Morfemika (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi. So'zning eng kichik ma'noli qismiga morfema


"-gin, -qin, -kin" qo'shimchasining omonimligi



Yüklə 116,73 Kb.
səhifə17/23
tarix16.12.2022
ölçüsü116,73 Kb.
#75367
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Morfemika

40. "-gin, -qin, -kin" qo'shimchasining omonimligi:

  1. sintaktik shakl yasovchi (fe'lning buyruq mayli qo'shimchasi): eshit+gin, olib chiq+qin, ek+kin

  2. so'z yasovchi (ot yasaydi): toshqin, bosqin, tizgin

  3. so'z yasovchi (sifat yasaydi): jo'shqin, sotqin, g'amgin, ezgin, keskin

41. "-ch" qo'shimchasining omonimligi:

  1. so'z yasovchi (ot yasaydi): ishonch, quvonch

  2. so'z yasovchi (sifat yasaydi): tinch, jirkanch

42. "-gi" qo'shimchasining omonimligi:

  1. so'z yasovchi (ot yasaydi): supurgi, sevgi

  2. so'z yasovchi (sifat yasaydi): bugungi, kunduzgi

43. "-don" qo'shimchasining omonimligi:

  1. so'z yasovchi (ot yasaydi): qalamdon, kuldon

  2. so'z yasovchi (sifat yasaydi): qadrdon, bilimdon

44. "-dor" qo'shimchasining omonimligi:

  1. so'z yasovchi (ot yasaydi): hukmdor

  2. so'z yasovchi (sifat yasaydi): aybdor

45. "-ik" qo'shimchasining omonimligi:

  1. so'z yasovchi (ot yasaydi): kech + "-ik" = kechik. (Daryoning sayoz qismini bildiruvchi bu so'z fe'ldan yaslagan yasama otdir)

  2. so'z yasovchi (sifat yasaydi): egik, bukik. Boshim egik, qaddim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim.

  3. so'z yasovchi (fe'l yasaydi): kech +"-ik" = kechik (Biror joyga yoki ishga olgura olmaslik ma'nosini bildiradigan ushbu yasama fe'l ravishdan yasalgan)

46. "-iq" qo'shimchasining omonimligi:

  1. so'z yasovchi (ot yasaydi): chopiq, chiziq

  2. so'z yasovchi (sifat yasaydi): yopiq, siniq

  3. so'z yasovchi (fe'l yasaydi): yo'liqmoq, zo'riqmoq

47. "-kash" qo'shimchasining omonimligi:

  1. so'z yasovchi (ot yasaydi): aravakash, suratkash

  2. so'z yasovchi (sifat yasaydi): zahmatkash, jafokash


Yüklə 116,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin