Motiv va ehtiyojning ta'riflari, ularning tasnifi. Reja: Kirish. Motiv va motivatsiya I. Bob



Yüklə 48,65 Kb.
səhifə2/10
tarix20.11.2023
ölçüsü48,65 Kb.
#164328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Motiv va ehtiyojning ta

Motivatsiya - odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmuidir.
V.S.Merlin motivlar tizimlarining ayrim jihatlarini ancha batafsil yoritib bergan. U motivlar tizimlarining shakllanish jarayonini quyidagicha tasavvur etadi: "turli motivlar bora-bora o’zaro bog’liq va bir-biriga tobe bo’lib boradi hamda oxir oqibatda motivlarning yaxlit tizimi vujudga keladi". V.S.Merlin fikricha, motivlar tizimining shakllanishi jarayonida nafaqat motivlar barqarorligi, balki motivlarni anglash kabi shartlar bajarilishini talab etiladi. Demak, V.S.Merlin bo’yicha motivlari tizimlari o’zaro bog’liq va bir-biriga tobe shaxs motivlarining bir butun yig’indisidan iborat. Ammo V.S.Merlin garchi motivlar tizimlarining ayrimlarini haqiqatdan ham muhim jihatlarini ko’rsatib o’tgan bo’lsa ham, motivlar o’rtasidagi tizimli munosabatlarni motivlar tizimlari va faoliyat ko’rsatish muammosini tadqiq etmagan.
Chet el psixologlari orasida A.Maslou ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasi bilan mashhurdir. O’z nazariyasida A.Maslou ehtiyojlarning quyidagi ierarxik qatorini ajratadi: fiziologik ehtiyojlar, xavfsizlikka bo’lgan ehtiyoj, muhabbat va boshqalar bilan bog’liq bo’lish ehtiyoji, hurmatga bo’lgan ehtiyoj, insonning o’z yashirin imkoniyatlarini to’laro namoyon etish va ro’yobga chiqarish ehtiyoji va boshqalarni kiritadi. A.Maslou fikricha, muayyan ehtiyojning qondirilishi uchun avval ierarxik qatorda undan oldingi ehtiyoj qondirilgan bo’lishi talab etiladi. Boshqacha qilib aytganda, A.Maslou konsepsiyasida ierarxiyada yuqori o’rinni egallovchi ehtiyojlar quyi o’rindagi ehtiyojlarga tobedir. A.Maslou konsepsiyasida motivasion jarayonlar boshqaruvida odam ongining ishtiroki, boshqaruvdagi roli e'tiborsiz qoldirilgan. Olim ehtiyojlar ierarxiyasidagi vertikal munosabatlarni tahlil qilib, bir darajada joylashgan ehtiyojlar orasidagi gorizantal munosabatlar esa o’rganilmagan.
Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta, keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o’ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo’ladi.
Motivatsiya tushunchasini turlicha ifodalash, motivatsiyaning mazmuni va energetik tomoni haqidagi muhim savol psixologlar tomonidan ifodalab berildi. Xorij psixologlari uchun motivatsiya tushunchasini xarakterli aniq bir tomonlama energetik faollik manbai sifatida qaraladi, ular mazmunli tomoniga e'tibor bermay, aniq mexanizmlar sifatida energiya, boshqaruv va xulq-atvorga taqsimlaydilar.
Ierarxik, darajaviy tuzilish - bu tizimlilik xususiyatiga ega bo’lgan hodisalarning bir jihatidir. Shu tufayli shaxs motivasion sohasining ierarxiyasini samarali tadqiq etish uchun uni motivasion hodisalarning boshqa jihatlari bilan aloqadorlikda o’rganish zarur bo’ladi. Motivasion hodisalar tizimliligini tadqiq etishda asosiy e'tibor esa bu hodisalar o’rtasidagi tizimli munosabatlarni o’rganishga qaratilishi kerak. Bu borada R.S.Vaysmanning shaxs motivasion sohasining tizimliligi haqida bildirilgan fikri alohida e'tiborga loyiq. Uning yozishicha, "Motivasion sohaning tizimliligi - motivasion o’zgaruvchilar o’rtasidagi aloqadorlik, xilma-xil munosabatlar mavjudligida namoyon bo’ladi. Shunday munosabatlardan biri ierarxik munosabatdir. Yana bir turdagi munosabatni "ro’yobga chiqarish" munosabati deb atash mumkin. Bu munosabat shuni anglatadiki, har bir ehtiyojning qondirilishida turli motivlar yig’indisining ro’yobga chiqarilishi mumkin. Uchinchi turdagi munosabat shunda namoyon bo’ladiki, har xil ehtiyojlarning qondirilishida bir motiv ishtirok etadi yoki aksincha, bir ehtiyoj qondirilishida turli motivlar qatnashadi. Bunday munosabat "o’zaro tobelik" munosabati nomini oldi.
R.S.Vaysman shaxs motivasion sohasidan tizimli munosabatlarning juda qiziq tasnifini keltiradi. Ammo ajratilgan munosabatlar qatorini boshqaruv, tartiblashtirilganlik va shu kabi munosabatlar bilan to’ldirish mumkin bo’ladi. Qolaversa, R.S.Vaysman motivasion o’zgaruvchilar o’rtasidagi tizim hosil qiluvchi asosiy munosabatni ajratmagan, bir turdagi va har xil turdagi motivasion hodisalarni bir-biridan farqlamagan.
Chet el olimlarining motivatsiya sohasidagi tadqiqotlari orasida G.Olportning motivlar funksional avtonomiyasi nazariyasi alohida o’rin egallaydi. Bu nazariyada motivlar transformasiyasi, tizimli rivojlanishi jarayon sifatida talqin etiladi. G.Olport o’z konsepsiyasida tizimlarning umumiy nazariyasi g’oyalaridan, ayniqsa, ochiq tizimlar haqidagi g’oyadan keng foydalangan. Olimning fikricha, shunday motivlar borki, ular yarim yopiq tizimlarning tabiatiga monand faoliyat ko’rsatadi va rivojlanadi, ya'ni funksional avtonomiyaga ega. Bir tizimga kiruvchi motivlarni G.Olport reaktiv, tashqi undovga muhtojlik qonunlariga bo’ysunuvchi motivlar, deb ataydi. Ammo G.Olportning ta'kidlashicha, shaxs ochiq tizimlar kabi o’zgaruvchi va rivojlanuvchi motivlar bilan tavsiflanadi, degan fikr haqiqatga yaqinroqdir. Agar avvalgi tizim motivlarning perseverativ funksional avtonomiyasi, deb atalgan bo’lsa, keyingi tizimni G.Olport propriativ funksional avtonomiya, deb ataydi. Ochiq, yopiq va yarim ochiq tizimlar haqida to’xtalar ekan u yopiq tizim modelini shaxs va uning motivatsiyasiga qo’llab bo’lmasligini ta'kidlagandi. Ochiq funksional tizim taraqqiyot uchun zamin hozirlaydi, uni esa undovchi muhtojlik doirasida tushuntirib bo’lmaydi.
G.Olport tomonidan shaxs motivlarining ochiq tizimlar sifatida tahlil etilishi, shaxs va shaxs motivlari taraqqiyoti chegarasiz jarayon ekanligini ta'kidlash uchun imkoniyat beradi.
Shunday qilib, biz shaxs motivasion sohasi haqidagi turli qarashlar, ularda tizimli yondashuv g’oyalarining aks etishi masalasini ko’rib chiqdik. Mazkur qarashlar motivatsiya sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarning ajralmas qismiga aylandi. Ko’rsatib o’tilganidek, psixolog olimlar tomonidan motivasion soha
tizimliligiga oid turli jihatlarni qayd qilinmoqda. Ayni damda motivasion mexanizmlar haqidagi tizimli yondashuvga asoslangan tasavvurlar turli yo’nalishlarda tadqiq etilmoqda. Biroq tadqiqotlarning barchasini bir yo’nalish - motivasion hodisalar o’rtasidagi ma'no hosil qiluvchi aloqa va munosabatlarni tadqiq etish atrofida birlashtirish mumkin.



Yüklə 48,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin