Ms access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi, ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyasi



Yüklə 7,98 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü7,98 Kb.
#202507
ms accses 5



MS Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi, ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyasi.
Ishning Maqadi :
Ma’lumotlar bazasini yaratish asoslarini o’rganish. MS Access da jadval modifikatsiyalari va berilganlarni tahrirlash va berilganlarni qayta ishlash usullari.
Ma’lumotlar bazasining asosini unda saqlanuvchi ma’lumotlar tishkil qiladi va ular obyektlar orqali boshqariladi. Obyektlarning asosiy turlari quyidagilar: «Jadvallar»– ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi; «Tablitsalar»– ma’lumotlarni tanlash shartlarini berishni ularga o’zgarishlar kiritish uchun xizmat qiladi; «Formalar»– ma’lumotlarni ko’rish va tahrirlash uchun xizmat qiladi; «Sahifalar»– HTML (gipermatn) formatidagi fayllar, ular Access ma’lumotlarini Internet Explorer brauzeri yordamida ko’rish uchun ishlatiladi; «Xisobotlar»– ma’lumotlarni umumlashtirish va chop qilish imkonini beradi; «Makroslar»– bir yoki bir qancha operasiyalarini avtomatik ravishda bajaradi. Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga (MBBT) kiritilgan har qanday ma’lumot jadvallarda saqlanadi. Jadvallarning qatorlariyozuvlardeb, ustunlari esamaydonlardeb ataladi.
So’rovlar jadvallardan ma’lumotlarni bir yoki bir necha kriteriylar (ko’rsatgichlar) asosida tanlab olish uchun ishlatiladi. Jadvallar soni ham bir yoki bir nechta bo’lishi mumkin. Access MBBTni ham barcha dasturlar kabi ish stolining «Pusk»tugmasi yordamida ishga tushirish mumkin. Bu dastur ishga tushganidan so’ng ekranda hosil bo’lgan oynada ma’lumotlar bazasini yaratish yoki mavjud bazani ishga tushirish imkonini tanlash mumkin (4-rasm). 4-rasm. Microsoft Access MBBTning asosiy oynasi Ushbu oynadagi ko’pgina tugmachalar o’zini ko’rinishi va mohiyati jihatidan matn muharririWordva jadval prosessoriExcelning tugmachalariga o’xshab ketadi. Haqiqatdan ham ular xuddi Siz o’ylagandek ishlarni va funksiyalarni bajarish imkonini beradi. Masalan, faylni ochish, matnni chop qilish, orfografiyani tekshirish, qaychi va hokazolar. Boshqa tugmachalar esa ma’lumotlar bazasini tuzish va unda ishlash bo’yicha maxsus aniqlanilgan masalalarni yechish uchun xizmat qiladi. Access MBBTda ma’lumotlarni standart usul bilan olish imkoniyati amalga oshirilgan.
Misol. AQShning davlat agentligi shunday bir ekspert tizimini yaratgan. U ob-havo va g’allaga tegishli ma’lumotlarni tahlil qilib, fermerlarga irrigasiya, o’g’itsolish vahosil olishning optimal vaqtini belgilaydi.
Sun’iy intellekt deyilganda, odatda kompyuter tizimlarning shunday harakatlarni bajarish qobiliyati tushuniladiki, agar bu harakatlarni odam bajarganda uni intellektual deb atash mumkin bo’lardi. Aksariyat hollarda bu yerda odamning fikrlashi bilan bog’liq, qobiliyatlar nazarda tutiladi. Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar ekspert tizimlari bilan chegaralanmaydi. Shuningdek, ular o’z ichiga odamning asab tizimi, uning eshitish, ko’rish, sezish, o’qish– o’rganish qobiliyatini modellashtiruvchi robotlar, tizimlar yaratishni ham oladi. Maxsus masalalarni yoki vazifalarni hal qilish maxsus bilimlarni talab etadi. Lekin har qanday kompaniya ham o’z shtatida uning ishi bilan bog’liq barcha muammolar bo’yicha ekspertlarni saqlay yoki hatto har safar bunday

muammolar paydo bo’lganda ularni taklif qila olmaydi. Ekspert tizimlari texnologiyasidan foydalanishning bosh mohiyati ekspertdan uning bilimlarini olish va uni kompyuter xotirasiga kiritib, har safar zaruriyat tug’ilgan hollarda undan foydalanishdan iboratdir. Ekspert tizimlari sun’iy intellektning asosiy ilovalaridan biri bo’lib, ekspertlarning u yoki bu bilim sohasidagi tajribalarini evristik qoidalar shaklida transformasiyalovchi kompyuter dasturlaridan iboratdir. Evristiklar qarorlar qabul qilishi qo’llab–quvvatlash texnologiyalari doirasida masalalarni har qilish uchun foydalaniladigan oddiy algoritmlar singari ishonch bilan optimal natija olishni kafolatlamaydi. Lekin ko’pincha ulardan amalda foydalanish uchun yetarli darajada maqbul bo’lgan yechimlarni beradi. Bularning hammasi ekspert tizimlaridan maslahatberuvchi tizimlar sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. Ekspert tizimlarida va qarorlar qabul qilishni qo’llab–quvvatlash tizimlarida foydala- niladigan axborot texnologiyalarining o’xshash tomonlari shundan iboratki ularning har ikkalasi ham qarorlar qabul qilishning yuqori darajasini ta’minlaydi. Lekin ularning uchta muhim farqlari bor:
birinchi farq shu bilan bog’likki, qarorlar qabul qilishni qo’llab –quvvatlash tizimi doirasida muammolarni hal qilish foydalanuvchining uni tushunish darajasini va qarorni olish hamda fikrlash imkoniyatlarini aks ettiradi.
Yüklə 7,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin