Moliyaviy tahlil


Auditorlik faoliyatining milliy standartlari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə85/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

Auditorlik faoliyatining milliy standartlari

Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining ikkinchi pog’onasi – auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) va boshqa Shu kabi me’yoriy hujjatlar hisoblanadi. Auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) – bu barcha auditorlik tashkilotlari o’zlarining professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari kerak bo’lgan yagona asosiy tamoyillardir. Standartlar O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligida “Buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit uslubiyoti” boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadi va Adliya Vazirligida ro’yxatga olinadi. O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati Milliy Standartlari (AFMS) Auditning Xalqaro Standartlari – AXS (International Standards of Auditing - ISA) negizida ishlab chiqiladi va asosan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalar moliya-xo’jalik faoliyatining barcha sub’ektlarida bir xil qo’llaniladi.


Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida uning standartlariga rioya qilish audit sifatini va uning natijalari ishonchliligini kafolatlaydi.
Auditorlik standartlarining ahamiyati quyidagilardan iborat:
- ularga rioya qilinganda auditorlik tekshiruvlarining Yuqori sifatli bo’lishi ta’minlanadi;
- auditorlik amaliyotiga yangi ilmiy yutuqlarni joriy qilishga yordam beradi;
- muayyan vaziyatlarda auditorlar qanday ish tutishlarini belgilab beradi.
Hozirgacha auditorlik faoliyatiga doir masalalarni aks ettiruvchi quyidagi milliy standartlar qabul qilingan:


Standartning № va nomi

O’z. R. MV tasdiqlagan sana va №


O’z. R AV da ro’yxatga olingan sana va №


Kuchga
kirgan


sanasi

№3- AFMS “Auditni rejalashtirish”


14. 10. 1999 y. №54


10.11 1999 y. №837


01. 01. 2000 y.



№5- AFMS “Auditor ishining sifatini nazorat qilish”


04. 08. 1999 y. №62


03.09. 1999 y. №811


01. 01. 2000 y.



№6- AFMS “Auditni hujjatlashtirish”


04. 08. 1999 №61


03. 09 1999 y.№812


01. 01. 2000 y.



№9- AFMS “Jiddiylik va auditorlik riski”


04. 08. 1999 y №63


03. 09. 1999 y.№813


01. 01. 2000 y.



№10- AFMS “Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa axborotlar”


09. 09. 1999 y. №75


23. 09. 1999 y.№822


01. 01. 2000 y.



№11- AFMS “Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit o’tkazish”


09. 09. 1999 №76


23. 09. 1999 y.№823


01. 01. 2000 y.



№13- AFMS “Tahliliy amallar”


04. 08. 1999 y. №64


03. 09. 1999 y.№814


01. 01. 2000 y.



№14- AFMS “Auditorlik tanlash”


27. 07. 1999 y №59


03. 09. 1999 y.№815


01. 01. 2000 y.



№16- AFMS “Ekspert ishidan foydalanish”


27. 07. 1999 y. №60


03. 09. 1999 y.№816


01. 01. 2000 y.



№24- AFMS “Moliyaviy hisobotning buzib ko’rsa-tilganligi aniqlanganida auditorlik tashkilotining ish tutishi”


31. 05. 2001 y. №49


30.06.2001y. №1045


10. 07. 2001 y.



№25-AFMS “Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishda normativ huquqiy hujjatlarga rioya etilishini tekshirish”


27.01.2003 y. №14


28.02.2003y. №1223


10.03.2003 y.



№31- AFMS “Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati (biznesi) bilan tanishish”*


30. 05. 2001 y. №48


21.06.2001y.№ 1043


01. 07. 2001 y.



№50-AFMS “Auditorlik dalillar”


03. 04. 2002 y. № 48


18.04.2002y. №1128


29. 04. 2002 y.



№55 - AFMS “O’zaro bog’liq shaxslar o’rtasidagi bitimlar bo’yicha auditorlik dalillarini olish bosqichlari”


27.01.2003 y. №15


3.03.2003 y. №1224


10.03.2003 y.



№56 - AFMS “Moliyaviy hisobot tuzilganidan keyingi hodisalar”


9.04.2003 y. №54


23.04.2003 y. №12


23.04.2003 y.



№60 - AFMS “Boshqa auditor ishi natijalaridan foydalanish”


27.01.2003 y. №16


20.02.2003 y. №1221


2.03.2003 y.



№70- AFMS “Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot haqidagi auditorlik xulosasi”


14. 02. 2001 y. №20


10. 03. 2001 y. 1016


20. 03. 2001 y.



№80 - AFMS “Maxsus masalani tekshirish natijalari bo’yicha auditor hisoboti”


27.01.2003 y. №13


19.02.2003 y. №1220


1.03.2003 y.



№90- AFMS “Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari”


14 .02 .2001 y. №19


10. 03. 2001 y. 1017


21. 03. 2001 y.



*-№4-“Mijoz faoliyati (biznesi) bilan tanishish” nomli auditning

milliy standarti bekor qilinib, uning o’rniga qabul qilingan.


Uchinchi pog’ona - standartlarni tadbiq qilish uchun zarur hujjatlar to’plami, ya’ni auditorlik tashkilotining ichki ishchi standartlaridan iborat. Bu hujjatlar standartlarni qo’llash va standartlar asosida auditorlik faoliyatini tashkil etishga doir ma’lumotlarni o’z ichiga oladi (3-chizma).


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin