Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
26
26
shakllangan bir qator tillar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Qadimiy
tillar kishilik jamiyatining umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyat
kasb etgan. Ma’lum davrda aloqa-munosabat vositasi sifatida mavjud
bo‘lib, keyingi davrlarda iste’moldan chiqa borgan. Natijada o‘lik
tilga aylangan. Lotin tili qadimiy tilning yaqqol namunasidir.
Mahalliy tillar
kam sonli aholiga xizmat qiladigan tillardir.
Mahalliy tillar o‘z yozuviga ega emas. Bunday tillar faqat og‘zaki
shaklda mavjud bo‘lib, aholining kundalik aloqa-munosabat ehtiyoji
uchun xizmat qiladi.
Kreol tillar
Yevropa mustamlakachilarining afrikaliklar, Sharq
mamlakatlari xalqlari va Amerika hindulari bilan muloqoti natijasida
mahalliy aholi tillariga Yevropa tillari (fransuz, ingliz, portugal)
xususiyatlarining singishidan hosil bo‘lgan tillardir. Masalan,
Amerikadagi Gaiti oroli mahalliy aholisi tilining fransuz tili bilan
aralashuvi natijasida
giti-kreol,
Lotin Amerikasidagi mahalliy aholi
tili bilan ispan tilining aralashuvidan
ispan-nauatal
kreol tili hosil
bo‘lgan. Kreol tillarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Ularda birdan ortiq tilning o‘ziga xos xususiyatlari yaxlit holda
namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: