Tarmoq ichidagi raqobat – mahsulot ishlab chiqarish va sotishda qulay sharoitga ega bo`lish uchun bir tarmoq korxonalar o`rtasida boradi. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida turli ishlab chiqaruvchilar tovarlarning individual (alohida) narxi bozor narxiga aylanadi.
Tarmoqlar o`rtasidagi raqobat – turli tarmoq korxonalari o`rtasida yuqoru foydaga ega bo`lish uchun boradi. Bu raqobat natijasida korxonalarda hosil bo`lgan turli foyda normalari o`rtacha foydaga aylanib boriladi.
Millli xo`jalik doirasidagi raqobat– natijasida o`rtacha narxlar va bozor subyektlarining yalpi milliy (ichki) mahsulotdagi ulushi aniqlanadi.
Jahon xo`jaligidagi raqobat – turli davlatlar milliy ishlab chiqaruvchilarning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlash uchun boradi va uning natijasida alohida tovarrlarning jahon narxlari shakllanadi.
Tartibsiz (stixiyali) raqobat- bozor kuchlarining ta`sirida, tabiiy ravishda ro`y beradi.
Tartibga solinadigan raqobat – madaniylashgan tarzda va ma`lum me`yorlar doirasida sodir bo`ladi.
Raqobatlashishda g`ayrioddiy usullar (josuslik, qotillik, zo`ravonlik va h.k.) ning qo`llanish darajasiga ko`ra halol va g`irrom raqobat farqlanadi.
Raqobat usullari:
Narx
yordamida
Narxsiz Narx vositasida raqobatlashishda ishlab chiqaruvchilar o`z tovarlarining narxini raqiblari tovarlari narxidan pasaytirish orqali iste`molchilarni og`dirib olish va bozordagi mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.
Narxsiz raqobatda raqobatlashish vositasi sifatida narxdan tashqari omillardan foydalanib tovar sotish hajmini ko`paytirib borishga harakat qilinadi.
Narx yordamida raqobatlashish: Bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoq (bozor) dan siqib chiqarish uchun tovarlariga narxlarini vaqti – vaqti bilan va uzoq muddat pasaytirib turadi.