Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosi loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo’yish).
Kontsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank turli soha korxonalari)ning majmuisi o’z ichiga oluvchi birlashma. Bunda bosh tashkilotqolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozir kontsernlar keng tarqalgan tashkilotdir.
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta‘sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo’ladi:
1. Monopoliya ma‘lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi.
2. Monopolist bo’lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalarda nisabtan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko’proq rag’bat va imkoniyat mavjud bo’ladi.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida qo’yidagi jihatlarni ko’rsatish mumkin:
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi;
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi;
3) iqtisodiy turg’unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi;
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi.
Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etadi.
O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik Raqobatning shakllanishi va amal qilishi ma‘lum shart-sharoitlarni talab qiladi. Bu esa faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo’lishi mumkin. Respublikada sog’lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy sub‘ektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblandi. Prezident I. A. Karimov ta‘kidlaganadek, bugungi kunda “...kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish ob‘ektiv shart qilib qo’ymoqda. Bu borada ham juda ko’p yechilmagan muammolar bor. Ya‘ni, eski ma‘muriy-taqsimot tizimi koliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta‘minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to’loqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo’lidagi mavjud g’ov-to’siqlarini bartaraf etishimiz zarur.”[1]
SHu maqsadda O’zbekistonda “Monopol faoliyatini cheklash to’g’risida”gi Qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi. Mazkur qonunga ko’ra, bozorda ataylab, taqchilik hosil qilish, raqobatchilarning bozorga kirib bozoriga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashladi, jarima to’lashlari, g’irramlik bilan olgan foydadan mahrum etilishi shart.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o’zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqfozo etdi. Shunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida”gi yangi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g’irron raqobatning oldini olish, uni cheklash, to’xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllashtirish va samarali amal qilishga qaratilgan. Qonunda asosan ikkita muhim yo’nalishni hal etish, birinchidan, monopoliyaga qarshi chora-tadbirlarni qo’llash, bozorda ularning hukmronligini cheklash, ikkinchidan, monopoliyadan chiqarish va sog’lom raqobat muhitni shakllantirish belgilab qo’yilgan.
Hozirgi davrda respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35 foizdan ortiq bo’lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlarni guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 foiz deb belgilangan.
Respublikada monopoliyalar ro’yxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi:
1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikni chegarasini belgilab qo’yishi.
2. O’z monopol mavqeini suiste‘mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo’lib tanlash yoki maydalashtirish. Bu usul VMning (1994 yil 18 iyuldagi 366-sonli) qarori bilan tasdiqlangan “Ob‘ektlarning xo’jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to’g’risidagi Nizom” asosida amalga oshiriladi. O’zRning “Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” Qonuni (1996 yil, aprel) asosida g’irrom raqobatga, shu jumladan respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo’l qo’ymaydigan mexanizmini yaratishga ham alohida e‘tibor beriladi.