Insonni xatti-harkati va ma’lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq faoliyatga undovchi sababga motiv deyiladi. Odamning faoliyat motivlarini o`rganish shaxsning ma’naviy-psixologik mohiyatini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Kishilarning xulq-atvoriga qarab, uning xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularning motivlarini aniqlashga intilish lozim. Shunda xatti-harakatlarni odam uchun tasodifiy yoki qonuniy ekanligini anglash mumkin bo`ladi.

Bunday xatti-harakatlarni yana takrorlanishini oldindan ko`ra olish, shaxsiy holatlarning ayrimlarini yuzaga keltirmaslikning oldini olish, boshqalarning taraqqiy etishini qo`llab-quvvatlash mumkin. Ba’zilar mehnatgao`uz ehtiyojlariga ko`ra sidqidildan munosabatda bo`lsalar, ba’zilar o`z burchlarini anlaganliklaridan, yana ba’zilar o`zlarining qobih niyatlariga erishish uchun vaqtincha sun’iy munosabatda bo`ladilar.