Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali



Yüklə 244,79 Kb.
səhifə1/5
tarix25.12.2022
ölçüsü244,79 Kb.
#77876
  1   2   3   4   5
Tarmoq topologiyalari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
URGANCH FILIALI

Davlatmuratov Valijon 913-20 -guruh talabasi


O'rnatilgan tizimlar bo'yicha mustaqil o'rganish
Mavzu: Tarmoq turlari, Tarmoq topologiyasi
Qabul qildi: ___________________
Reja:
I.Kirish. Tarmoq turlari.
II.Asosiy Qisim.

  1. Tarmoq topologiyalari

  2. «Shina» topologiyasi

  3. «Yulduz» topologiyasi

  4. «Halqa» topologiyasi

  5. Topologiya tushunchasining ko'p ma'noliligi

III.Xulosa

  1. Tarmoq topologiyalari


Kompyuter tarmog'ining topologiyasi (joylashtirilishi, tuzilishi, tarkibi) deganda, odatda, biz birbiriga nisbatan kompyuterlar tarmoqda joylashganligi va aloqa yo'llarini ulash usullarini tushunamiz. Muhimi shundaki, topologiya tushunchasi, avvalam- bor, mahalliy tarmoqlargagina tegishlidir, chunki bu tarmoqlarda aloqaning tuzilishini osongina kuzatish imkoni mavjud. Global tarmoqlarda esa, aloqaning tuzilishi foydalanuvchidan berkitilgan va bilish juda ham muhim emas, chunki har bir ulanish o'zining alohida yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Tarmoq topologiyasi qurilmalariga qo'yiladigan talablarni, ishlatiladigan kabel turini, axborot almashishning bo'lishi mumkin bo'lgan va eng qulay boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni kengaytirish imkoniyatini belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash imkoniyati bo'lmasa-da, asosiy topologiyalarning xususiyatlarini, afzallik va kamchiliklarini, balki hamma bilishi kerakdir.
Tarmoqning uch xil topologiyasi mavjuddir:

  • «Shina» (bus), hamma kompyuterlar bitta aloqa yo'liga parallel ulangan va axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o'zida qolgan kompyuterlarga uzatiladi (1.1-rasm);



    1. 1-rasm. «Shina» tarmoq topologiyasi.


  • «Yulduz» (звезда, star) bitta markaziy kompyuterga qolgan hamma tashqi kompyuterlar ulanadi, har bir kompyuter alohida o'z aloqa yo'llaridan foydalanadi (1.2-rasm);



    1. 2-rasm. «Yulduz» tarmoq topologiyasi. 9


  • «Halqa» (кольцо, zing), har bir kompyuter har doim axborotni faqat bitta zanjirda joylashgan keyingi kompyuterga uzatadi, axborotni esa, zanjirda bitta oldinda joylashgan kompyu- terdan oladi va bu zanjir yopiq, ya'ni halqasimondir (1.3-rasm).



    1. 3-rasm. «Halqa» tarmoq topologiyasi.

Amalda ba'zi hollarda asosiy topologiyalarning kombinatsiyasi ham ishlatilishi mumkin, lekin ko'pchilik tarmoqlar sanab o'tilgan uch turdagi topologiyadan foydalanadi. Endi sanab o'tilgan tarmoq turlarining xususiyatlarini qisqacha ko'rib chiqamiz.

  1. Yüklə 244,79 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin