Monopol raqobatlashgan bozor
Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat N nuqtada (a-rasm) erishilsa, monopol raqobatlashgan bozorda M nuqtada (b-rasm) erishiladi. Raqobatlashgan bozorda talab chizig`i gorizontal bo`lib, firmaning foydasini nolga teng bo`lish nuqtasi o`rtacha xarajatning minimal qiymatiga to`g`ri keladi. Monopol raqobatlashgan bozorda talab chizig`i pastga tomon yotiq bo`ladi, shuning uchun ham firma foydasining nolga teng nuqtasi o`rtacha xarajatning minimal nuqtasidan chaproq tomonga siljigan bo`ladi va firma miqdorga teng rezerv quvvatga ega bo`ladi. Bu rezerv quvvatlar samarasiz hisoblanadi, nima uchun deganda, o`rtacha xarajatlarni ishlab chiqarish hajmini oshirib, kamaytirish mumkin. Bunday samarasizlik aholining turmush darajasini pasaytiradi. Demak, monopol raqobatlashgan bozor samarasiz hisoblanadi. Lekin, shu bilan birga monopol raqobatlashgan bozorning ijobiy tomonlari to`g`risida ham gapirish mumkin
Monopol raqobatlashgan bozordagi firmalarning monopol hokimiyati katta emas. Bozordagi firmalarning mahsulotlari bir-birini o`rnini bosadi va shuning uchun ham alohida firma yuqori monopol hokimiyatga ega bo`la olmaydi. Demak, aytish mumkinki, monopol hokimiyatdan ko`radigan sof yo`qotishlar ham uncha katta bo`lmaydi. Talab chizig`ining yotiqligi, talabning elastik ekanligini bildiradi, shuning uchun firmalarning rezerv quvvati ham katta emas. Boshqa tomondan, monopol raqobatlashgan bozor tovarlar assortimentini kengaytiradi. Bu o`z navbatida iste`molchilarga raqobatlashgan tovarlar bozorida tanlash imkoniyatini oshiradi.
Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat nuqtada (3-a -rasm) erishilsa, Monopol raqobatlashgan bozorda nuqtada (3-b -rasm) erishiladi. Raqobatlashgan bozorda talab chizig`i gorizontal bo`lib, firmaning foydasini nolga teng bo`lish nuqtasi o`rtacha harajatning minimal qiymatiga to`g`ri keladi. Monopol raqobatlashgan bozorda talab chizig`i pastga tomon yotiq bo`ladi, shuning uchun ham firma foydasining nolga teng nuqtasi o`rtacha harajatning minimal nuqtasidan chaproq tomonga siljigan bo`ladi va firma miqdorga teng rezerv quvvatga ega bo`ladi. Bu rezerv quvvatlar samarasiz hisoblanadi, nima uchun deganda, o`rtacha harajatlarni ishlab chiqarish hajmini oshirib, kamaytirish mumkin. Bunday samarasizlik aholining turmush darajasini pasaytiradi. Demak, Monopol raqobatlashgan bozor samarasiz hisoblanadi. Lekin, shu bilan birga Monopol raqobatlashgan bozorning ijobiy tomonlari to`g`risida ham gapirish mumkin. Monopol raqobatlashgan bozordagi firmalarning Monopol hokimiyati katta emas. Bozordagi firmalarning mahsulotlari bir-birini o`rnini bosadi va shuning uchun ham alohida firma yuqori Monopol hokimiyatga ega bo`la olmaydi. Demak, aytish mumkinki, Monopol hokimiyatdan ko`radigan sof yo`qotishlar ham uncha katta bo`lmaydi. Talab chizig`ining yotiqligi, talabning elastik ekanligini bildiradi, shuning uchun firmalarning rezerv quvvati ham katta emas. Boshqa tomondan, Monopol raqobatlashgan bozor tovarlar assortimentini kengaytiradi. Bu o`z navbatida iste’molchilarga raqobatlashgan tovarlar bozorida tanlash imkoniyatini oshiradi. Ortiqcha imkoniyatlar. Bozorga erkin kirish va chiqish har bir Monopolistik raqobatlashgan bozordagI firmanini talab egri chizig`i va o`rtacha harajatlari egri chizig`ining bir-biriga tegib turishiga olib keladi. 4 – rasmning (A) chizmasida ishlab chqilgan hajm bu nuqtada o`rtacha umumiy harajatlarni minimallashtiriladigan hajmdan kechikligi ko`rsatilgan. Shunday qilib, Monopolistik raqobatlashgan sharoitda firmalar o`zining o`rtacha harajatlar chizig`ining pastga qarab og`ayotgan qismida ishlab chiqaradi. Shu yo`snda Monopolistik raqobat mukammal raqobatdan keskin farq qiladi. (B) chiziqda ko`rinib turibdiki, raqobatlashgan bozorga erkin kirish va chiqish firmani ortacha umumiy harajatlarining minimal nuqtasida ishlab chiqaradi.
O`rtacha umumiy harajatlarni minimallashtiradigan ishlab chiqarish xaimi korxonaning samaradorlik shkalasi deb ataladi.
Uzoq davrli muddatda mukammal raqobatlashgan korxonalar samaradorlik shkalasida ishlab chiqaradi Monopolistk raqobatdosh korxonalar esa ko`rsatgichdan past darajada shlab chqaradi. Korxonalarni Monopolistik raqobat ostida ortiqcha hajmi bor deyshadi. Boshqacha qilib aytganda Monopolistik raqobalashuvchi firma, mukammal raqobatdosh firmaga o`xshamagan xolda ishlab chiqarilgan hajmni oshirishi va maxsulotni o`rtacha harajatini kamaytirshi mumkin. korxona bu imkniyatdan voz kechadi, chunki bu qo`shimcha ishlab chiqarishni sotish uchun, naxni kesishga to`g`ri keladi. Monopolistik raqobadchi uchun ortiqcha hajm bilan ish tutish unga ko`proq foydalidir. Chekli harajatlarning ustamasi erkin kirish va nullashgan foyda bilan kelishadi? Nollashgan foyda holati shuni bildlradiki, narx o`rtacha harajatga tenglashgan, lekin mutlaqo chekli harajatlarga emas. Haqiqatdan ham uzoq muddatli muvozanatda, Monopolistic raqobatdosh firmalar o`zining o`rtacha harajatlari egri chizig`ining kamayayotgan qismida joylashadi, shunda chekli harajatlar o`rtacha harajatlardan pastda bo`ladi. Shungay qilib, narx o`rtacha umumiy harajatlarga teng bo`lishi uchun, u chekli harajatlardan yuqori bolishi kerak.
Tovar narxi va chekli harajatlar o`rtasidagi bunday nisbatlar mukammal raqobatchilar va Monopolistic raqobatchilar orasidagi asosiy farqdur. Tasavvur qiling siz menedjerga quyidagi savolni berasiz: Siz, hozir eshik ochilib, maxsulotingizni mazkur narxda sotib olish uchun yana bitta xaridor kirib kelishini istaysizmi. Mukammal raqobatdosh firma menedjeri uni qo`shimcha xaridorlar qiziqtirmasligini aytadi. Chunki tovarning narxi chekli harajatlarga teng boladi, qo`shimcha sotilgan bir birlik tovardan tushgan daromad nolga teng. Aksincha, Monopolitik raqobatdosh firma xar doim yana bir xaridorga o`ch boladi. Chunki uning narxi chekli harajatlardan oshadi va qo`himcha miqdor sotilishi foydani ko`paytiradi. Bir tadqiqotchi aytganidek, Monopolistic raqobatlashgan bozorlar sotuchilari ko`proq xaridorlarni jalb qilish uchun ularga yangi yil tabriklarini tarqatishni unutmaydi. Monopolistik raqobat va jamiyat farovonligi
Monopolistik raqobatlashgan bozor natijalarini jamiyat qanday baholaydi? Siyosatchilar bozordagi natijani yaxshilay oladimi? Bu savollarga oddiy javob yo`q. Monopolistik raqobatdosh bozorlarning samarador emasligi manbaidan biri - chekli harajatlarning oshishi bo`lib, bu shunga olib keladiki, agar ishlab chiqarish harajatlaridan tovarnini ustun qo`yadigan iste’molchilar(lekin narxdan past) ularni sotib olishdan o`zlarini tiyadilar.Shunday qilib. Monopolistik raqobatdosh bozorlar Monopolistic narx belgilashning tipik qaytarilmas yo`qotishlari bilan xarakterlanadi.
Muammoni yechishning oson yo`li yo`q. Chekli harajatlarga asosida majburiy narx belgilash barcha har turli mahsulotlar ishlab chiqararuvchi-firmalarni davlat tomonidan boshqarilishi zarurligini bildiradi. Lekin bunday turdagi mahsulotlar shunchalik tarqab ketganki, xokumat tomonidan bunday nazorat administrativ og`irdir.
Bundan tashqari Monopolistik raqobatchi firmalar faoliyatiga aralashuv tabiiy Monopoliyarlarni tartibga keltirishda muammolarni keltirib chiqaradi. Hususan – Monopolistik raqobat bozoridagi firmalar shundoq ham nullashgan foyda oladi, narxni chegarali harajat darajasigacha tushirishni talab qilish, yo`qotishga olib keladi. Biznesda ushbu firmalarni saqlab qolish uchun hukumat ularning yo`qotishlarini qoplashi lozim, ya’ni soliqlarni oshirishi lozim. Ko`rinadib turibdiki, noan’anaviy usullar va oqimga qarab arakatlanishdan birini tanlashda siyosatchilar samarasiz Monopollistik narx belgilashni lozim topadilar.
Jamiyat nuqtai nazaridan Monopolistik raqobat samaradorligi pastligining sababi – bozordagi firmalarning soni muammosi. Bu muammoni biz bozorga kirish bilan bog`liq bo`lgan tashqi sam ara terminlarida ko`rib chiqamiz. Xar doim yangi firma bozorga kirishini maqsadga muvofiqligini taxlil qilar ekan, u oladigan potensial daromadi darajasiga baho beradi.
Shunday qilib, Monopolistik raqobat bozoriga kirishda yangi firmalarni ijobiy va salbiy tashqi samaralar mavjud. Monopolistik raqobat bozorida uning ahamiyatiga qarab juda ko`p yoki juda kam tovarlar turlari takliq qilinadi.
Tashqi samaralar hajmi Monopolistik raqobat shartlariga bog`liq. Mahsulot xilma – xilligini ko`paytiruvchi tashqi samara yangi firmalar bozordagi mavjud tovarlardan farqli mahsulotni taklif qilganda vujudga keladi. Xaridorlarni ushlab qolish tashqi samarasi firmalar tomonidan belgilangan narx chegarali harajatlardan baland bo`lganda, qo`shimcha bir birlik maxsulot sotishga intilganda vujudga keladi. Aksincha mukammal raqobatda firmalar bir xil Tovar ishlab chiqaradi vanarx chekli harajatga teng bo`ladi, mahsulot hilma – xilligini ko`paytiruvchi tashqi samara va xaridorlarni ushlab qolish tashqi samarasi mavjud emas.
Ohirida, biz manaAhmadistik raqobatdosh bozorlar o`ziga kerakli barcha mutloq raqobatdosh bozorlarning jarayon xususiyatlariga ega bo`lmaydi. Yani, ko`rinmas qo`l, ummiy chiqim moloAhmadistik raqobat ostida maksimallashadi deb ishontira olmaydi. Chunki efektsizlik qiyin bo`lganligi uchun o`lchash, murakkab echish, umumiy siyosat uchun bozor daromadi rivojlantirishning oson yo`li yo`q.
Reklama miqdori tovarlar xarakteriga bog`liq farqlanadi. Yuqori darajada turli-tuman istemol maxsulotlarni, masalan retsepsiz sotiladigan dorilar, atirlar, yengil ichimliklar, ustara tishlari, quruq nonushtalarlar yoki itlar eguliklarini sotadigan firmalar odatda 10 % dan 20 % gaca daromadini reklamaga sarflaydi. Sanoat mahsulotlarni sotadigan (Drell preslari, aloqa antennalari) firmalarning reklama uchun byudjetlari G chegaralangan. ammo bug`doy, yer yong`oqlar, quruq neft kabi masulotlarni reklama qilish umuman shart emas. Iqtisodiyot uchun korxona daromadini 2 % reklamaga sarflanadi. Bu sarf harajat ko`plab shakllarga ega. Televidenie va radio, gazeta va jurnallarda, zarrin qog`ozlar, bilbortlar va internetda bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |