261
1.Moslashuvchan ishlab chiqarish moduli (MICHM) – dastur yordamida boshqaruvchi
avtomatlashtirilgan qurilma va texnologik jarayonni avtomatlashtirish
vositalari bilan jihozlangan,
birgina texnologik jihozdan tuzilgan moslashuvchan ishlab chiqarish tizimidir.
2.Moslashuvchan avtomatlashtirilgan liniya (MAL) – avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi
vositasida birlashtirilgan bir necha moslashuvchan ishlab chiqarish
mudullardan tashkil topgan
ishlab chiqarish tizimi. Bunda MICHM lar texnologik operatsiyalar ketma – ketlikda joylashtiriladi.
3.Moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastka (MAU) – avtomatlashtirilgan boshqarish
tizimi vositasida birlashtirilgan bir necha MICHMdan tuzilgan ishlab chiqarish tizimi. Ushbu tizim
texnologik marshrut bo‘yicha ishlab ularda texnologiyaning ketma – ketligini o‘zgartirish ko‘zda
tutiladi.
4.Moslashuvchan
avtomatlashtirilgan
sex
(MATS)
belgilangan
nomenklaturadagi
buyumlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan moslashuvchan avtomatlashtirilgan
liniyalar va
moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalar majmui.
5.Moslashuvchan avtomatlashtirilgan zavod (MAZ) asosiy ishlab chiqarish rejasiga muvofiq
tayyor buyumlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan moslashuvchan avtomatlashtirilgan sexlar
majmui. MAZda aloxida ishlovchi avtomatlashtirilgan uchastka va sexlar ham bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: