Axloqiy hislar - shaxsning, odamlarning va o`zini xulq - atvoriga emotsional munosabatida ifodalanadi. Shaxs bu hislarni kechirar ekan, ijtimoiy axloqiy printsiplari va normalariga asoslanib, boshqa odamlarning xatti-harakatlariga yoki psixik xususiyatlariga ham e’tibor beradi, namoyon etadi. Intellektual hislar aqliy faoliyat jarayonida hosil bo`ladigan kechinmalarga aytiladi. Ushbu hislar haqqoniy fikrlarga, soxta, ajablanarli, shubhali yoki tushunib bo`lmaydigan, hayratda qoldiradigan fikrlarga bo`lgan munosabatlari ifodalanadi. Intellektual hislarga ajablanishini kiritish mumkin. Ajablanish inson bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo`lmagan hayratda qoldiradigan narsaga qaratish odamning bilish ehtiyojlarini qondirishga intilishdir. Ajablanish odamning bilish bilan bog`liq faoliyatini yuzaga keltirishga undovchi omillardan biridir.