MS excel elektron jadvali va oynasining tuzulishi katakchalar va ularning manzillari
Excel elektron jadvali 16384 ta (row) va undan ortiq satr va 256 ta ustun (collumn) dan iborat. Satrlar 1 dan 16384 gacha va undan katta bo’lgan butun sonlar bilan tartiblangan bo’lsa, ustunlar lotin alifbosining bosh harflari (A, B,…, Z, AA, AB, …, IV) bilan belgilangan. Satr va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi-yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula ko’rinishdagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va satr balandligini sichqoncha orqali o’zgartirish ham mumkin.

Jadvalning tanlangan yacheykasiga o’tish uchun aniq manzil (adres) ko’rsatilishi kerak. U satr va ustun kesishmasida, masalan A1, V4, F9, AB3 kabi ko’rsatiladi.