Takrorlanuvchi algoritmlar. Agar biror masalani yechish uchun tuzilgan zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligining ma’lum bir qismi biror parametrga bog‘liq ko‘p marta qayta bajarilsa, bunday algoritm takrorlanuvchi algoritm yoki siklik algoritmlar deyiladi. Takrorlanuvchi algoritmlarga tipik misol sifatida odatda qatorlarning yig‘indisi yoki ko‘patmasini hisoblash jarayonlarini qarash mumkin.
Bosh.
N
S=0;
i = 1,. N
S=S+i;
S
Tamom
Ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar . Ba’zan, takrorlanuvchi algoritmlar bir nechta parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda bunday algoritmlarni ichma-ich joylashgan algortmlar deb ataladi.
Ichma-ich joylashgan takrorlanuvchi jarayonlar asosan ikki va undan yuqori bo’lgan o’lchovli massivlarda kuzatiladi. Misol tariqasi soddaroqi ikki o’lchovli massivni ko’rib chiqamiz.