Mtt turli yosh guruhlarida matematika mashg‘ulotlarini o‘tkazish texnologiyasi va tashkil qilish Reja



Yüklə 65,5 Kb.
səhifə1/7
tarix18.12.2023
ölçüsü65,5 Kb.
#184204
  1   2   3   4   5   6   7
MTT turli yosh guruhlarida matematika mashg‘ulotlarini o‘tkazish texnologiyasi va tashkil qilish


MTT turli yosh guruhlarida matematika mashg‘ulotlarini o‘tkazish texnologiyasi va tashkil qilish
Reja:
Kirish.


  1. Bolalar bog‘chasida pedagogik jarayonni tashkil etishning maqsadi va vazifalari

  2. Mashg‘ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o‘tkazishga tayyorgarligi.

  3. MTM da turli yosh guruhlarida matematik mashǵulotlarni ótkazish metodikasi va tashkil qilish.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar:

Kirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda o'qitishning har xil usullarni — amaliy, ko'rsatmali, og'zaki, o'yin usullaridan dastur masalalari, bolalarning yosh, va individual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshqalar hisobga olinadi.
Tarbiyachining metod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq holda ulardan ratsional foydalanishga doimo e'tibor berib turishi quyidagilarni ta'minlaydi:
— elementar matematik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning nutqda aks ettirilishi;
— tenglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni, olchami, shakli bo'yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (olchami yoki soni bo'yicha ort-tirish yoki ,kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan ob'ektlarning miqdori,shakli, kattaligini umumiy belgi sifatida ajratish, aloqa va boglanishlarini aniqlash malakasi;
— bolalar o'zlashtirgan amaliy ish usullari (masalan, qarshi qo'yish, sanash, o'lchash bilan taqqoslash)ni yangi sharoitlarda qo'llashga yo'naltirish va mazkur vaziyatda ahamiyatga ega bolgan belgilar, xossalar, boglanishlarni aniqlash, topishning amaliy usullarini mustaqil izlashga yo'naltirish. Masalan, o'yin shart-sharoitlarida belgilarning tartibi, almashinib kelish qonuniyatini, umumiy xossalarni topishni o'rgatish mumkin.
Elementar matematik tasawurlarni shakllantirishda amaliy metod yetakchi metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o'rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modellar va h. k.) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o'zlashtirishga yo'naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy usulning xarakterli xususiyatlari quyidagilardan iborat:
— aqliy faoliyat uchun asos bo'ladigan har xil amaliy ishlarni bajarish;
— didaktik materiallardan keng foydalanish;
— didaktik materiallar bilan amaliy ishlash natijasi sifatida tasavvurlarning paydo bo'lishi;
— eng elementar usulda sanash, o'lchash va hisoblash konikmalarini hosil
qilish;
— turmushda, o'yinda, mehnatda, ya'ni faoliyatning har xil turlarida shakllangan tasavvur va o'zlashtirilgan harakatlardan keng foydalanish.
Mazkur usul maxsus mashqlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu mashqlar ko'rsatish uchun belgilangan material shaklida, tashkil qilinishi yoki tarqatma material bilan mustaqil ish ko'riiishida topshiriq shaklida berilishi mumkin.
Mashqlar bolalarning yoshiga uning o'rnini bosishi bilan ham aniqlanadi. Hamma yoshdagi guruhlarda bajariladigai mashqlar o'yin elementlari kichik guruhda — syurpriz moment ko'rinishida, o'xshash harakatlar, ertak qahramoni va h. k. dan iborat bo'ladi. Katta guruhlarda bunday mashqlar izlanish, musobaqa xarakterini oladi.
Mashqlar bolalarning yoshiga qarab qiyinlashtirila boriladi. Ular bir necha bo'g'inlardan tashkil topadi. O'quv-bilish mazmuniga oid o'yin-mashqlar muammo shaklida emas, ko'pchilik hollarda ularni bajarish uchun tasavvur bo'yicha harakat qilish, topqirlikni namoyosh qilish, aqllilikni ko'rsatish talab qilinadi. Chunonchi, tarbiyachi kichik guruhdagi bolalardan har qaysi quyonni sabzi bilan siylashni taklif qiladi; katta guruhdagi bolalardan esa, doskaga osib qo'yilgan kartochkadagi doirachalar nechtaligini aytishni, guruh xonasidan xuddi shuncha buyum topishni, kartochkadagi doiralar miqdori bilan guruhdagi; buyumlar miqdori teng ekanini isbotlashni taklif qiladi. Agar birinchi holda mashq shartli ajratilgan bitta bo'g'indan iborat bo'lsa, ikkinchi holda 3 ta bo'g'indan iborat bo'ladi.


Yüklə 65,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin