Ikki yoqlama yozuv usulini ahamiyati shundaki, uni yordamida, hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Ikki yoqlama yozuv buxgalteriya hisobining asosiy qoidalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Buxgalteriya provodkasi to‘g‘risida tushuncha.
Debetlanuvchi va kreditlanuvchi hisobvaraq hamda muomala summasining ko‘rsatilishi buxgalteriya provodkasi deb ataladi.
Buxgalteriya provodkasini tuzish o‘tkazilgan xo‘jalik muomalalari natijasida qanday hisobvaraqlar debetlanganligi, qaysilari kreditlanganligi va qancha summaga rasmiylashtirilganini ko‘rsatishni ifodalaydi. Buxgalteriya provodkalari birlamchi hujjatlar asosida tuziladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab buladi.
Oddiy buxgalteriya provodka(o’tkazma)si deb, ma’lum bir xo’jalik operatsiyasining faqat bir schyotning debeti va boshka bir schyotning kreditida aks ettirilishiga aytiladi.
Oddiy buxgalteriya provodka(o’tkazma)si deb, ma’lum bir xo’jalik operatsiyasining faqat bir schyotning debeti va boshka bir schyotning kreditida aks ettirilishiga aytiladi.
Oddiy buxgalteriya provodkasida faqat 2 schyot qatnashib, biri debetlanadi, ikkinchisi kreditlanadi.
Debet
Kredit
Debetlar provodkada olinuvchi schyotlar hisoblanadi yani qaysi schyot olayotgan bo’lsa debet bo’ladi.
Kreditlar provodkada beruvchi schyotlar hisoblanadi yani qaysi schyot berayotgan bo’lsa kredit bo’ladi
Murakkab buxgalteriya provodka(o’tkazma)si
Murakkab buxgalteriya provodka(o’tkazma)si
ma’lum bir operatsiyaning summasi bir schyotning debeti, boshqa bir kancha schyotlarning kreditida yoki aksincha, bir schyotning krediti va bir nechta schyotlarning debetida aks ettirilishidir.
Xo‘jalik jarayonlarini ikki yoqlama yozuv usullari bilan aks ettirish tartibi