Javob: Chang. Chorvachilikda faoliyatini amalga oshiradigan lshchixodimlar doimiy ravishda turli xususiyatga ega bo‘lgan zaharli bo‘lmagan mineral yoki organik changlar muhitida bo‘lib, tomoq, ko‘z, nafas olish yo‘li va o‘pkamng kasallanishiga chalinishlari mumkin Ushbu holatlami oldini olish maqsadida ish joylarida xavfli va zararli bo‘lgan omillar miqdori meyor talablari “ГОСТ 12.1.005-88 Система стандартов безопасности труда (ССБТ). Общие санитарно-гигиенические требования к воздуху рабочей зоны (с Изменением N 1)” da keltinlgan (5.1 -jadval). Is joyidagi havo tarkibidagi changlar o‘zinmg fizik, kimyoviy va biologik xossalariga qarab, kishilar organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, turli kasalliklami kelib chiqishi, ishlash qobiliyatining pasayishi va kasb kassaliklarini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Boshqa turdagi xavfli va zararli omillaming ish joyidagi ruxsat etilgan miqdori SanQvaM 0294-11 ga keltinlgan. Shu bilan birga, kishilarning ish joylarida o‘z faoliyatini samarali amalga oshinshlari uchun, havo tarkibidagi kislorodning miqdon muhim omillardan biri hisoblanadi. Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumonlarga asosan, tabiiy havo tarkibida kislorodning miqdori 17% gacha kamaysa kishilarni nafas olishi qiyinlashib, tomir unshi tezlashadi, 11-13% ga tushganda gipoksiya holati va 7-8% gacha kamayganda o iim darajasiga olib keladi. Tabiiy holda havoning tarkibiy qismi 5.2- jadvalda o‘z aksmi topgan. Shovqin. Turli chastota (Gs) va kuchga (dB) ega bo‘lgan tovushlar jamlanmasi shovqin deb yuritiladi. Shovqin darajasi dBdetsibel va tig‘izligi (chastotasi)-Gerslarda o‘lchanadi. Barcha turdagi mashina va mexanizmlar ishlayotgan joylarda, detallarni o‘zaro ta’siri natijasida shovqin yuzaga keladi. Ish joylarida yuzaga keladigan shovqinlar darajasi, tig‘izligi va davomiyligiga qarab, 91 kishilami sog‘lig‘iga turlicha ta’sir ko‘rsatib, turli kasallanishlar va jarohatlanishlami kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.