Termiziy majmuasi.
Abu Iso Termiziy majmuasi— Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi me'moriy yodgorlik (11-12 asrlar). Abu Iso Muhammad Termiziy qabri ustiga qurilgan. Hozirgi kunda yodgorlik bir-biridan ravoqlar orqali o‘tuvchi 4 xona (bo‘lma) dan iborat yaxlit bino ko‘rinishida, xonalar tarhi 4,3x4,5 m. Shimoli-sharqiy tarzi ayvon qurilishi munosabati bilan keyinchalik to‘silgan. 3 xonali bo‘lma murabba tarhli, ulardan janubdagisi go‘rxona. Unda marmar sag‘ana bor. Sag‘ana 3 pog‘onali, muqarnas naqsh va yozuvlar bilan pardozlangan. Go‘rxonadan tor uzun yo‘lka orqali xonaqohga o‘tiladi. Xonaqoh poli go‘rxonaga nisbatan pastroq bo‘lib, ular oralig‘i keng ravoq bilan ajratilgan. Xonaqoh gumbaz tomli, mehrobli. Yonidagi 2 xonadan shimoli-sharqiy tarziga chiqiladi. Xonaqoh oldidagi 3 ayvon gumbazli, qalqonsimon bag‘alli, devorlariga 4 ravoq ishlangan, pishiq g‘ishtdan hoshiyalar terilgan. Termiziy maqbarasi ganjkori bezaklar bilan pardozlanib, tashqi devorlariga 6 g‘ishtin ravoqli namoyonlar ishlangan.
Tobadonlariga oq ganjdan panjaralar o‘rnatilgan. Ravokdari g‘isht qalinligida hoshiyalangan. Termiziy maqbarasi bosh tarzini kichik ko‘shksimon gumbazli qurilma egallagan. Yodgorlik haqida ilk bor D.N.Logofet yo‘l ocherklarida tilga olgan. 1945 yil V.L.Voronina me'moriy o‘lchamlarini bajargan. Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Termiziy maqbarasida ta'mirlash ishlari olib borildi. Sagg‘anasi va ganjkori panjaralari qayta o‘rnatildi.
2.Mustaqillik yillarida Abu Iso Termiziy ziyoratgohiga mamlakatimiz tomonidan qaratilgan etibor.
Abu Iso at-Termiziyning “Ash-shamoil an-nabaviya” asarida birinchi qismida keltirilgan hadisi shariflar paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamning suvrat (tashqi qiyofa)lariga, ikkinchi qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyolariyu axloqiy fazilatlarini bayon qilishga bagʻishlangan.“Ash-shamoil an-nabaviya”ning XVI asrga oid bir qoʻlyozmasi Toshkentda, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda. 1980 yilda Toshkentdagi Diniy boshqarma buyurtmasi bilan “Ash-shamoil an-nabaviya”ning ushbu qoʻlyozmasi ofset uslubida nashr etilgan boʻlib, unga qisqacha soʻzboshi Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari Diniy boshqarmasi hayʼatining sobiq raisi, marhum muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlari tomonidan yozilgan.“Ash-shamoil an-nabaviya” soʻnggi yillarda ham Toshkentda bir necha bor nashr etildi. Bundan tashqari allomaning 1200 yillik yubileyi (1990) munosabati bilan gazeta va jurnallarda u haqida koʻplab maqolalar chop etildi.
Abu Iso at-Termiziyningning muhim asarlaridan yana biri «ashShamoil annabaviya» Muhammad (as)ning shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni oʻz ichiga qamragan manbadir. Bu kitob azaddan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini oʻziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Uning tili ravon, uslubi gʻoyatda oddiy. Asar fors va turk tillariga tarjima qilingan. «AshShamoil annabaviya»ning 1-qismida keltirilgan hadisi shariflar paygʻambarning suvrat (tashqi qiyofasi) iga, 2qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyosiyu, axloqiy fazilatlarini bayon qilishga bagʻishlangan. Kitobning 16-a.ga oid bir qoʻlyozmasi Toshkentda, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. «AshShamoil annabaviya» oʻzbek tiliga oʻgirilib soʻnggi yillarda Toshkentda bir necha bor nashr etildi. 1990 y. Abu Iso at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida T.ning yodgorlik majmuasi qaytadan taʼmirlanib, qutlugʻ ziyoratgohga aylantirildi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, buyuk vatandoshimiz Abu Iso Muhammad at-Termiziy bizga boy va katta ilmiy meros qoldirgan. Afsuski, hozircha bu qimmatbaho meros jumhuriyatimizda yetarlicha oʻrganilgani yoʻq. Keng jamoachilik ommasi ham uning hayoti va ijodi haqida gʻoyatda oz maʼlumotga ega. Buyuk bobokalonimizning shaxsiy hayoti va uning boy ma’naviy merosini chuqur va har tomonlama o‘rganish ham ilmiy, ham amaliy jihatdan katta ahamiyatga egadir.
2015-05-29
Dostları ilə paylaş: |