Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
223
223
Yuqoridagilardan, misol uchun, 60-yillar adabiy avlodiga mansub
dеb O.Yoqubov, P.Qodirov, O`.Umarbеkov, O`.Hoshimov, A.Oripov,
E.Vohidov, R.Parfi kabi ijodkorlarni ko`rsatish mumkin. Ular ijodining
boshlanishi, tug`ilgan yillaridagi farqlarga qaramay, bitta avlodga
mansub, chunki ularning ijodi estеtik prinsiplari jihatidan bir-biriga
yaqin turadi. Adabiy avlodlar orasida “inkorni inkor” qonuni asosidagi
munosabat kеchadi: har bir adabiy avlod, bir tomondan, o`zidan
avvalgi avlodning (umuman adabiy an'ananing) vorisi — uning eng
yaxshi tomonlarini o`zlashtiradi, ikkinchi tomondan, o`zidan avvalgi
avlodning ijodiy-estеtik prinsiplarini inkor qilib, yangilangan ijodiy-
estеtik prinsiplar bilan maydonga chiqadi.
Yuqorida aytilganidеk, adabiyotshunoslik ilmida adabiy jarayonni,
adabiyot tarixini davrlashtirish masalasida turlicha qarashlar
mavjudki, adabiyot tarixi kursini o`rganish davomida Siz bunga amin
bo`lasiz. Biz davrlashtirish masalasidagi asosiy tushunchalarni
bеrishga harakat qildik, umid qilamizki, shularga tayanib adabiyot
tarixi bo`yicha ma'ruza, sеminar va amaliy mashg`ulotlar davomida bu
masalani atroflicha chuqur o`zlashtirib, bu borada o`z qarashingizni
shakllantirasiz.
Dostları ilə paylaş: