Monopoliyaga qarshi boshqaruvning zaruriyati va uning vujudga kelishi.
Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oddindan shakllanib boʻlgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga qaratilgan. Bozorda monopoliyani oʻrnatishga urinishlar va monopol mavqeni suisteʼmol qilishni taqiqlaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun — Sherman qonuni bo’lib, ushbu qonun 1890-yili AQShda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Rivojlangan barcha davlatlarda sogʻlom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli koʻrinishdagi, monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi.
Monopoliyaga qarshi siyosat — davlatning monopoliyaga qarshi kurash siyosati bo’lib, dunyo tajribasiga koʻra monopoliyaga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Birinchidan, ishlab chiqarish, ya’ni biror tarmoqni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda,
hech bir korxonaning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishda yarmidan ortigʻini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum cheklangan miqdoridan ortigʻiga ega boʻla olmasligi belgilab qoʻyiladi. Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta qarshi qonunlar joriy qilinadi.
Bozor munosabatlari rivojlanishining har bir bosqichida u yoki bu shakldagi monopolistik shakllanishlar mavjud. Ayrim mamlakatlar iqtisodiyotida XIX - asr oxiri XX - asr boshlarida ma’lum tarmoqlarda monopoliyalar shakllana boshladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlarining o’rnatilishi.
O‘zbekistonda bozor munosabatlari rivojlanishi bosqichma–bosqich davlarga mos ravishda monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirishda davlat tomonidan ko‘maklar berish, qonunlar ishlab chiqish va ular asosida maqsadli strategiyalarni tizimli amalga oshirilmoqda.
Davlatning asosiy vazifasi - resurslardan foydalanish samaradorligiga, shuningdek, davlat boshqaruvining samaradorligiga erishishdan iborat. Buning uchun esa sog‘lom raqobat muhitini yaratish zarur. Raqobat muhitini shakllantirish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish vazifasi davlatning tartibga soluvchi funksiyalari alohida ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston davlatining raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy oʻrin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk oʻz egalari qoʻliga to‘shirilsa, ikkinchidan, ko’p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhiti vujudga keladi. Shu bilan bir qatorda, davlatning raqobat siyosatini amalga oshirish vakolati berilgan monopoliyaga qarshi davlat organi ham institutsional tarafdan mustahkamlanib bordi.
2 iyul 1992 yil – “Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi va O‘zbekistonda raqobat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boshlandi;
1992 yil – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyaga qarshi va narx siyosati Bosh boshqarmasi tashkil etildi;
1996 yil – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etildi;
2000 yil – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi, unga davlat qo‘mitasi maqomi berilib, Respublikada monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish vakolati berildi;
2005 yil – raqobat, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va unga yangi akolatlar berildi.
Qo‘mitaga yangi nom berildi – O‘zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi.
2010 yil — Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solishni yanada kuchaytirish va sog‘lom raqobat muhini yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi.
Qisqacha qilib aytganda, monopoliya subyektlari faoliyati ustidan nazorat olib borishdan maqsad bu sohada samarali davlat siyosatini olib borishdir. Respublikamizda monopoliyaga qarshi kurashish va raqobat muhitini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar doimiy ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24-yanvarda «O’zbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi PQ-4126-sonli Qarori qabul qilingan. Ushbu qarorda O’zbekiston Respublikasi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi” faoliyati tashkil etililib, qo’mitaning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan.
Dostları ilə paylaş: |