Muallifdan


Gapning uyushiq bo‘laklari



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

 
Gapning uyushiq bo‘laklari 
 
Gapning uyushiq bo‘laklari bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, gapdagi 
bir bo‘lakka bog‘langan bo‘laklardir. Uyushiq bo‘laklar teng 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
156 
156
bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog‘lanadi. Yo‘lda 
yosh, keksa, yupun odamlar ketib borardi. Nodir va Salomat 
biznikiga kelishdi. 
Uyushiq bo‘laklar asosan bir so‘z turkumiga oid so‘zlar bilan 
ifodalanadi. Gap bo‘laklarining ta’kidlash-kuchaytirish maqsadidagi 
takrori uyushiq bo‘lak hisoblanmaydi. Bunda hamma, hamma narsa 
bor. 
Gapning 
uyushiq 
bo‘laklarida 
son, 
egalik, 
kelishik, 
qo‘shimchalari, uyushiq bo‘laklarning oxirgisiga yoki uyushiq 
bo‘laklarning har biriga qo‘shilishi mumkin. 
Uyushiq bo‘lakli gaplarda so‘zlarni jamlovchi, umumlashtiruvchi 
bo‘lak ham ishtirok etishi mumkin. Umumlashtiruvchi bo‘lak 
uyushiq bo‘laklar bilan bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi. Belgilash va 
bo‘lishsizlik olmoshlari, ayrim otlar umumlashtiruvchi bo‘lak 
vazifasida keladi. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin 
kelsa, umumlashtiruvchi so‘zdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi: 
Insonda 
hamma narsa: yuzi ham, kiyimi ham, odobi ham go‘zal bo‘lmog‘i 
kerak. 
Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan keyin kelsa, 
umumlashtiruvchi so‘zdan oldin tire qo‘yiladi. Insonda yuzi ham
kiyimi ham, odobi ham-hamma narsa go‘zal bo‘lmog‘i kerak. 
Uyushiq bo‘laklar orasida vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul, tire 
ishlatiladi. 
Sanash ohangi bilan aytilgan, zidlov bog‘lovchilari, takrorlanib 
qo‘llanuvchi 
ayiruv 
bog‘lovchilari, 
bog‘lovchi 
vazifasidagi 
yuklamalar bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul 
qo‘yiladi. Uyushiq bo‘laklar guruh-guruh bo‘lib kelsa, bir-biridan 
nuqtali vergul bilan ajratiladi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin