omillar ta’sirini tadqiq qiladi.
Omilli tahlilning asosiy bosqichlari:
O‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkichlarning tahlili uchun omillarni saralash.
Tasniflash va tizimlashtirish bilan omillarning tuzilishini tizimli yondashuv asosida o‘rganish.
Omilli va natijaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni modellashtirish.
Omillar ta’sirini hisoblash va o‘zgarishidagi natijaviy ko‘rsatkich kattaliklari har biriningahamiyatini baholash.
Iqtisodiy jarayonlarni boshqarish uchun omilli modeldan amaliy foydalanish.
Dostları ilə paylaş: |