Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Impulsli-modulyatsiyalangan signallarni detektorlash



Yüklə 436,19 Kb.
səhifə64/82
tarix20.11.2023
ölçüsü436,19 Kb.
#164196
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82
Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-hozir.org

13.7. Impulsli-modulyatsiyalangan signallarni detektorlash
Impulsli-modulyatsiyalangan signallarning o‘ziga xos xususiyati ularning spektrida modulyatsiyalovchi signalning past chastotali tashuvchisini borligi hisoblanadi. Shuning uchun bunday signallarni detektorlash uchun nochiziqli element ishlatilmaydi. Detektorlash filtr orqali amalga oshiriladi, uning yordamida modulyatsiyalovchi signalning past chastotali tashuvchisi aratib olinadi. Buning uchun filtrning chegraviy chastotalari modulyatsiyalovchi signal spektrining eng kichik Fmin va eng katta Fmax chastotalariga teng bo‘lishi kerak. Birlamchi (past chastotali) signallarni detektorlash PChFda amalga oshiriladi.
A) AIM signallarni detektorlash. Agar AIM signal impulslarining sig‘imi q>>1 katta bo‘lsa, u holda detektorlash pik detektor orqali amalga oshiriladi.


Pik detektor deb chiqish kuchlanishi impulslar amplitudasiga proporsional o‘zgaradigan va impulslarning T kelishi davri intervalida deyarli o‘zgarmas saqlanadigan amplitudaviy detektorga aytiladi. FIM signallar spektrida modulyatsiya chastotasi tashkil etuvchilarining sathi sezilarsiz, shuningdek u modulyatsiyalash chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun FIM signallarni PChFda to‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlash mumkin emas. Bu signallar dastlab KIM yoki ChIM signallarga o‘zgartiriladi, keyin PChFda detektorlanadi. Lekin FIM signalni o‘zgartirish uchun u bilan birga sinxronlashtirish takt signallarini uzatish zarur, bu esa detektorning sxemasini murakkablashtiradi.
Qabul qilgichda halaqitbardoshlikni oshirish uchun qabul qilingan impulsli modulyatsiyalangan signallar regeneratsiya qilinadi.


Regeneratsiya qilish impulslar shaklini qayta tiklash jarayoni hisoblanadi. 13.29- rasmda impulsli modulyatsiyalangan signalni regeneratsiya qilinishini tushuntiradigan vaqt diagrammalari keltirilgan. 13.29a- rasmda uzatiladigan Sim.uz(t) impulsli modulyatsiyalangan signal tasvirlangan. 13.29b- rasmda qabul qilingan Zqab(t) signal tasvirlangan. Bu signalning shakli aloqa kanalida fluktuatsion va impulsli halaqitli signallarning ta’siri tufayli buzilgan. Regeneratsiya qilish impulslar maksimum qiymatining yarmiga yaqin sathda maksimum va minimum bo‘yicha impulslarning amplitudalari cheklash yo‘li bilan amalga oshiriladi (13.29v- rasm). Regeneratsiya qilishda impulsli halaqitlarning katta amplitudasi keltirib chiqaradigan qabul qilingan signalning buzilishi bo‘lishi mumkin, lekin halaqitlarning katta qismi so‘ndiriladi. Binobarin, regeneratsiya qilishda impulslarning amplitudalari cheklash amalga oshiriladi, u holda AIM signallarni regeneratsiya qilish mumkin emas, chunki bu signallarning amplitudasi axborot parametri hisoblnadi.
13.29- rasm. Impulsli modulyatsiyalangan signalni regeneratsiya qilish



Yüklə 436,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin