Xabar mazmunidagi darak, buyruq, undov gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi.
Qisqartirilgan ism-familiyalarning birinchi harfidan (yoki ma’lum qismidan) keyin nuqta qo‘yiladi: A.Q., A. Qod.
Sanash yoki oy, kun, yillarni bir-biridan ajratish uchun qo‘llangan raqam yoki harflardan keyin nuqta qo‘yiladi: 1. 2. 3.; 5.03.99 yil.
Nuqta- eng qadimgi va eng ko‘p qo‘llanuvchi tinish belgilaridan biri. Nuqta gap oxirida qo‘llaniladi. Uning qo‘llanishi logikgrammatik prinsipga asoslanadi. Bunda stilistik yoki differensiasiya prinsiplariga asoslanadi. Nuqtaning shartli qisqartmalaridan so‘ng qo‘llanishi uning qo‘shimcha funksiyasiga kiradi. Masalan:Alisher Navoiy-ulug‘ shoir! A. Navoiy-ulug‘ shoir! So‘roq belgisi quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
So‘roq mazmunidagi gaplardan so‘ng qo‘yiladi.
So‘z yoki ibora noaniq bo‘lsa yoki unda gumon ifodalansa: Ovqatga tajovuz (?) qilingandan so‘ng, mehmonlar qo‘llarini dasturxonga (?!) artdilar.
Undov belgisiquyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
His-hayajon bilan aytilgan gaplardan so‘ng qo‘yiladi.
Ko‘p nuqta quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
Fikrning tugallanmaganligini ko‘rsatish uchun: Yana shuni aytgan edingizki...
Ba’zan ko‘p nuqta so‘zlovchining fikr-mulohazasini o‘y tasavvurini, xohish-istagini bildiradi: Uydagi ishlarning hammasini o‘zi qilsa, o‘zi tartibga solib, o‘zi bezasa... (A. M.)
Ko‘p nuqta, undov va so‘roq belgilariso‘roq va his-hayajon birgalikda, yaxlit ifodalanganda, so‘roq va undov gaplar tugallanmay qolganda birgalikda qo‘llanadi. Ko‘p nuqta biror so‘z yoki gapning tushirilganini ko‘rsatish uchun ham qo‘yiladi.