Moy fraksiyalarining asosiy korsatkichlari



Yüklə 23,52 Kb.
tarix04.01.2023
ölçüsü23,52 Kb.
#78449
Moy fraksiyalarining asosiy korsatkichlari


Moy fraksiyalarining asosiy korsatkichlari
Moy fraksiyalari uglevodorodlarning har xil sinflari va geterosiklik birikmalarining aralashmalaridan iboratdir. Uglevodorodlarning fizik xossalari ularni ma’lum sinflarga mansub ekanligiga va molekulyar massalariga bog‘liqdir. Geterotsiklik uglevodorodlarning fizik xossalari boshqalardan farqli bo‘lib, ular har xil haroratlarda har xil tezlikda eriydilar.
Saylovchi (yoki selektiv) erituvchilar deb shunday suyuq moddalarga aytiladiki, ular ma’lum haroratda neft mahsulotlari aralashmasidan faqat tutilgan komponentlarni ajratib olish maqsadida, bu jarayonda boshqa uglevodorodlarni eritmasdan va ularda erimasdan qoladigan moddaga aytiladi.
Tozalash maqsadlari uchun shunday erituvchilar tanlab olinadiki, ular bir-biridan keskin farqlanadigan erkin haroratda har xil moddalami eritadigan bo’ladi.
Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadi va keraksiz komponentlar eritmalardan cho’ktirilib, osongina ajratiladi. Shu prinsipga asosan smola-asfaltenli birikmalar (deasfaltlab) va qattiq uglevodorodlar ajratib (denarafinlab) olinadi.
Erituvchilarni selektivligi ideal emas, ya’ni erituvchi fazalardan birini to‘liq, ikkinchisini qisman eritadi. Masalan: fenol polisiklik aromatik uglevodorodlarini yaxshi va shu bilan birga moyning uglevodorodlarini eritadi. Shuning uchun fenolni tanlovchanligi pastdir, lekin umumiy erituvchanlik qobiliyati yuqoridir. Selektivlikning pastligi natijasida ekstrakt yoki gacli bilan birgalikda moyni qimmatbaho komponentlarini liant olib chiqib ketiladi, deasfaltizatga esa smola va asfaltenlar o‘tib ketadi.
Birinchi hodisada moyni chiqishi kamayadi, ikkinchisida csa deasfaltizatning sifati pasayadi.
Erituvcliilarga (fenol, furfurol, dixloretan, spirtlar va ketonlar) suv va benzol, toluol qo'shilsa ularning selektivligi va erituvchanlik qobiliyatini o'zgartirib yuboradi. Suv qo'shilganda crituvchining selektivligi ortadi, lekin umumiy erituvchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Benzol va toluolni qo'shish esa selektivligini (erituvchini) pasaytiradi va umumiy erituvchanlik qobiliyatini oitiradi. Erituvchilar quyidagi talablaiga javob berishi kerak:
a) Erituvchi keng harorat oraligida o‘zini tanlovchi — erituvchanlik qobiliyatiga ega boiishi kerak.
b) Erituvchi tozalanayotgan mahsulotda o'zi erimasligi kerak.
d) Fazalarni tez ajratib olish uchun erituvchini va moyni zichligidagi farq katta bo‘lishi kerak.
e) Erituvchi kimyoviy barqaror va inert boiishi kerak (xomashyoga nisbatan), zaharli boimasligi va portlashga xavfsiz boiishi kerak. Erituvchi yengil va toiiq regeneratsiya qilinishi kerak.
g) Erituvchi past parlanish haroratiga ega boiishi kerak, chunki buning natijasida sovutishga berilayotgan suvning sarfi va umuman energetik xarajatlar kamayadi.
j) Erituvchi arzón va defitsit boimasligi kerak. Moylarni tanlovchi erituvchilar bilan tozalash jarayoni uchun quyidagi faktorlar muhimdir:
• 1. Jarayonning harorati.
2. Moy fraksiyasini erituvchida eruvchanligining kritik harorati.
3. Xomashyo va erituvchilarning nisbati.
4. Erituvchini xomashyo bilan o‘zaro ta’sir usuli.
Bosim suyultirilgan gazlarni erituvchi sifatida ishlatilganda (propan, SO2 gaz) o'z ta’sirini ko‘rsatadi.
Erituvchini moy eritmasidan va kerak boimagan komponentlar eritmasidan regenirlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
a) Erituvchini oldin yuqori yoki atmosfera bosimida haydab olinadi.
b) Suv pari bilan haydab olinadi.
d) Vakuum ostida haydaladi.
Tozalangan mahsulotda erituvchining qoldiq miqdori 0,005- 0,02 % dan ortiq bo'lmasligi kerak.
Moylarning qimmatbaho uglevodorodlari gach yoki ekstraktga o‘tib ketishi mumkin. Bu asosan erituvchini yetarli darajasida selektiv bo‘lmaganligi natijasidadir. Buning natijasida o‘zining tuzilishi bilan qimmatbaho va keraksiz komponentlar oraiigida turgan uglevodorodlar yo'qotiladi. Bu komponentlarni yana ichki rafmat deyiladi. Bu komponentlarning yo‘qotilishi asosiy mahsulot chiqishini pasaytiradi.
Moy uglevodorodlarining propandagi eritmasidan smolalar 50—85°C oralig‘ida yengil ajraladi.
Haroratning yuqori darajasi propanning kritik harorati bilan (%,8°C) chegaralanadi. Propan harorati kritik harorat ynqinlashgani sari uni eritish qobiliyati pasayadi, moyning uglevodorodlari qisman smolalar bilan cho‘kib qoladi. Buning mit Unsida moyning chiqishi pasayadi. Past haroratda buni leskurisi bo‘lib suyuq propanni eritish qobiliyati ortadi va 40°C dn smolalar propanda eriydi va moyning sifati pasayadi.
Jarayon kolonnada olib boriladi. Propan kolonna tagidan bcriladi, moylar esa tepa qismidan, kolonnani tepa qismida, harorat 70-75°C va pastki qismida 50-60°C bo‘ladi. Kolonnani tepa va pastki qismida haroratni har xil ushlab turish natijasida inoydan smola va asfaltenlarni to‘liq ajratib olinadi. Haroratni bu farqiga deasfaltlash gradiyenti deyiladi. Propanni suyuq holda ushlab turishi uchun jarayon 4—4,5 Mpa da olib boriladi.
Erituvchini va boshlang‘ich mahsulotning nisbati tajriba yo‘li bilan topiladi va u xomashyodagi uglevodorodlar soniga bog‘liq. Uglevodorodlar miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, propan bilan boshlang‘ich mahsulot nisbati ham shuncha ko‘p bo'ladi.
Propan va boshlang‘ich modda 4:1 dan 8:1 gacha bo‘lgan nisbatda olinadi.
Propanning miqdori ma’lum darajagacha oshirish deasfaltizat sifatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, smolali-asfaltenlarni cho‘ktirish tezlashadi.
Deasfaltdash jarayonini bir bosqichda olib borish mumkin, lekin olingan mahsulotning sifati ikki bosqichli jarayonda ko‘ngildagidek bo'ladi. Birinchi bosqichda, olingan asfalt eritmasidan qimmatbaho uglevodorodlarni ajratib olish uchun ikkinchi bosqichda deasfaltlanadi. Ikki bosqichli sxemada gudrondan moyni olish 10 % ga ortadi. I va II bosqich deasfaltizatlari sifat bo'yicha katta farq qiladi.
Moylarni ularning tarkibidagi smola-asfaltenli birikmalardan va qisqa yon zanjirli polisiklik aromatik uglevodorodlardan qutilish uchun ularni selektiv tozalanadi. Selektiv tozalashga distillyat va qoldiq moylar harn beriladi. Buning natijasida moylarning rangi tozalanadi, yopishqoqlik indeksi ortadi, kokslanish darajasi va oltingugurt birikmalarining miqdori kamayadi. Sanoat tajribasida eng keng tarqalgan erituvehilar fenol va furfuroldir. Moy fraksiyalari bilan reaksiyaga kirishganda ular moydagi keraksiz moddalarni yaxshi eritadilar va qimmatbaho kerakli uglevodorodlarni deyarli eritmaydi.
Yüklə 23,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin