Monopolistik raqobat va oligopoliya reja Monopolistik raqobat, uning belgilari. Monopolistik birlashmalar shakllari


Duopoliya – ikki firma bozorning ustun yoki eksklyuziv nazoratiga ega bo‘lgan oligopoliya’ning bir turi



Yüklə 26,28 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü26,28 Kb.
#207807
1   2   3   4   5   6
Monopolistik raqobat va oligopoliya-fayllar.org

Duopoliya – ikki firma bozorning ustun yoki eksklyuziv nazoratiga ega bo‘lgan oligopoliya’ning bir turi. Ular o‘rtasidagi hamkorlik zarurati ikki kompaniya’ni bitim tuzib kartel hosil qilishini bildiradi. Kompaniya kartel kelishuvida tomonlarning har biri qanday hajmda mahsulot ishlab chiqarish va uning narxi ya’ni mahsulotlarni necha puldan sotishini kelishib olishadi. Shunga yerishilganda muvozanat holati hosil bo‘ladi. Bunga ko‘ra har bir raqobatchi istiqbolda nima qilishini, boshqa raqiblar nima qilishini hisobga olib belgilaydigan vaziyat vujudga kelishi kyerak. Duopoliya mahsulotlarini iste’molchilarga raqobatdosh bozorda sotadi, bu yerda individual iste’molchining tanlovi firma ta’sir qilishi mumkin emas. Duopoliya va oligopoliyalarning xaraktyerli xususiyati shundaki, sotuvchilar tomonidan qabul qilingan qarorlar bir-biriga bog‘liqdir.
Duopoliya’ning xususiyatlari:
-bozorda faqat ikkita sotuvchi borligi;
-o‘zaro bog‘liqlikning mavjudligi: agar firma narxni o‘zgartirsa, raqobatda qolish uchun boshqa firma ham narxni o‘zgartiradi, ya’ni o‘zgarishga moslashishi kyerak;
- monopoliya elementlarining mavjudligi: mahsulotlar tabaqalashtirilgan bo‘lsa, firmalar biroz monopol hokimlikga ega, chunki har bir mahsulot bir nechta sodiq mijozlarga ega bo‘ladi.
Biznesda tez-tez tilga olinadigan duopoliyaga misol bu - elektron to‘lovlarni qayta ishlash bozorining muhim qismini nazorat qiladigan Visa i MastyerCard, alkogolsiz ichimliklar bozorida Coca-Cola i Pepsi.
Oligopoliya turi ko‘proq uchta kompaniyadan boshlanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Oligopoliya bozorida uchta -to‘rtta ishlab chiqaruvchi bozorda o‘z mavqelarini saqlashga intilish bilan birgalikda o‘zaro raqobatlashadilar. Bunda ishlab chiqaruvchilar raqobatni inobatga olib narxni belgilaydilar, shuningdek narx til biriktirish yo‘li bilan belgilanishi mumkin.
Shunday qilib, oligopolistik bozorlar quyidagi xususiyatlarga ega:
- oz sonli firmalar va ko‘p sonli xaridorlar. Bu bozor talabi hajmi mahsulotni ko‘plab kichik xaridorlarga sotadigan bir nechta yirik firmalarning qo‘lida ekanligini anglatadi;
- oligopoliya raqobat obyektini tabaqalashtirilgan yoki standartlashtirilgan mahsulotlar tashkil qiladi va ushbu tovarlar bozorda taklif etiladi;
- ishlab chiqarish hajmi va narxlari bo‘yicha oligopolistlarning qarorlari bir-biriga bog‘liqdir; oligopoliyalar har narsada bir-birlariga taqlid qilishadi. Shunday qilib, agar bitta oligopolist narxlarni pasaytirsa, unda boshqalar, albatta, undan o‘rnak olishadi. Ammo bitta oligopolist narxlarni ko‘tarsa, boshqalar undan o‘rnak olmasligi mumkin, chunki ularning bozor ulushini yo‘qotishlari xavfi bor;
- bozorga kirish uchun sezilarli, jiddiy to‘siqlarning mavjudligi;
- sohadagi firmalar o‘zaro bog‘liqliklarini bilishadi, shuning uchun narxlarni boshqarish, nazorat qilish cheklangan.
- tovarlar (xizmatlar) narxlari masalasida til biriktirish imkoniyatining mavjudligi;
- oligopolistik bozorning bir yoki bir nechta ishtirokchilari nazorati ostida bozor ulushining konsentratsiyasi ularga mahsulot narxiga ta’sir qilish imkoniyatini beradi.
Oligopoliyalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
sof oligopoliya - firmalar bir hil mahsulotlar (sement, po‘lat, neft, gaz) ishlab chiqaradigan holat;
tabaqalashtirilgan oligopoliya - bu kompaniyalar o‘xshash mahsulotlarni ishlab chiqaradigan holat (avtomobillar, samolyotlar, telefonlar, kompyutyerlar, sigaretalar, ichimliklar va boshqalar);
jamoaviy oligopoliya - bu firmalar mahsulot narxi yoki ishlab chiqarish hajmini aniqlash uchun bir-birlari bilan hamkorlik qilishidir. Bunday tuzilma o‘zaro kelishuv va bozorni monopollashtirish belgilariga ega. Oligopoliya sharoitida yirik kompaniyalar bir-birlari bilan kuchli raqobatlashadilar, bu esa mahsulot sifatining o‘sishini va umuman ilmiy-texnik taraqqiyotni rag‘batlantiradi, ikkinchi tarafdan, shunga qaramay, bunday raqobat yirik firmalarning ulkan imkoniyatlari bilan birlashganda ma’lum bir tovar yoki xizmatlar bozorida yangi o‘yinchilar paydo bo‘lishini sezilarli darajada cheklashi mumkin.

Yüklə 26,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin