Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti dasturi injinering fakulteti 3-kurs talabasi xolmatov asilbekning hayot hasizligi faoliyati fanidan 1-amaliy topshirig’i topshirdi: Xolmatov Asilbek Qabul qildi: Saidova Gulchehra



Yüklə 68,25 Kb.
səhifə1/6
tarix28.02.2023
ölçüsü68,25 Kb.
#85994
  1   2   3   4   5   6
HXF 1-amaliyot




MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI DASTURI INJINERING FAKULTETI 3-KURS TALABASI XOLMATOV ASILBEKNING HAYOT HASIZLIGI FAOLIYATI FANIDAN 1-AMALIY TOPSHIRIG’I
Topshirdi:Xolmatov Asilbek
Qabul qildi: Saidova Gulchehra
Variant: 17
Mavzu: 45.Ishlab chiqarish binolarini yoritish. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini yoritish.
1-savolga javob
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini yoritish. Yoritilganlik haqida umumiy ma’lumotlar. Yoritilganlik insonning tashqi muhit bilan boglanishini aniqlovchi va inson miyasiga keluvchi tashqi dunyo to‘g‘risidagi ma’lumotlarning sifatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. To‘g‘ri va me’riy miqdordagi yoritilganlik ish qurollari va jihozlarning rangini, o‘lchamlarini tezda aniqlashga imkon beradi va ishchining mehnat qobiliyatini uzoq muddatgacha saqlanib qolishiga, mehnat unumdorligining oshishiga, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatli bo‘lishiga sharoit yaratib, mehnat xavfsizligini oshiradi.
Ish xonalari va joylarini yoritishga asosan quyidagi talablar belgilangan:
– ish ob’ektlarini tez va engil farqlash imkoniyatini berishi zarur;
– yoritilganlik bir tekis bo‘lishi, hech qanday keskin soya bermasligi lozim;
– ob’ekt va u joylashgan joy rangi (fon) orasida ma’lum darajada farq (“kontrast”) bo‘lishi kerak;
– yorug‘lik manbai ko‘riladigan ob’ektda hech qanday yorug‘lik qaytishini (yaltirashlar)hosil qilmasligi kerak;
– yorug‘lik manbai ishchi ko‘zini qamashtirmasligi lozim;
– ishchi yuzalarning yoriliganlik darajasi vaqt oralig‘ida o‘zgarmasligi zarur.
Yoritilganlikka qo‘yilgan ushbu talablar nafaqat tadqiqotlarda, balki amaliyotda ham o‘z isbotini topgan. Me’yoriy yoritilganlik faqat yorug‘lik oqimiga bog‘liq bo‘lmasdan, yorug‘likni xona shipi va devoridan qaytishiga, fon bilan buyum orasidagi kontrast (ranglar farqi)ga ham bog‘liq holda belgilanadi. Masalan, qora ipni qora fonda ko‘rish uchun oq rangda joylashgan fonga nisbatan kamida ming marta katta yoritilganlik talab etiladi.

Yüklə 68,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin