Botanik ta’rifi. Linaceae L. oilasiga mansub bir yillik o‘tsimon o'simlik. Ildizi o‘q ildiz, 1 — 1,5 m chuqurlikka kirib boradi. Kungabo- qar va maxsarga nisbatan ildizlari kuchsiz rivojlangan, ko‘plab yon shoxlar hosil qiladi. Zig'ir ildizlari tuproqdan oziqa moddalarni sekin o‘zlashtiradi.
Poyasining uzunligi lalmida 20—60 sm, shartli sug‘oriladigan yerlarda 60—70 sm. Poyalari ingichka, shoxlanishi nav xususiyatlariga bog‘liq. Yon shoxlari ko'pincha 4—8 ta bo‘ladi.
Poya po'stlarining tagida lub tolalar bor. Tolaning uzunligi zi- g‘irpoyasi bo‘yicha, yon shoxlarining ko‘p yoki kamligiga bog‘liq bo‘ladi. Yon shox bo‘lgan joyda tolalar uziladi. Sifatli tola baland bo‘yli tolali zig‘irdan olinadi.
Barglarl mayda, bandi yo‘q, ingichka, lansetsimon shaklda. Gullari ko‘k, havorang, binafsha rangda, beshta tojbarglari bor. Chiroyli, to‘pguli shingil, mevasibesh uyali, dumaloq, ko‘sakcha. Bir tupida 40—60 ta ko‘sakcha bo‘ladi. Ko‘sakchalar pishganda to‘kilib ketmaydi. Pishgan- dan keyin uzoq vaqt davomida yig‘ishtirilmasa shoxlari sinadi.
Urug‘lari mayda tuxumsimon, yassi, uchi biroz bukilgan, yaltiroq, jigarrang, ba’zan och qo‘ng‘ir tusda. 1000 urug‘ vazni 3-8 g, tarki- bida moy miqdori 32—47 %, yaxshilangan navlarda 47—50 %.
Zig‘ir gullari o‘zidan va chetdan changlanadi. Havo quruq bo‘lsa chetdan, nam yetarli bo'lsa o‘zidan changlanadi.
Biologik xususiyatlari. Moyli zig‘ir issiqlikka talabchan emas. Urug'lari 5 °C da una boshlaydi. Unib chiqqandan gullaguncha havo- ning harorati o'rtacha 15-17 °C, pishish davrida 19—20 °C ni talab qiladi. Yosh maysalar —6 °C sovuqqa chidaydi. O‘suv davrida 1600— 1800 °C faol harorat talab qilinadi.
O‘suv davrining oxirida zig‘ir issiqlikka talabchan bo'ladi. Bu davrda haroratning yetishmasligi hosilning kamayishiga olib keladi. Unib chi- qishda havo harorati past bo‘lsa, unib chiqishi kamayadi.
Moyli zig‘irning o‘suv davri tolali zig‘irnikiga nisbatan qisqa. Uzun kunli o‘simlik. Yorug‘likka talabchan. Serquyosh, yorug‘ kunlarda urug‘ tarkibida moy va oqsil miqdori ko‘p bo'ladi. Shimoliy mintaqalarda
navlar kechpishar bo‘ladi. Rivojlanishning turli fazalarida tashqi omil- larga talab ham turlicha bo‘ladi.
Moyli zig‘ir qurg‘oqchilikka chidamli hamda namga talabchan. Ildizlari tolali zig‘irnikiga nisbatan chuqur kirib boradi.