O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
"MONEY AND BANKS" COURSE
Topic - 9: CURRENCY SYSTEM AND CIRCULATION OF MONEY IN INTERNATIONAL
RELATIONS
«PUL VA BANKLAR» FANI
Mavzu - 9: VALYUTA TIZIMI VA PULNING XALQARO MUNOSABATLARDAGI
HARAKATI
Reja:
9.1. Valyuta tizimi va uning elementlari
9.2.
Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari
9.3. Valyuta kursi turlari va unga ta'sir etuvchi omillar
9.4. Xalqaro hisob-kitoblar va ularning shakllari
9.1.
Banklarning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ularning funksiyalari
Valyuta tizimi davlatlararo bitim yoki milliy
qonunlarga muvofiq valyuta
munosabatlarini tashkil qilish va boshqarish shakllarini o‘z ichiga oladi. Valyuta tizimining
quyidagi turlari mavjud. Bular
– milliy, jahon va xalqaro (mintaqaviy) valyuta tizimlaridir.
Sanoati
rivojlangan
davlatlar
iqtisodiyotlari
o‘rtasidagi
integratsiyaning
chuqurlashuvi sharoitida valyuta tizimi jahon xo‘ja-lik aloqalarida muhim va mustaqil o‘rin
tuta boshlayapti. Valyuta tizimi mamlakatning iqtisodiy holatiga bevosita ta'sir etadi (ya'ni
ishlab chiqarish omillari, sur'atlariga, narxga, ish haqiga va boshqalarga).
Milliy, jahon va xalqaro (mintaqaviy) valyuta tizimlari
tushunchalari bir-biridan
farqlanadi.
“Milliy valyuta tizimi –
tarixan yuzaga kelgan bo‘lib,
alohida olingan davlatning
valyuta munosabatlarini qonun asosida tashkil qilish va boshqarish munosabatlarini o‘z
ichiga oladi. Milliy valyu-ta tizimining elementlari milliy valyuta, valyuta zaxiralari haj-mi va
tarkibi, valyuta pariteti
va milliy valyuta kursi, valyutani
konvertirlash shartlari,
mamlakat
valyuta munosabatlarini boshqa-ruvchi milliy mahkamalar va tashkilotlar maqosi, valyuta va
oltin milliy bozorlarining faoliyat yuritish shartlari, valyuta nazorati, valyutaviy cheklanishlar
bor-
yo‘qligi qoidalarini, xalqaro kredit vositalarini milliy pul aylanishida qo‘llash qoidalari va
boshqa-lar hisoblanadi. Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimining asosiy qismini tashkil
qiladi
”
(
Абдуллаева,2003, b.110).