Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
94
94
o‘rnida boshqasini qo‘llab bo‘lmaydi;
ho‘l-shalabbo; tiqillatdi-
taqillatdi,
dukillatdi-gursillatdi;
kulmoq-jilmaymoq-irshaymoq-
tirjaymoq. Ma’noviy sinonimlar quyidagi jihatlari bilan o‘zaro
farqlanadi:
a) emotsional-ekspressiv bo‘yoq nuqtai nazaridan. Bu jihatdan
so‘zlar bo‘yoqsiz (neytral) yoki bo‘yoqdor bo‘lishi mumkin.
Emosional-ekspressiv
bo‘yoqdor
so‘zlarda
so‘zlovchining
munosabati seziladi. Bo‘yoqdor so‘zlar ijobiy bo‘yoqli (
chehra,
jamol
) yoki salbiy bo‘yoqli (
bashara, turq
) bo‘ladi.
b) Ma’noviy sinonimlar uslublarda qo‘llanishi jihatidan farq
qiladi. Masalan:
bashar, siyna
poetik (badiiy) uslubda:
bahor, quyosh
so‘zlari ilmiy uslubda qo‘llanadi. Bunday sinonimlar uslubiy
sinonimlar deyiladi.
d) sinonimik qatordagi so‘zlar ma’noni qay darajada ifodalashi
jihatidan ham farqlanadi. Masalan,
qiziq-g‘alati-ajoyib-alomat-
antiqa
sinonimik qatorida qiziq belgini neytral holda;
ajoyib-alomat-
antiqa
so‘zlari belgini kuchli darajada;
yaxshi-durust-tuzuk
sinonimik
qatorida
durust, tuzuk
so‘zlari belgini kuchsiz darajada ifodalaydi.
Sinonimlar uch xil bo‘ladi:
1)
lug‘aviy sinonimlar;
2)
frazeologik sinonimlar;
3)
grammatik sinonimlar.
Lug‘aviy sinonimlar- so‘z holidagi sinonimlar; frazeologik
sinonimlar- sinonim iboralar. Grammatik sinonimlar morfologik va
sintaktik sinonimlardan iborat. Grammatik sinonimlar:
kuz shamoli-
kuzgi shamol, xat yozdi-xat yozildi, ukamga oldim-ukam uchun
oldim.
Dostları ilə paylaş: