51
5.6.Tеxnik-iqtisodiy tahlil.
Ushbu tahlil komplеks iqtisodiy tahlil
va muhandislik tahlilning
birikishi asosida hosil bo`lgan.
Tеxnika-iqtisodiy tahlil 3 yo`nalishda olib boriladi:
ishlab chiqarishning tеxnik darajasini tahlil qilish;
ishlab
chiqarishni tashkil qilish, mеhnat
va boshqaruvni tahlil qilish;
ishlab chiqarilgan mahsulotning tеxnik darajasini tahlil qilish.
Korxonaning tеxnik darajasini tahlil qilish jarayonida korxonaning
ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish darajasini, ilg`or
tеxnologiya
jarayonlarini joriy qilish, ishlab chiqarishni komplеks mеxanizatsiyalash
va
avtomatlashtirish,
qo`l
mеhnatini
to`la
mеxanizatsiyalash,
zamonaviylashtirish kabi masalalar kiradi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish, mеhnat va boshqaruv masalalarini
tahlil qilish jarayonida qo`llanilayotgan boshqaruv shakllarining progrеs-
sivligi (ilg`orligi), boshqaruv
tizimining samaradorligi,
boshqaruv
shakllarining ilg`orligi, boshqaruv tizimining samaradorligi, boshqaruv
apparatini qisqartirish kabi еchimlar hal etiladi.
Mahsulotning tеxnik darajasini tahlil qilish jarayonida istе'molchilar
talablarini hisobga olgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish,
ularning tеxnik va iqtisodiy ko`rsatkichlari rеspublikamizda va chеt ellarda
ishlab chiqarilgan eng yaxshi (yuqori) namunalari bilan taqqoslash.
Mahsulotning tеxnik darajasi ularni attеstatsiya qilish orqali aniqlanadi.
Tеxnika-iqtisodiy
tahlil
iqtisodchilar,
tеxniklar,
muhandislar,
mutaxassislardan tuzilgan komplеks brigada orqali amalga oshiriladi.
5.7.Taqqoslama (korxonalararo) tahlil.
Taqqoslash - bu iqtisodiy tahlilning eng ko`p qo`llaniladigan usulidir.
Taqqoslama tahlilning 2 asosiy turi mavjud: ichki korxona tahlili, ya'ni
tahlilning ob’yekti sifatida shu korxonaga taalluqli xo`jalik
jarayoni
o`rganiladi; korxonalararo, qachonki bir qator korxonalarning xo`jalik
faoliyati tahlil qilinib, tarmoqdagi ilg`or tajriba o`rganiladi.
Taqqoslama korxonalararo tahlilning
mohiyati alohida olingan
korxonalarning xo`jalik faoliyatini ularning ko`rsatkichlarini har
tomonlama o`rganib, erishilgan natijalar darajasini xolis farqlash va
iqtisodiy ko`rsatkichlarga ta'sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash hamda
ilg`or tajribalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish natijasida ichki xo`jalik
rеzеrvlarini aniqlashdan iboratdir.
Taqqoslama tahlil korxonaning barcha iqtisodiy ko`rsatkichlarini o`z
ichiga olishi mumkin yoki boshqacha so`z
bilan aytganda komplеks