Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

b
harfi 

deb talaffuz qilinadi. Lekin 

yozilishi shart. 
An’anaviy prinsip
da so‘zlar ularda mavjud, hozirgi vaqtda 
talaffuz qilinadigan tovushlarga asoslanib yozilmay, balki tarixda 
qanday yozilgan bo‘lsa, hozir ham shunday yoziladi. 
Morfologik va simvolik
prinsiplar so‘zlarning yozilishida 
grammatika va leksikaning manfaatlarini nazarda tutadi. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
86 
86
 
17-§. TIL VA YOZUV 
 
Tilning butun imkoniyatlari nutqda ifodasini topadi. Nutqning 
og‘zaki va yozma shakli bo‘lib , yozma nutq yozuv orqali namoyon 
bo‘ladi. Yozuv ma’lum bir tarixiy jarayon mobaynida aloqa- 
munosabatning muhim vositasi bo‘lib shakllanadi. Yozuvning tarixiy 
ahamiyati quyidagilarda aks etgan. 
1.Yozuv ma’lum tarixiy jarayon natijasida shaklanadi va kishilar 
orasidagi bavosita aloqa-munosabat vositasi sifatida ijtimoiy 
manfaatlar uchun xizmat qiladi. 
2. Kishilik jamiyati erishgan barcha ma’naviy yutuqlar yozuv 
orqali avloddan avlodga yetkaziladi. 
3. Yozuv uchun masofa va vaqt ahamiyatsizdir.
4. Yozuvning xabar yetkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi 
axborotlar umumiy ma’lumotga aylanadi. 
5. 
Yozuv 
kishilik 
jamiyati 
taraqqiyotining 
muayyan 
bosqichlarini, xalq tarixi, etnografiyasini adabiyot va san’at tarixini, 
tilning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Yozuvsiz tilning va xalqning tadrijiy taraqqiyotini 
o‘rganib bo‘lmaydi. 
Dunyodagi aksariyat tillar o‘z yozuviga ega. Yozuvning hozirgi 
ko‘rinishlari dastlabki shakllarning takomillashib borishi natijasida 
paydo 
bo‘ldi. 
Tadqiqotlardan 
ma’lumki,yozuvning dastlabki 
ko‘rinishlari 
ramziy 
ifodalar 
tarzida 
yuzaga 
kelgan.Fanda 
piktografik, logografik, ieroglifik,fonografik kabi yozuv turlari bor.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin