Montessori pedagogikasi


-Mavzu: Montessori pedagogikasi asosida kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyalash. Mavzu rejasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə18/40
tarix22.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#159834
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
montessori majmua

5-Mavzu: Montessori pedagogikasi asosida kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyalash.
Mavzu rejasi:

  1. Axloqiy tarbiyalashning nazariy asoslari.

2. Bolalar bog’chasida axloqiy tarbiya vositalari.
3. Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari.
4. Kichik yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasida Montessori pedagogikasining o’rni.
5. Kichik yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasida Montessori usuli. Tayanch so’z va iboralar: axloqiy tarbiya, ijtimoiy munosabatlar, hulq-atvor, pedagogik jarayon, ta’lim-tarbiya ishi, axloqiy tuyg’u, o’zaro munosabat.
“Axloq” ijtimoiy tushunchalardan biri bo’lib, uning mohiyati shaxs xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shuning ucun ham axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruhiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. “Ahloq ” tushunchasi oila fikri asosida tartibga solinuvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. Demak “axloq” tushunchasi qadim-qadimdan ijtimoiy falsafiy, psixologik, padagogik, tarixiy, badiiy, etnografik va madaniyatshunoslikka oid asarlarda ushbu tushuncha turli ko’lamlarda ishlatib kelingan. Axloq(xulq-atvor demakdir )- ijtimoiy shakllaridan biri bo’lib, bu tartib qoida bo’lib, bu tartib qoida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi.
Zero axloqsiz, axloqiy talab hamda ularda ifoda etilgan g’oyalarsiz shaxsning ruhan va jismonan yetukligining asosi bo’lgan ma’naviy komillik shakllanadi. Demak, insonning barkamolligi, avvalo uning ma’naviy jihatdan yetukligi bian belgilanadi. Bizningcha, shaxs madaniyati uning ongida kechadigan ijobiy mazmunga ega o’y fikrlari, g’oyalar,nazariyaning va talimotlar mazmunini tushunib yetishishni e’tiborga olish lozim. Qadim-qadimdan o’zbek va sharq klassiklari ijodida axloq-odob masalasi markaziy o’rin egallab kelgan. Kaykovusning “Qobusnomasi” dan torib, Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning nazmiy va nasriy asarlarida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilik”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” (Haqiqat sovg’alari), Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al adab Al-Mufrat” kabi jahonga mashxur asarlarida, Alisher Navoiyning o’lmas she’riyatida, Munis, Koshifiyning asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari ko’pchilik uchun andoza, na’muna sifatida qisqa va asosli qilib yozilgan.
Maktabgacha ta’lim yoshining o’ziga xos tomoni shundan shundan iboratki, bu yoshdagi bolalar ahloqiy tushuncha yoki xulqni aniq so’z bilan ta’riflab bera olmaydilar. Lekin bolalar bog’chasida to’g’ri talqin voqealarning umumiy ma’nosini anglab olishga yordam beradi. Agar bolalar boshqalarda yaxshi xulq na’munalarini ko’rsalar o’zlari ham o’xshashga xarakat qiladilar. Axloqiy tarbiyaning g’oyavi asosi maqsadi, vazifasi, mazmuni vositalari va metodini hamda pedagogik shart-sharoitini belgilab beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosi ,uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va hulqini tarbiyalash va rivojlantirishni taqazo etadi. Dunyoga kelgan chaqaloq o‘zi bilan faqat tanasinigina emas, muhabbatini ham olib keladi. Kimki onasini sevsa, u hammani sevadi va bu ichki tuyg‘u albagga yaqin-atrofdagi ob’ektlargagina tarqalmaydi. Onasini yaxshi ko‘ruvchi bola bu hissiyoti yordamida butun borliqni yaxshi ko‘radi. «Bu ichki sezgi ta’sir maydoniga tushuvchi inson — ob’ekt o‘ziga ushbu sezgining aksini qabul qilib oladi», deydi Montessori. Bolalarda ichki sevgi tuyg‘usi bilan birga odob tuyg‘usi ham tug‘iladi. Yosh bolalar bilan uzok, vaqt davomida ishlagan odamlar ularning qanchalik erta va qanchalik shiddat bilan yaxshilik va yovuzlik o‘rtasidagi farqni bilishga intilishini yaxshi biladilar. O‘zidagi bor kuchi bilan aqlan yaxshilikka yaqinlashishga va yovuzlikdan uzoqlashishga harakat qiladi.
Montessori yaxshilik va yovuzlik tushunchasi inson uchun foydali va zararli degan tushunchalarga o‘xshaydi, deb hisoblaydi. Mavjud xavfdan ogohlantiruvchi hissiyot ko‘pchilik hayvonlarda bor. Insonda juda chuqur joylashgan sezgining bu kabi boshlang‘ich ko‘rinishlarini takomillashtirish mumkin. Biroq juda ko‘pchilik insonlar risoladagi idealdan juda uzoqda bo‘lishadi. Ular bu instiktning oxirgi belgilarini ham yo‘qotishgan, ularning qalbi hayotligidayoq o‘lib bo‘lgan va mukammallashuvga qodir emasdir. «Bizning bolalarga bo‘lgan munosabatimizni o‘ylar ekanman, — deydi Montessori, — biz ularda tug‘ilajak axloqiy tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan rivojlantiruvchi hamda mashq qildiruvchi omil hisoblanamiz». Demak, biz bolalarni rivojlantiruvchi asosiy omil ekanmiz, inson uchun nima muhim, biz ularga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak? —degan savolga javob izlashimiz zarur. Eng avvalo, bola bizning shaxsiy mulkimiz, degan fikrdan qutilishimiz va uni erkin shaxs sifatida tan olishimiz kerak. U nafaqat o‘z oilasining a’zosi, balki jamiyatning bir bo‘lagi ekaniga ko‘nikishimiz zarur. Bundan tashqari bola boshqalarga tegishli bo‘lgan yagona insoniy xilqat hisoblanishini ochiq. tan olishimiz juda muhim. Bola qul bozorida sotiladigan quldan shunisi bilan farq qiladiki, quldor qulni pulga sotib oladi, kattalar esa bolaga poyonsiz sirli hayot sahnida bebaho qon evaziga sotib olingan shaxsiy mulk sifatida munosabatda bo‘ladilar. Kattalar: "Ota-onalarni yaxshi ko‘rish, kattalarni hurmat qilish kerak, adolatli, haqgo‘y bo‘lishi, yolg‘on gapirmasligi, o‘zgalarni aldamasligi, ojizlarni xafa qilmasligi, bir-biridan hikmatli so‘zlarni ayamasligi lozim", deb aytadilar. Shu yo‘l bilan bolalarni odobli qilib tarbiyalash kerak, deb o‘ylaydilar. Birgina so‘z kamlik qiladi, so‘z — quruq tovush, voqelikning bir muncha tuturiqsiz belgisidir, deb izohlaydi I.P.Pavlov. Signalni yaxshi eshitib, voqeylikni umuman ko‘rmaslik mumkin. «Kimki mavjudlik tuyg‘usini yo‘qotar ekan, u o‘zini ham yo‘qotadi. Unda uning uchun hammasi bo‘shliq. U holda undagi odob qoidalarini bilish va ularga amal qilish nima uchun xizmat qiladi, agar uning yuragi o‘tkir bo‘lsa? Risoladagidek odobli va o‘zidan qoniquvchi, lekin yuraksiz odamlar — murdadir», deydi Montessori. Haqiqatdan ham bunday vaziyatda kattalar o‘z xatti-harakatlari bilan bolaning axloqiy tarbiyasida rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilishlari zarur. Biroq ularning o‘zi bolalarga ta’sir etuvchi qoidalarni buzyaptilar. Afsuski, tan olish kerak bu ziddiyat bolani butun umri davomida qiynab keladi. Ota-onalarning o‘z farzandlariga bo‘lgan eng beg‘ubor, eng qaynoq muhabbatlari ular dunyoga kelgan kundan boshlanadi. Lekin ko‘p oilalarda ularning aybi bilan emas, balki og‘ir hayot sharoitlari ta’sirida bolaga bo‘lgan; munosabatda muxabbat va haqqoniylik tamoyillari buziladi. Yana qulay sharoitda ham bir-birini tushunmaslik natijasida yuz beradi. Yashashga intilish va quvonch istagi bolalarda shu qadar chuqur o‘rnashgan bo‘ladiki, har qanday sharoitda ham, aytaylik, eng inqirozli vaqtlarda, urush, revolyusiya, boshqa ofatlar paytida ham, xursandchilikda ham bilim olishga intiladilar. Biz esa aksar hollarda eng maqbul sharoitlarda buni qo‘llab-quvvatlay olmaymiz. Ularning quvonchlarini so‘ndirib, «baxtli bolalik»larini ma’lum ma’noda poymol etamiz. Hayotiy faktlarga murojaat qilsak. Shunday oilalar borki, garchi bunga unchalik zarurat bo‘lmasa ham, mashaqqat bilan kun kechirayotganlarini doimo farzandlariga eslatib turadilar. Bunday sharoitda o‘sayotgan bola yashash uchun qanchalik mehnat qilish kerakligini tushunib yeta boshlaydi. Uning hayotida ayrim xursandchiliklar bo‘lib turadi, lekin aksariyat hollarda ona ko‘z yoshi bilan tugaydi. Doim ishlaydigan onalarning farzandlari qarovsiz yoki yaxshi sharoitda bo‘lmaydi. Ishdan kelgan zahoti og‘ir mehnat davomida hosil bo‘lgan, ta’msiz sut bilan kichkintoyini oziqlantiradi. Bu sut orqali bola kelgusi hayoti uchun kasallik va ruhiy azob orttirib oladi. Ko‘krak yoshidagi bola sekin-asta rivojlanib 3-4 yoshga etadi. U jismonan, ruhan va aqlan rivojlanib boradi. Axloqiy sifatlar shakllanish mobaynida bolalar juda kichik yoshdanoq yuqorida qayd etilganidek, yovuzlik va yaxshilik o‘rtasidagi farqni qidira boshlaydilar. Ba’zi birlari esa o‘z tuzilish jihatidan ancha e’tiborli bo‘ladi, uni bor jo‘shqinligi va tirishqoqligi bilan qidiradi. Katta obro‘ga ega bo‘lgan kattalar orasidagi bolalar baxtli bo‘lishadimi? Bolalar ulardan o‘zlarini qiynab kelayotgan savollarga javob qidirishadi. Ko‘pchiligi bittayam tayanchga ega bo‘lmay, bo‘shliqda yurishadi va odatda ularning axloqiy tuyg‘ulari buziladi. «Hech qachon o‘ta zarur bo‘lmaganda qattiq va kalandimog‘ ko‘rinishda bo‘lmang! U bolalarni qaltirashga majbur qiladi, — deydi Montessori. — Bunday munosabat bilan siz ularning yuragini qulflab, ishonchini yo‘qotasiz. Ishonch va e’tibor bo‘lmagan joyda tarbiyaning har qanday samarasiga umid bog‘lab bo‘lmaydi. SHunday qslingki, ular sizni yaxshi ko‘rishsin, yoningizda o‘zini erkin sezsin va sizga o‘z xatolarini ko‘rsatishdan cho‘chimasinlar». Biz katgalar esa bolalar bilan munosabatda o‘zimizni shunday tutamizki, ularda o‘zimizga bo‘lgan har qanday ishonchni so‘ndiramiz. Shu bois oldimizda oshkora o‘z fikr va tuyg‘ularini ko‘rsatish o‘rniga g‘urur bilan ruhan o‘ziga yashirinadi. Tez orada unda o‘z so‘zi va harakatlaridan uyalish hissi tug‘iladi. Natijada tabiiy paydo bo‘luvchi shijoat barham topadi. Bunday vaziyatda ahmoqona ko‘rinishni va uni koyishlarini xohlamagani uchun ham tushunmagan narsasini so‘rashga jazm qilolmaydi. Ba’zi bolalarda uchraydigan bunday tortinchoqlikni Jorj Sand «orzular andishasi» deb o‘z xotiralarida to‘g‘ri ta’rif bergan.
Yosh bolalar bilan yonma-yon yashash va ularni tushunish hayotdagi eng murakkab vazifadir. Ya’ni, kattalar va bolalar o‘rtasidagi oraliq masofa nihoyatda katta bo‘ladi. Biz kattalar yosh bolalarni aksariyat qanday bo‘lsalar, shundayligicha ko‘ramiz, ular esa bizni borimizcha emas, o‘zgacha ko‘radilar. Bu esa o‘zimizning va boshqalarning farzandlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lishimizga sabab bo‘ladi. Va bunday muomala maktabga ham taalluqlidir. Aksar shunday hollarda fojeaga olib keluvchi xatolar yuzaga keladi. Biz yosh bolalarga yoqimtoy, nozik, ajoyib, o‘ynash va eshitish yoqimli bo‘lgan yoki jazolash, to‘g‘rilash mumkin bo‘lgan tajang mavjudot sifatida qaraymiz. Aksar hollarda bolalar bilan doim birga bo‘luvchi kattalar — ota-onalar va tarbiyachilar kichkintoy ularga qanday yuzlansa, shundayligicha, goh farishtadek, gohida shaytonchadek qabul qiladilar. Va shunga muvofiq ravishda ularni bo‘sa va erkalashlarga ko‘mib tashlaymiz. Aksincha, juda qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlab kamsitamiz va hatto qo‘l ko‘tarishgacha boramiz. Qachonki katta odamlar qandaydir baxtsizlikka uchrasalar, uning bosimi ostida nobud bo‘lmaslik uchun unga nisbatan qarshilik ko‘rsatadi. Hattoki eng baxtsiz odam ham ma’lum darajagacha o‘z shaxsiy hayotiga xo‘jayin hisoblanadi va har holda zaif bo‘lsa-da, o‘zini-o‘zi himoya qilishga urinib ko‘radi. Yoshi kattarok, bolalar ma’lum qoidalarga ko‘ra, kattalarning nohaqliklariga xohlab-xohlamay bo‘ysunmaslik orqali qarshilik ko‘rsatadilar. Ba’zan ular keskin va qo‘pol harakat qilishadi, shu bois o‘quvchilar orasida «tarbiyasi og‘ir bola» deb nomlanib, ular bilan maktabdagi har bir o‘qituvchi alohida tarbiyaviy ish olib boradi. Bunday bolalar ko‘pchilik ota-onalarga ham yaxshi tanish bo‘ladi. Yosh bolani adolatsizlikdan qanday himoya qilish mumkin? Buning uchun unda qanday usul va vositalar mavjud? «Biologiya fani o‘simlik va hayvonlarning, hattoki tirik hujayralarning himoya usuli va xarakterini o‘rganadi. Lekin risoladagi bolalardagi himoyaning bunday usul va vositasi zamonaviy psixologiyaga hech ham daxddor emas», deydi Montessori. Injiqlik, nojo‘ya harakatlar va qaysarlik bolalardagi himoyaning bir ko‘rinishidir. Bu qulay va noqulay sharoit yoki kattalarning nomaqbul xatti-harakati natijasida ulardagi ruhiy tushkunlikning ifodasi emasmikin?! Xudbinlik, moddiy narsalarni egallashga bo‘lgan hirs, janjal, ko‘ngilxiraliklar, yolg‘on, quloqsizlik, injiqliklarning barchasi tug‘ma ham, me’yoriy ham hisoblanmaydi. Ularning hammasi istisnosiz «qalbning surati»ga tegishli bo‘ladi. «Bola xavf va qarshilikka qarshi ongli kurashchi hisoblanmaydi, lekin ongsiz ravishda mustahkam himoya instinktiga ega bo‘ladi. U qalbining to‘rida uni ozginagina bo‘lsa-da, ta’qiblardan o‘e bargini yopib olgan o‘ychan mimoza singari himoya qiladi. Noto‘g‘ri tarbiya sabali insondagi mavjud barcha go‘zal va buyuk xislatlar zahira kabi yashirin va butun umr davomida sir bo‘lib qolishi mumkin», deb yozadi Montessori. Agar bunday bolalarga boshqa sharoitga tushish baxti nasib etsa, u erda ularni qo‘llab-quvvatlovchi, kayfiyatini ko‘taruvchi, faolligini oshiruvchi kattalarni uchratsalar, qayta dunyoga kelgandek bo‘ladilar. Agar bu ham yuz bermasa, ularning eng ojizlari o‘zlaridagi bu kamchiliklarni saqlab qoladilar va ular uchun hayot zerikarli mazmunsiz tuyuladi. Shunday hollar ham bo‘ladiki, nafaqat keskin tanqid, balki bolalarning xatosiga mehribonlik bilan ko‘rsatma berish ham ularning tarbiyasini buzadi. Asosan bunday hollar qarovsiz va e’tibordan chetda qolgan bolalarda uchrab turadi. Ular to‘satdan biror ishni bajarishga jazm qiladilar, ammo uni oxiriga etkazmaydilar. Bolalarning so‘zi va xatti-harakatiga nisbatan o‘ta qattiq va tahqirlovchi bo‘lsa, bu maqtonchoqlik va o‘z-o‘zini yaxshi ko‘rish hisoblanadi. Bunday munosabatlarda ota-onalar va ayrim tarbiyachilar aybdor bo‘ladilar. Bola o‘z qiliqlarini so‘zsiz to‘g‘ri va yaxshi, o‘zini esa aybsizdek tutadi. Bunday vaziyatlar davomli va tez-tez takrorlanaversa, bola xarakteriga sezilarli ta’sir etadi. Natijada hattoki- eng kichik tanqid ham uning nafsoniyatiga tegib ketadi. Bolalarning tarbiyasidagi salbiy sifatlarini bo‘rttirib, tuzatib bo‘lmas xatodek his etishlariga erishish bilan ularning ishonchini qozonib bo‘lmaydi. Ayrim bolalarning uquvi qanchalik past bo‘lmasin, uni shunday muhit qurshab turishi kerakki, mavjud imkoniyatlarini ruhlantiruvchi va boshqalardan nafaqat past, balki ayrim jihatlarda bir qadar ustun ekanliklarini his etib tursinlar.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin