Lotin yozuvi asosidagi “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” 1995 yil 24 avgustda qabul qilindi. Undagi asosiy qoidalar quyidagilar:
Undoshlar (ayrim) so‘z o‘rtasi va oxirida qo‘shaloq kelishi mumkin; grammatika, metall, kilogramm. Qo‘shimcha qo‘yilganda biri tushadi: metalni.
Ayrim so‘zlarda I, II, III shaxs egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda y (u) tovushi qo‘shib aytiladi va yoziladi: parvouim, mavqeying obro‘yimiz, mavzuyingiz, parvoyi.
Xudo, mavzu, dohiy so‘zlari III shaxsda xudosi, mavzusi, dohiysi tarzida yoziladi. Orzu so‘zi: orzum, orzung, orzusi tarzida bo‘ladi.
g,g‘ bilan tugagan so‘zga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda quyidagicha yozish saqlanadi: barg-ga-bargga: cho‘g‘ga-cho‘g‘ga: bog‘-ga-bog‘ga.
Qo‘shimcha qisqartma otlarga qo‘shib yoziladi: O‘zMUning. Yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: O‘zR FA
Birikmadan yuzaga kelgan qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: so‘zboshi, mingboshi
Juft so‘zlar orasida -u,-yu yuklamalari bog‘lovchi vazifasida kelsa, yuklama chiziqcha bilan yoziladi: do‘st-u dushman, yer-u osmon.
Yuzma-yuz, rang-barang (yuzma-yuz, rang-barang) tarzidagi so‘zlar ham chiziqcha bilan yoziladi.
Kirill alifbosida 3 yuklama (-mi, -oq, -gina) qo‘shib, qolgani ajratib yozilar edi. Lotin yozuvida esa 4 yuklama (-mi, -oq, -gina, ov) qo‘shib, qolgani ajratib yoziladi.
Arabcha raqamlardan keyin tartibni bildiruvchi chiziqcha qo‘yiladi: 60-yillar: 1999- yilning 1-sentabri
Qo‘shma fe’llar doimo ajratib yoziladi: sotib ol, tasdiq qil.
Yildan yilga, kundan kunga tipidagi so‘zlarda chiziqcha qo‘yilmaydi (kirill alifbosida qo‘yiladi: kundan-kunga, yildan-yilga). ko‘pdan ko‘p, yangidan yangi: (ko‘pdan ko‘p, yangidan yangi)
Birato‘la, birvarakayiga, biroq, birmuncha, buyon so‘zlari qo‘shib yoziladi
Joy nomlarida atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harfda yoziladi: shimoliy Kavkaz.
Xalqaro tashkilotlar, davlatlar, oliy tashkilotlar, mansab (oliy)lar tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan yoziladi: O‘zbekiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti.
Ba’zi atoqli otlarning faqat birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi: O‘zbekiston Milliy tiklanish partiyasi, Fanlar akademiyasi.
”She’rning har bir misrasi bosh harf bilan boshlanadi” , degan qoida lotin alifbosidagi imlo qoidalariga kiritilmagan.
Tartib raqami qavsda berilsa (1) 2) a) b)), jumla kichik harfdagi so‘z bilan boshlanadi.
Inisiallar, “Boing- 767”, “5- A sinf” kabi birikmalar bo‘g‘in ko‘chirishda bir satrda yoziladi (bo‘g‘inga ajratilmaydi).
s undoshi so‘z boshida, so‘z oxirida, old qo‘shimchadan keyin, undoshdan keyin kelsa S yoziladi: sirk, shpris, antisiklon, kvars, konsert; s undoshi unlidan keyin kelsa ts yoziladi: militsiya, litsey.
Rus tili orqali o‘zlashgan ayrim so‘zlarning yozilishi quyidagicha: oktabr, sentabr, budjet, lustra, flaga, dirijor, schotchik, uchot, aluminiy, bo‘ks, molekular, yubilar.
ь belgisi yozilmaydi: palto, albom, yanvar; -o, -i dan oldin kelsa u yoziladi: батальон- batalyon, Ильин-ilyin.
’ belgisi o‘rnida asosan ’_(tutuq belgisi, apostrof) qo‘yiladi: ma’no, da’vo, san’at.
‘ (tutuq belgisi) unlidan keyin kelsa, shu unlini cho‘ziqroq talaffuz etishga, ta’kidlashga xizmat qiladi: ma’rifat, na’matak.
‘( tutuq belgisi ) undoshdan so‘ng kelsa, o‘zidan keyingi bo‘g‘inni ajratishga xizmat qiladi: sur’at, mas’uliyat, mas’ud, san’at.
‘( tutuq belgisi ) S va hni Sh harf birikmasidan farqlash uchun ham ishlatiladi: as’hob ,Is’hoq.
Rus tilidan va rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda ‘ belgisi yozilmaydi: razyezd, podyezd.
Ruscha щ harfi o‘rniga o‘zbek kirill alifbosida sh yoki shch harflari yozilar edi, o‘zbek lotin alifbosida sh yoziladi (faqat meshshan so‘zida ikkita sh yoziladi): obshina, yamshik.
1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. 1995 yil dekabrda bu qonun qayta ko‘rilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi.
Kirill alifbosi asosidagi o‘zbek alfavitiga o‘zbek tiliga xos bo‘lgan 4 ta harf (tovush) qo‘shilgan: o‘, q, g‘, h. Bu tovushlar lotin alifbosida ham o‘z ifodasini topgan.