Muhammad al-xorazmiy nomidagi tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti mavzu: Korxonalarda "spam" xabarni filtirlash multiagantli tizimni ishlab chiqish
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TОSHKЕNT AХBОRОT TЕХNОLОGIYALARI UNIVЕRSITЕTI Mavzu:web-saytlarda Mijoz ma’lumotlarini himoyalash usul va algoritmlari
Tekshirdi: Imamaliyev Aybek
Bajardi: Safarov Boburjon
REJA:
REJA:
1. Web texnalogiyalar va ularning imkoniyatlari tahlili.
2. Web saytlarni maqsadi.
3. Mijoz va Web sayt o’rtasidagi axborot almashinuvi.
XXI asr axborot asri deb atalishi bejiz emas, insonlar hozirgi vaqtda internet tarmog’i ya’ni (World Wide Web) o’rgimchaksimon hisoblash tarmog’i orqali planetamizning istalgan nuqtadagi insonlar bilan a’loqa o’rnatish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Ushbu tarmoqning yaratilishi ham avvalo inson omili hisoblanadi. Dunyoda Internet tarmog’ining vujutga kelishi juda sodda texnalogik jarayonga taqaladi, ya’ni ikki kompyuter qurulmasini bir biriga ulab ular o’rtasida ma’lumot almashinish jarayoni amalga oshirilgandan so’ng ushbu tarmoq texnalogiyasi juda ommalashib ketti. Dunyo miqyosidagi hisoblash tarmog‘ining ilk modeli xuddi shu tarzda vujudga keldi va shiddat bilan rivojlanib ketdi.
Kompyuter, mobil qurulmalarning Internet tarmog’iga ulanishi
Internet tarmog’idan hozirgi kunda barcha davlatlar hududida foydalanish imkoniyti mavjudligi bu insonlar o’rtasidagi muloqotni masofadan turib amalga oshirish imkonini yaratdi, bu bilan xilma-xil mamlakatlardagi turfa xil insonlarga ular orasidagi siyosiy, madaniy, irqiy, diniy va jug’rofiy farqlarga qaramay, erkin aloqa qilish imkonini beradi. Bu esa dunyodagi mavjud chegaralarni kesib o’tmasdan ham bemalol a’loqa qilish imkonini tug’dirdi. Internet tarmog’i jamiyat va shaxslarning axborot olish erkinligini taminlab berdi va erkin fikirlashga keng imkoniyat yaratib berdi. Hozirda esa biz shaxs erkinligiga katta imkoniyatlar yarati-ladigan tub ma’nodagi ozod informatsion jamiyat tashkil bo’lishi hamda rivojlanishi bosqichidamiz deyish mumkin.
Kompyuter qurulmalarning Internet tarmog’iga ulanishi
Internet [lot. Inter – aro va net (work) - tarmoq] – katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini o’zaro bog’lovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik o’rni, zamon va makondan qat’i nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar o’zaro hamkorlikda global informatsiya infratuzulmasini tashkil etadi. Internet TCP/IP pratakoli orqali ma’lumot uzatuvchi tarmoqdir.
Internetning [WWW] xizmati hozirda kundan-kunga rivojlanayotgan hamda mu-kammal axborotlar to’plamiga aylanib bormoqda. Uning yordamida foydalanuvchilar istalgan sohada, turli mavzuda va istalgan vaqtda ma’lumotlarni qidirib topish, ulardan foydalanish, ularni yuklab olish mumkin. Jumladan internetning ushbu xizmat turidan foydalanish foydalanuvchilar kompyuterida shu imkoniyatni yaratuvchi maxsus dastur ta’minoti brauzer (Browser) bo’lishi kerak. Bularga quyidagilar misol bo’la oladi.