Muhammad al-Xorazimiy nomidagi Toshkent Axborat Texnologiyalar Unversiteti Urganch filiali 921-22 -guruh talabasi



Yüklə 110,77 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü110,77 Kb.
#199517
növüReferat
  1   2   3
MB mustaqil-ish



Muhammad al-Xorazimiy nomidagi Toshkent Axborat Texnologiyalar Unversiteti Urganch filiali 921-22 -guruh talabasi
Rustamov Umidbekning
Malumotlar bazasi fanidan yozgan referati.
Mavzu: Ko’p jadvalli ma’lumotlar bazasi.
Reja:
1.Jadvallarni birlashtirish
2.Ma’lumotlarni filtrlash
3.Ma’lumotlarni yig’ish
4.Ma’lumotlarni o’zgartirish
5.Ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash

Ma’lumotlarning mustaqilligi ma’lumotlarni saqlash, dasturiy ta’minot va apparat vositalarining xususiyatlariga qarab o‘zgar-maslikni anglatadi. Ma’lumotlarga kirish strategiyasini va asl ma’lumotlarning tuzilishini o‘zgartirganda, MB tarkibida minimal o‘zgarishlarni ta’minlaydi. Bunga loyihalashtirish davrida barcha o‘zgarishlarni konseptual va mantiqiy bosqichlariga minimal o‘zgartirishlar bilan “siljitish”orqali erishiladi. Ma’lumotlar xavfsizligi yaxlitlik va himoyaviylikni o‘z ichiga oladi.Ma’lumotlarning yaxlitligi -saqlanadigan ma’lumotlarning texnik nosozliklar, tizim xatolari va foydalanuvchilarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatiga qarshi chidamliligi.O‘z navbatida u:


1. noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlar yoki bir xil ma’lumot bo‘yicha ikkita bir xil yozuvlarning yo‘qligini;
2. ma’lumotlar bazasini yangilashda xatolardan himoya qilishni;
3. turli jadvallarning tegishli ma’lumotlarini o‘chirib bo‘lmasligini;
4. ko‘p foydalanuvchi rejimida va ma’lumotlar bazalarida ishlashda ma’lumotlarning buzilmasligini;
5. uskunalar ishlamay qolganda ma’lumotlar xavfsizligini (ma’lumotlarni qayta tiklash) nazarda tutadi.
Butunlik butunlikni ta’minlovchi vositalar –trigger bilan ta’minlanadi –ma’lum sharoitlarda ishlaydigan maxsus dastur-ilovalar. Ma’lumotlarni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish, ma’lumot-larga kirishni cheklashni o‘z ichiga oladi va ularga quyidagicha erishiladi:
1. parol tizimini joriy etish;
2. ma’lumotlar bazasi ma’muridan (admin) ruxsat olish (MBM);
3. ma’lumotlarga kirish uchun BA tomonidan taqiq;
4. Jadvalturlarinishakllantirish
So‘nggi uchta jarayon StructuredQuery Language –SQLda osonlik bilan amalga oshirilib, ko‘pincha SQL2 deb ham nomlanadi.Standartlashtirish MBBT avlodlarining uzluksizligini ta’minlab, bir avlod MBlarning boshqa ma’lumotlar modellari bilan o‘zaro faoliyatini soddalashtiradi. Standartlashtirish (ANSI / SPARC) ko‘p jihatdan MBBT foydalanuvchi interfeysi va SQL tili nuqtai nazaridan amalga oshiriladi. Bu SQL tili va Open Data Base Connection (ODBC) ilovasi yordamida ham turli relyatsion MBBTlarning o‘zaro ta’sirini muvaffaqiyatli hal qilishga imkon beradi. Bunday holda, ma’lumotlarga lokal va masofaviy kirish amalga oshirilishi mumkin. (mijoz / server texnologiyasi yoki tarmoq varianti).Ma’lumotlar bazasini yaratish orqali biz kerakli ma’lumotlarni mezonlarga muvofiq tartibga solishga intilamiz. Bu ishni faqat ma’lumotlar tartiblangan taqdirda amalga oshirish mumkin. Strukturalash -bu ma’lumotlar qanday taqdim etilishi bo‘yicha kelishuvlar to‘plami. Ma’lumotlarni turli yo‘llar bilan tuzish mumkin. Tuzilishiga qarab, ma’lumotlar bazasining iyerarxik, tarmoq, relyatsion, obyektga yo‘naltirilgan va gibrid modellari mavjud. Bugungi kunda eng ommalashgani -bu relyatsion bo‘lib, shuning uchun biz qolganlari haqida uncha gapirmaymiz. Ma’lumotlar bazasining ierarxik tuzilishi. Bu ma’lumotni taqdim etish uchun daraxtsimon tuzilishdir. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, quyi darajadagi har bir tugun yuqori darajadagi bitta tugun bilan aloqaga ega. Masalan, “Institut”ma’lumotlar bazasining ierarxik tuzilishining bir qismini ko‘rib chiqamiz (8.1-rasm).Strukturadan ko‘rinib turibdiki, bitta kafedrada bir nechta o‘qituvchilar faoliyat olib borishi mumkin. Ushbu bog‘lanishlar “birga ko‘p”deb nomlanadi (bir kafedra –ko‘p o‘qituvchilar). Ammo agar biz ushbu tuzilishga talabalar guruhini(8.2-rasm) qo‘shmoqchi bo‘lsak, unda biz “ko‘pga-ko‘p”munosabatlarga murojaat qilamiz: (bir o‘qituvchi ko‘plab guruhlar bilan va o‘z navbatida bitta guruh ko‘plab o‘qituvchilardan bilim o‘rganishi mumkin), ierarxik tuzilishda bunday aloqa bo‘lishi mumkin emas (chunki aloqa faqat yuqori darajadagi bitta tugun bilan bo‘lishi mumkin).
Relyatsion ma’lumotlar bazalaridagi jadvallar bir qator xususiyatlarga ega. Asosiylari quyidagilar:
·Jadvalda ikkita bir xil qator bo‘lishi mumkin emas. Matematikada bunday xususiyatga ega jadvallar munosabatlar deb atalib -ingliz tilida RELATION, shuning uchun ham u relyatsion deb nom olgan.
·Ustunlar ma’lum bir tartibda joylashtirilgan bo‘lib, ular jadval tuzilganda hosil bo‘ladi. Jadvalda qator bo‘lmasa ham, lekin kamida bitta ustun bo‘lishi kerak.
·Har bir ustunning o‘ziga xos nomi bor (jadval chegarasida) va bir ustundagi barcha qiymatlar bir xil turga mansub (raqam, matn, sana ...).
·Har bir ustun va qator kesishgan joyda faqat atomarqiymati bo‘lishi mumkin (qiymatlar guruhidan iborat bo‘lmagan bitta qiymat). Ushbu shartni qondiradigan jadvallar normallashtirilgandeb nomlanadi.Barchasi namunada namoyon bo‘ladi. Aytaylik, forum uchun ma’lumotlar bazasini yaratmoqchimiz. Forumda mavzularni yaratadigan va ushbu mavzularda xabarlarni joylashtiradigan foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu ma’lumotlar MBda saqlanishi kerak.Nazariy jihatdan (qog‘ozda) biz bularning barchasini bitta jadvalda joylashtirishimiz mumkin, masalan:
Bizning “foydalanuvchilar”jadvali barcha shartlarga javob beradi. Mavzular va xabarlar esa yo‘q. Axir jadvalda ikkita bir xil satr bo‘lishi mumkin emas.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari va xususiyatlari
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) — ma’lumotlar bazalarini yaratish, ularni saqlash va kerakli ma’lumotlarni qidirishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotdir. Aniqrog‘i, MBBT funksiyalarining soniga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
1. Tashqi xotira ma’lumotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish. Ushbu funksiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlarni saqlash uchun ham, xizmat ko‘rsatish uchun ham ishlatiladi. Masalan, ba’zi hollarda ma’lumotlarga kirish vaqtini qisqartirish zarur bo‘lgan paytlarda (odatda shu maqsadlarda indekslardan) foydalaniladi. MBBT amallarining ba’zilarida mavjud fayl tizimlarining imkoniyatlaridan faol foydalaniladi. Boshqalarida esa tashqi xotira qurilmalari darajasiga qadar ish olib boriladi. Shuni ta’kidlash kerakki, rivojlangan MBBT foydalanuvchilari fayl tizimidan foydalanganligi yoki foydalanmaganligini bilishlari shart emas. Xususan, MBBT o‘z obyektlarini nomlash tizimiga ega.
2. Operativ xotiraning buferini boshqarish. MBBT odatda katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi bilanishlaydi; hech bo‘lmaganda bu
o‘lcham odatda mavjud bo‘lgan operativ xotira hajmidan sezilarli darajada katta bo‘ladi. Biron bir ma’lumot elementiga kirishda tashqi xotiradan foydalanilsa, u holda butun tizim tashqi xotira qurilmasi tezligida ishlaydi. Ushbu tezlikni oshirishning deyarli yagona usuli bu —operativ xotiradagi ma’lumotlarni buferlashdir. Bundan tashqari, agar operatsion tizim butun tizimda buferlashni amalga oshirsa ham (UNIX operatsion tizimi), juda ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lgan ma’lumotlar bazasi uchun bu yetarli bo‘lmaydi.Shuning uchun rivojlangan MBBTlar buferlarni o‘z nizomiga ega buferlar bilan almashtirish imkoniyatiga ega.
3. Tranzaksiyalarni boshqarish.Tranzaksiya —bu MBBT tomonidan ko‘rib chiqiladigan ma’lumotlar bazasi bo‘yichaoperatsiyalarning ketma-ketligidir. Yoki tranzaksiya muvaffaqiyatli amalga oshiriladi va MBBT ma’lumotlar bazasida ushbu operatsiyani tashqi xotirada o‘zgartiradi yoki bu o‘zgarishlarning hech biri ma’lumotlar bazasining holatiga hech qanday ta’sir qilmaydi. Tranzaksiya tushunchasi ma’lumotlar bazasining mantiqiy yaxlitligini saqlash uchun zarurdir. Masalan, kadrlar bo‘limining axborot tizimida, yangi ishchi yollanganda, xodimlar faylida ham, hamda ushbu xodim qabul qilingan bo‘limning faylida ham yangi ma’lumotlar talab qilinadi. Bunday holda, yangi xodimni ishga qabul qilish operatsiyasini bajarishda ma’lumotlar bazasi yaxlitligini buzmaslikning yagona usuli bu XODIMLAR va BO‘LIMLAR fayllaridagi elementar operatsiyalarni bitta operatsiyaga birlashtirishdir.
4. Qaydlash. Tashqi xotirada ma’lumotlarni ishonchli saqlash MBBT uchun asosiy talablardan biridir. Ishonchlilik deganda, har qanday apparat yoki dasturiy ta’minot ishlamay qolgandan so‘ng, MBBT ma’lumotlar bazasida so‘nggi o‘zgartirishlarni tiklay olishi tushuniladi. Apparat buzilishi mumkin bo‘lgan ikki holat odatda ko‘rib chiqiladi:
1) Yumshoq nosozliklar–bu kompyuterning to‘satdan o‘chishi (masalan, favqulodda chiroqnong o‘chib qolishi).
2) Qattiq nosozliklar–bu tashqi xotira vositalarida ma’lumotni yo‘qotish.
Dasturiy ta’minotning ishdan chiqishiga: MBBT yoki foydalanuvchi dasturining avariyaviy tugatilishi natijasida ba’zi bir tranzaksiyalar tugallanmay qoladi.Birinchi vaziyatni yumshoq turdagi apparat buzilishining o‘ziga xos turi sifatida ko‘rish mumkin; ikkinchisi esa sodir bo‘lganda, faqat bitta tranzaksiya oqibatlarini bartaraf etish talab qilinadi. Ma’lumotlar bazasini tiklash uchun har qanday holatda qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz kerakligi aniq. Boshqacha qilib aytganda, ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni saqlashning ishonchliligi ortiqcha ma’lumot saqlash talab qiladi va qayta tiklash uchun ishlatiladigan ma’lumotlarning ushbu qismi ayniqsa ishonchli saqlanishi lozim. Bunday ortiqcha ma’lumotni saqlashning eng keng tarqalgan usuli bu ma’lumotlar bazasini qaydlar jurnalini yuritishdir.Jurnal -bu ma’lumotlar bazasining maxsus qismi bo‘lib, foydalanuvchilar kirishiga imkon bo‘lmagan va juda ehtiyotkorlik bilan saqlanadigan ma’lumotlar bazasining asosiy qismidagi barcha o‘zgarishlarning yozuvlarini o‘z ichiga oladi. Turli xil ma’lumotlar MBBT bazasining o‘zgarishiga qarab har xil darajada qayd qilinadi: ba’zida jurnal yozuvlari ma’lumotlar bazasini o‘zgartirishning ba’zi mantiqiy operatsiyalariga mos keladi (masalan, ma’lumotlar bazasining relyatsion jadvalidan qatorni o‘chirish operatsiyalari), ba’zan -tashqi xotira sahifasini o‘zgartirishning minimal ichki operatsiyasi; ba’zi tizimlar bir vaqtning o‘zida ikkala yondashuvdan foydalanadilar.Qayta tiklashning eng oddiy holati -bu tranzaksiyaning individual qaytarilishi. Bu tizim bo‘yicha ma’lumotlar bazasini o‘zgartirish jurnalini talab qilmaydi. Har bir tranzaksiya uchun ushbu operatsiyada bajarilgan ma’lumotlar bazasini o‘zgartirish operatsiyalarining lokal jurnalini yuritish va lokal jurnalning oxiridan boshlab teskari operatsiyalarni bajarish orqali uni orqaga qaytarish kifoya.
5. MB tillarini qo‘llab-quvvatlash.Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun odatda ma’lumotlar bazasi tillari deb ataladigan maxsus tillardan foydalaniladi. Dastlabki MBBTlar ixtisoslashgan bir nechta tillarni qo‘llab-quvvatlagan. Ko‘pincha, ikkita til -MB sxemasini aniqlash tili (SDL -Schema Definition Language) va ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish tilidan (DML -Data Manipulation Language) foydalanilgan.
SDL asosan ma’lumotlar bazasining mantiqiy tuzilishini aniqlashga xizmat qilgan bo‘lib, ya’ni, ma’lumotlar bazasi tuzilishi foydalanuvchilarga qanday ko‘rinishda bo‘lganligini ko‘rsatgan. DML manipulyatsiya operatorlari to‘plamini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ya’ni, ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlarni kiritish, o‘chirish, o‘zgartirish yoki mavjud ma’lumotlarni tanlashga imkon beruvchi operatorlar hisoblangan.Zamonaviy MBBTlar odatda ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha vositalarnio‘z ichiga olgan yagona integral tilda ishlab, uni yaratishdan boshlab va ma’lumotlar bazalari bilan foydalanuvchi interfeysigacha o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda eng keng tarqalgan relyatsion MBBT ning standart tili SQL (Structured Query Language) hisoblanadi. Keling, “til darajasida”qo‘llab-quvvatlanadigan relyatsion MBBT ning asosiy funksiyalarini sanab o‘tamiz, ya’ni, SQL interfeysini ishlatishda qo‘llab-quvvatlanadigan funksiyalar (agar foydalanuvchi relyatsion ma’lumotlar modeli asoslarini yaxshi bilmasa, avval u bilan tanishib chiqishi va shundan keyingina SQL tilining asoslarini ko‘rib chiqishi mumkin).Avvalo, SQL -bu SDL va DML birikmasi bo‘lib; ma’lumotlar bazasining relyatsion sxemasini aniqlashga va ma’lumotlarni manipulyatsiya qilishga imkonberadi. Bunday holda ma’lumotlar bazasi obyektlarining nomlanishi til darajasida qo‘llab-quvvatlanadi va SQL kompilyatori maxsus qo‘llab-quvvatlanadigan xizmat katalog jadvallari asosida obyektnomlarini ichki identifikatorlariga aylantiradi.MBBT (yadro)ning ichki qismi jadvallar nomlari va ularning ustunlari bilan umuman ishlamaydi.
SQL tilida ma’lumotlar bazasining yaxlitligi cheklovlarini aniqlash uchun maxsus vositalar mavjud. Shunga qaramay, yaxlitlik cheklovlari maxsus katalog jadvallarida saqlanadi va ma’lumotlar bazasining yaxlitligi til darajasida ta’minlanadi. Ma’lumotlar bazasini o‘zgartirish operatorlarini kompilyatsiya qilishda SQL kompilyatori ma’lumotlar bazasidagi yaxlitlik cheklovlari asosida tegishli dastur kodini hosil qiladi.Ma’lumotlar bazasi obyektlariga avtorizatsiya qilish SQL bayonotlarining maxsus to‘plami asosida amalga oshiriladi. G‘oya shundan iboratki, ma’lum bir SQL opretasiyasini bajarish uchun foydalanuvchi turli xil huquqlarga ega bo‘lishi kerak. Ma’lumotlar bazasi jadvalini yaratgan foydalanuvchi ushbu jadval bilan ishlash uchun to‘liq huquqlarga ega. Ushbu vakolatlarni to‘liq yoki qisman boshqa foydalanuvchilarga berish huquqini o‘z ichiga oladi. Foydalanuv-chilarning huquqlari maxsus katalog jadvallarida tavsiflangan bo‘lib; kirishni boshqarish til darajasida qo‘llab-quvvatlanadi.Har bir MBBT o‘z obyektturlarini qo‘llashi mumkin. Jadvallar – ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan barcha ma’lumotlarni saqlaydigan va ma’lumotlar bazasining tuzilishini (maydonlari, turlari va xususiyatlari) saqlaydigan har qanday ma’lumotlar bazasining asosiy obyektlaridir. Hisobotlar –ma’lumotlar chiqarish uchun ya’ni ularni ekranga emas, balki bosib chiqarish moslamasiga (printerga) chiqarish uchun mo‘ljallangan. Ularda chiqish ma’lumotlarini guruhlash va bosma hujjatlar uchun xos bo‘lgan elementlarni namoyish qilish uchun maxsus choralar (tepa va past kolontituli, sahifa raqamlari, hisobot yaratish vaqti va boshqalar) ko‘rilgan. So‘rovlar –jadvallardan ma’lumotlarni ajratib olish va foydalanuvchiga qulay shaklda taqdim etish uchun xizmat qiladi. Ular yordamida ma’lumotlarni tanlash, saralash va filtrlash amalga oshiriladi. Siz ma’lumotlarni berilgan algoritm bo‘yicha o‘zgartirishingiz, yangi jadvallar yaratishingiz, jadvallarni avtomatik ravishda boshqa manbalardan keltirilgan ma’lumotlar bilan to‘ldirishingiz, jadvallarda oddiy hisob-kitoblarni amalga oshirishingiz va boshqa ko‘p narsalarni qilishingiz mumkin. So‘rovlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular tayanch jadvallardan ma’lumotlarni yig‘aadi va ular asosida vaqtinchalik natijalar jadvalini yaratadi. Ya’ni asosiy jadvallardan tanlangan maydonlar va yozuvlar obrazi desak ham bo‘ladi. Obraz bilan ishlash qattiq diskda saqlangan jadvallarga qaraganda tezroq va samaraliroqdir. Ma’lumotlar bazasini yangilash so‘rov orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Barcha ma’lumotlar qabul qilish tartibi asosida jadvallarga kiritiladi, ya’ni, ular saralanmagan bo‘ladi. Ammo tegishli so‘rov bo‘yicha siz kerakli usulda saralangan va filtrlangan ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
Shakllar –foydalanuvchiga to‘ldirish uchun kerakli maydonlarni taqdim etadigan ma’lumotlar kiritish vositalari. Kirishni avtomatlashtirish uchunularga maxsus (hisoblagichlar, ochiladigan jadvallar, o‘zgartirgichlar, bayroqchalar va boshqalar) boshqaruv elementlarini joylashtirishingiz mumkin. Masalan, blankning ma’lum maydonlarini to‘ldirish. Shakllar yordamida ma’lumotlarni o‘zgartirishning maxsus vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Sahifalar yoki ma’lumotlarga kirish sahifalari – HTML kodda bajarilgan, veb-sahifaga joylashtirilgan va shu bilan birga mijozga uzatiladigan ma’lumotlar bazasining maxsus obyektlari. Obyektning o‘zi ma’lumotlar bazasi emas; foydalanuvchi kirish sahifasi maydonlarida ma’lumotlar bazasi yozuvlarini ko‘rish uchun ishlatishi mumkin. Shunday qilib, sahifalar -bu mijoz, server va serverda joylashgan ma’lumotlar bazasi o‘rtasidagi interfeysdir. Makroslar va modullar – boshqarish tizimi bilan ishlashda takrorlanadigan operatsiyalarni avtomatlashtirish va dasturlash orqali yangi funksiyalarni yaratish uchun mo‘ljallangan. Makroslar MBBT ichki buyruqlar ketma-ketligidan iborat va ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni avtomatlashtirish vositalaridan biridir. Modullar tashqi dasturlash tili yordamida yaratiladi. Bu ma’lumotlar bazasi yaratuvchisining nostandart funksional imkoniyatlarni yaratishi, mijozning o‘ziga xos talablariga javob berishi, boshqaruv tizimining tezligi va uning xavfsizlik darajasini oshirishi mumkin bo‘lgan vositalardan biridir. MBBTni tanlashning ko‘plab usullari mavjud. Ulardan eng soddasi, mavjud tizimlarning yaratilayotgan axborot tizimi loyihasining asosiy talablariga qanday javob berishini baholashga asoslangan. Murakkab va qimmat variant -bir nechta tizim asosida test loyihasini yaratish va undan keyin eng munosibini saralashdir. Ammo bu holatda ham, ba’zi tanlov mezonlariga tayanib, mumkin bo‘lgan tizimlar doirasini cheklash kerak.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga qo‘yiladigan asosiy talablar yoki boshqacha qilib aytganda, ma’lum bir tizimni tahlil qilishda foydalanadigan tanlov mezonlari uning oldiga qo‘yilgan maqsadlarga qarab farq qilishi mumkin. Ularni bir necha guruhlarga ajratish mumkin:
1.Ma’lumotlarni modellashtirish
2.Arxitektura xususiyatlari va funksional imkoniyatlari
3.Tizim ishini nazorat qilish
4.Ilova ishlab chiqish xususiyatlari
6.Ish quvvati
7.Ishonchlilik
8.Ish muhiti uchun talablar
9.Aralash mezonlar
SQL (Structure Query Language) - strukturalashgan so'rov tili bo'lib, relyatsion ma'lumotlar bazasida ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun mo'ljallangan dasturlash tili hisoblanadi. Relyatsion ma'lumotlar bazasi ma'lumotlarni jadval ko'rinishida saqlaydi, jadvalning ustun va qatorlari ma'lumotlarning turlarini va qiymatlari orasidagi aloqalarni ifodalaydi. SQL ifodalari orqali siz ma'lumotlarni saqlashingiz, qayta ishlashingiz, o'chirishingiz, qidirishingiz va filtrlab olishingiz mumkin. Shuningdek SQL ma'lumotlar bazasini tez va sifatli ishlashini ta'minlay oladi.
Ma'lumotlar bazasi elementlari
Ma’lumotlar bazasi bir yoki bir nechta jadvallardan iborat bo’ladi. Jadval – bu ma’lumotni qator va ustunlar yordamida saqlaydigan bog’langan ma’lumotlar to’plami. Qator – bu jadvaldagi har bir ma’lumot. Ustun – bu jadvaldagi qatorlar haqida ma’lumot beruvchi xususiyat. Har bir jadval takrorlanmas nomga ega va biror haqiqiy obyektni anglatadi.
Ko'p jadvalli ma'lumotlar bazalari ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida asosiy tushunchadir. Ular katta hajmdagi ma'lumotlarni tizimli tarzda tashkil qilish va saqlash imkonini beradi.
Ko'p jadvalli ma'lumotlar bazasida ma'lumotlar umumiy maydonlar yoki kalitlar orqali bir-biri bilan bog'liq bo'lgan bir nechta jadvallarda saqlanadi. Ushbu relyatsion tuzilma ma'lumotlarni samarali qidirish va manipulyatsiya qilish imkonini beradi. Har bir jadval ma'lum bir ob'ekt yoki tushunchani ifodalaydi va jadvallar o'rtasidagi munosabatlar ushbu umumiy maydonlar orqali aniqlanadi.
Ko'p jadvalli ma'lumotlar bazalaridan foydalanishning asosiy afzalligi ma'lumotlarni normallashtirishdir, bu ma'lumotlarning ortiqchaligini yo'q qiladi va ma'lumotlar yaxlitligini yaxshilaydi. Maʼlumotlarni bir nechta jadvallarga boʻlish orqali biz maʼlumotlarning takrorlanishining oldini olamiz va har bir maʼlumot faqat bir marta saqlanishini taʼminlay olamiz.
Ko'p jadvalli ma'lumotlar bazalari bilan ishlash uchun biz relyatsion ma'lumotlar bazalarini boshqarish uchun maxsus mo'ljallangan SQL (Structured Query Language) dasturlash tilidan foydalanamiz. SQL jadvallar yaratish, maʼlumotlarni kiritish, yangilash va oʻchirish, shuningdek, muayyan maʼlumotlarni olish uchun bir nechta jadvallarni soʻrash va birlashtirish kabi operatsiyalarni bajarish uchun keng koʻlamli buyruqlar va funksiyalarni taqdim etadi.
Ko'p jadvalli ma'lumotlar bazalarida bajariladigan ba'zi umumiy operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
1. Jadvallarni birlashtirish: Bu operatsiya turli ob'ektlar bo'ylab tarqalgan ma'lumotlarni olish uchun umumiy maydonga asoslangan bir nechta jadval ma'lumotlarini birlashtiradi.
2. Ma'lumotlarni filtrlash: SQL so'rov natijalari uchun shartlarni qo'llash imkonini beradi, bu bizga ma'lum mezonlarga asoslangan ma'lumotlarni filtrlash imkonini beradi.
3. Ma'lumotlarni yig'ish: SQL ma'lumotlar bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun funktsiyalarni taqdim etadi, masalan, yig'indilarni, o'rtachalarni, hisoblashlarni va boshqa jami qiymatlarni hisoblash.
4. Ma'lumotlarni o'zgartirish: SQL bizga ma'lumotlar bazasiga yozuvlarni yangilash, qo'shish va o'chirish imkonini beradi, bu bizga jadvallarda saqlangan ma'lumotlarni o'zgartirish imkonini beradi.
5. Ma'lumotlar yaxlitligini ta'minlash: Ko'p jadvalli ma'lumotlar bazalari ma'lumotlar yaxlitligini saqlash va ma'lumotlar munosabatlarini kuchaytirish uchun asosiy kalitlar, tashqi kalitlar va noyob cheklovlar kabi cheklovlardan foydalanishni qo'llab-quvvatlaydi.

Yüklə 110,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin