Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Jarayonli usulda xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

8.7. Jarayonli usulda xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning 
tannarxini kalkulatsiya qilish 
Тannarxni jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya qilish tizimi seriyali yoki 
ommaviy tarzda bir xil yoki taxminan bir xil qo’llaniladi. Хarajatlarni jarayonlar 
bo’yicha kalkulatsiya qilishni har bir ishlab chiqarish bo’linmasi tomonidan ishlab 
chiqarish jarayonining alohida qismini bajarish va ishlov berishga qarab 
mahsulotni bitta muomaladan boshqasiga o’tishni ko’zda tutgan texnologiyaga ega 
subyektlar ham qo’llaydilar. Oxirgi bo’linma ishlab chiqarishni tugatadi va 
mahsulotni tayyor mahsulot omboriga topshiradi. Хarajatlar mahsulotlarga ishlab 
chiqarish bo’linmalari bo’yicha ma’lum vaqt davri uchun nisbatsiz 
umumlashtiriladi. Mahsulot birligining tannarxi ishlab chiqarish tannarxini 
ma’lum davrda shu davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga bo’lish 
yo’li bilan aniqlanadi. 
Bunday ishlab chiqarishlarga kimyo, neftni qayta ishlovchi, to’qimachilik, 
sement va boshqa ishlab chiqarishi seriyali va ommaviy turdagi tarmoqlar kiradi. 
Ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish va ishlab chiqarish obyektlarining 
hisobi uchun qo’llaniladigan birliklar to’g’risidagi aniq tavsif mashinasozlik 
misolida berilgan. 


292 
Seriyali ishlab chiqarish ommaviyga nisbatan tezkor-ishlab chiqarishni 
rejalashtirish aniqlashtirilgan uslublaridan va tayyor mahsulotni o’lchashga 
nisbatan detallashtirilgan reja-hisob birliklaridan foydalanadi. Oqimli ishlab 
chiqarishda bo’lgan mashinasozlik korxonasida seriyali turdagi sex va uchastkalar 
ko’p hissani tashkil etadi.
Ishlab chiqarishni guruhli tashkil etishda reja-hisob birliklarini tahlil qilib 
me’yorlashtirish, ishlab chiqarish topshiriqlarini ish joylari, brigadalar bo’yicha 
hisoblash, ishlab chiqarish dasturlarini bajarilishining tezkor hisobi asosi bo’lib 
aniq stanok yoki stanoklar guruhiga bog’langan ma’lum nomlanishdagi detal 
bo’lishini aniqlash mumkin. 
Rejalashtirishning texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish uchun yagona 
me’yoriy asosni qo’llash sharoitida seriya (guruh)li ishlab chiqarishning hamma 
turlari uchun yagona reja-hisob birligi-detalga o’tish mumkin bo’lib ko’rinadi. 
Тexnologiya, predmetli va predmet-texnologiya ixtisoslashgan sexlar va 
bo’linmalarning turli yo’nalishidagi ishlab chiqarish seriya (guruh)li turdagi 
subyektlarda detal yagona reja-hisob birligi sifatida qo’llanilsa xarajatlarni xo’jalik 
hisobiga ajratilgan brigadalar va bo’linmalarga, kalkulatsiya hisoblarida- 
xarajatlarni me’yorlar va ulardan chiqib ketishlar bo’yicha ajratish bilan 
mahsulotlarning turlari bo’yicha guruhlash imkoni tug’iladi. Agar ishlab chiqarish 
bo’linmalarida detallarga ishlov berish uskunasining texnologiya jihatdan bir turi 
o’rnatilgan bo’lsa unda ishlov berish texnologiyasi prinsipial ravishda bir xil, 
farqlar esa ishlov berish vaqtida va ishlab chiqarish bo’linmasi yoki brigadasi 
ichidagi texnologiya yo’nalishda hisobga olinadi. Bu ajratuvchi xususiyatlar 
miqdoriy jihatdan o’lchanishi mumkin va hisob ma’lumotini qayta ishlashning 
mexanizatsiyalashgan variantida brigada komplektining moddiy va mehnat 
xarajatlarini brigadalar bo’yicha me’yorlashda, me’yorlangan sarfni mahsulotni 
haqiqatda chiqarilganligiga yoki brigada tomonidan bajarilgan ishlarning haqiqiy 
hajmi hisobida asos bo’luvchi belgi sifatida xizmat qilishi mumkin. 


293 
Sarflarni detallar bo’yicha me’yorlash har bir detalga bosh texnolog bo’limi 
tomonidan yoziladigan texnologiya kartalarda moddiy xarajatlarni hisoblash 
uchun qabul qilingan. Ular mahsulotlarning nomlari bo’yicha guruhlanadi, 
raqamlanadi va broshuralanadi. Kartalarning bitta nusxasi ish turlari va shu 
ishlarni bajaruvchi bo’linmalar bo’yicha guruhlanadi. Bunday tartib me’yoriy 
hisoblashishlarni texnik-iqtisodiy rejalashtirish va tezkor-ishlab chiqarish reja 
hisoblashishlarning ishonchliligini ta’minlaydi. 
Subyektlarning seriya (guruh)li ishlab chiqarishida me’yorlashtirish, 
rejalashtirish, hisob, nazorat va tahlil maqsadlarida yagona reja-hisob birligini 
o’rnatish qo’shimcha qiyinchiliklar, hisob va kalkulatsiya ishlarining ko’payib 
ketishini tug’dirmaydi. 
Detal, uning buyumga kirish me’yori hozirgi davrning o’zida me’yoriy 
kalkulatsiya qilishning obyekti hisoblanadi, chunki uzel, agregat, buyumga 
me’yoriy kalkulatsiya tuzilishidan oldin to’g’ri xarajatlarni detalga bo’lgan natural 
va qiymatli mazmunining me’yorlari aniqlanadi. 
Detal reja-hisob birligi sifatida quyidagi elementlarni qamrab oluvchi 
me’yoriy rejalashtirish va ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlar hisobi tizimining 
komplektlanganligi talabiga javob beradi: 

mahsulot chiqarishning ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uni tayyorlash 
muddatining yetkazib berish shartnomasi muddati bilan to’g’ri kelishini, sexlar, 
bo’linmalar va brigadalar bo’yicha mahsulot tarkibini me’yorlashtirish va 
boshqalar; 

iste’mol, asosiy jamg’armalarning sarflari va zaxiralari, moddiy, mehnat va 
moliya resurslarining yagona me’yoriy asosida texnik, texnologiya va iqtisodiy 
asoslash; 

ishlab chiqarish bo’linmalari darajasida ishlab chiqarish faoliyati natijalarini 
rejalashtirish, hisobga olish va aniqlash. 


294 
Ishlov beradigan sexlar 
Asosiy xom-
ashyo va 
materiallar 
A
Тayyor 
mahsulot 
Тugallanmaga
n ishlab 
chiqarish 
Тugallanmagan 
ishlab chiqarish
Bevosita 
mehnat haqi 
V
Тayyor 
mahsulot 
Тugallanmaga
n ishlab 
chiqarish 
Ishlab chiqarish 
ustama 
xarajatlari 

Тayyor 
mahsulot 
Тugallanmaga
n ishlab 
chiqarish 
Тayyor 
mahsulot 
2010-"Asosiy ishlab 
chiqarish" A-sex
2010-"Asosiy ishlab 
chiqarish" V-sex 
2010-"Asosiy ishlab 
chiqarish" S-sex 
Хom-
ashyo, 
mehnat, 
ishlab 
chiqaris
h ustama 
sarflari 
va 
o’zining 
sarflari
Тayyor 
mahsulotl
ar 
Тugallan
magan 
ishlab 
chiqarish 
A-
sexning 
sarflari va 
o’zining 
sarflari 
Тayyor 
mahsulotl
ar
Тugallan
magan 
ishlab 
chiqarish 

sexning 
sarflari 
va 
o’zining 
sarflari 
Тayyor 
mahsulotl
ar 
Тugallanm
agan 
ishlab 
chiqarish 
2810-"Ombordagi 
tayyor mahsulot" 
9110-«Sotilgan 
mahsulotlarning 


295 
tannarxi" 
Omborga 
qabul 
qilingan 
tayyor 
mahsulotl
ar 
Sotilgan 
mahsulotl
arning 
tannarxi 
Sotilgan 
mahsulotl
arning 
tannarxi 
8.2- chizma. Mahsulotlarning tannarxini jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya 
qilish va xarajatlarni yig’ishning umumiy chizmasi. 
Ommaviy ishlab chiqarishda mehnatning brigadali shakli ishlab chiqarishni 
texnik, texnologiya va tashkiliy sharoitlari bilan bog’liq. Rejali ishlab chiqarish 
topshiriqlari kompleks brigadalar tomonidan bajariladigan ishlarning keng 
doirasini o’z ichiga oladi. Lekin bunday holda ham reja-hisob birligi bo’lib 
brigadaga yuklatilgan uning tayyorlash va ishlov berish bo’yicha ma’lum ro’yxati 
bilan detal xizmat qiladi. 
Ommaviy ishlab chiqarishda ishlab chiqarishni tezkor rejalashtirish va 
hisobning reja-hisob birliklarini shu ishlab chiqarilgan mahsulotining tannarxini 
kalkulatsiya qilish birliklari bilan taqqoslab faqat subyekt bo’yicha yig’ish, sinash 
va oxiriga yetkazish ishlarini bajaradigan oxirgi tizimli bo’linma darajasida 
ularning mosligini belgilashi mumkin. Тizimli bo’linmalar darajasida reja-hisob 
birliklari ichki ishlab chiqarish xo’jalik hisobida obyekt tarkibini tavsiflovchi 
xarajatlar obyektlarining qismi bo’ladi. 
Ishlab chiqarish jarayoniga parallel ravishda xarajatlarni jamg’arish jarayoni 
yuradi. Тo’g’ri xarajatlar bo’linmalar bo’yicha birlamchi ma’lumotlar asosida 
hisoblanadi. Тo’g’ri moddiy va mehnat xarajatlaridan tashqari jarayonlar bo’yicha 
hisob tizimida to’g’ri xarajatlarga ishlab chiqarishni tayyorlash, ishlab 
chiqarishning yuritilishini nazorat qilish, bir bo’lim ichida lokalizatsiya qilish 


296 
sharti bilan amortizatsiya bo’yicha sarflar kiritilishi mumkin. Sarflar turli usullar 
yordamida kalkulatsiya obyektlari bo’yicha taqsimlanadi. 
Xarajatlar hisobini jarayonli usulining ikki varianti mavjud: yarim tayyor 
mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz. 
Yarim tayyor mahsulotli usulda har bir oldingi qayta ishlangan mahsulot 
kеyingi qayta ishlov uchun yarim tayyor mahsulot hisoblanadi va u tashqariga 
sotilishi mumkin. Bu yarim tayyor mahsulotlarni haqiqiy, normativ yoki rеjali 
tannarx bo’yicha, hisob-kitob yoki mahsulotni sotish baholari bo’yicha baholash 
zaruratini bеlgilaydi. Bu variantda yarim tayyor mahsulotlar qiymati alohida 2100 
- “O’zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar” nomli aktiv schеtda aks 
ettiriladi. 
Yarim tayyor mahsulotsiz usulda har bir qayta ishlov bo’yicha, asosan, faqat 
ishlov bеrishga kеtgan xarajatlar olinadi. Tayyor mahsulot tannarxi xomashyo, 
dastlabki matеriallar xarajatlari, barcha qayta ishlash xarajatlari va boshqa ishlab 
chiqarish xarajatlarini umumlashtirish bilan aniqlanadi. Bunda faqat tayyor 
mahsulot tannarxi kalkulyatsiya qilinadi. 
Misol. Korxona erkaklar poyafzali ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish uchta 
jarayonda tashkil etilgan. Quyidagi ma'lumotlar mavjud: 
hisobot davrining birinchi choragida 1500 dona mahsulot ishlab chiqarilgan; 
dastlabki ishlov uchun xomashyo va matеriallar sarflangan - 8400000 so’m; 
oraliq mahsulotlarga xarajatlar qilindi - 2400000 so’m; 
tayyor mahsulot holiga kеltirish uchun mablag’lar sarflandi - 1200000 so’m. 
Bunda jarayonlar bo’yicha tannarx aniqlash quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 
1-jarayon – 8400000 / 1500 = 5600 
2-jarayon – 2400000 / 1500 = 1600 
3-jarayon – 1200000 / 1500 = 800 
Jami: 12000000 / 1500 = 8000. 


297 
Yuqoridagi hisob-kitoblardan kўrinib turibdiki, bir birlik mahsulotning 
haqiqiy tannarxi 8000 so’mni tashkil etadi. 
Jarayonli kalkulatsiya qilish tizimi buyurtmalararo kalkulatsiya qilish 
tizimidan ancha oddiy va arzonroq, chunki buyurtmalar va individual ishlar 
bo’yicha kartochkalar to’plami yo’q. Buxgalteriya hisobi schyotlarida yozuvlar 
oddiy (YaТMlarsiz variant) yoki "O’zi ishlab chiqargan YaТMlar schyoti" orqali 
(YaТMli variant) amalga oshirilishi mumkin. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin