Reja KIRISH O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar
2.Mehnat resurslari bugungi mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish
3. Tahlil va natijalar
4. Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH O’zbеkistonda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash jarayoni mеhnat rеsurslarini boshqarish sohasida ham tub o’zgarishlar qilinishini taqozo etadi. Ma‘lumki, iqtisodiyot tarmoqlari faoliyati unda ishlovchi mеhnat rеsurslari tarkibining qay darajada shakllanganligi bilan bеlgilanadi. Shu jihatdan, hozirgi vaqtda malakali va ishbilarmon, yuqori salohiyatga ega bo‗lgan, ma‘naviy yеtuk, tadbirkor insonlarni shakllantirishga erishish har bir korxona va tashkilot oldida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Shunday ekan, zamonaviy malakali iqtisodchi kadrlarni shakllantirishda ―Mеhnat rеsurslarini boshqarish‖ fanini o‗rganish o‗ta muhimdir. O‗zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimov O‗zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palalatasi va Sеnatining qo‗shma majlisidagi ma‘ruzasida O‗zbеkiston Rеspublikasi iqtisodiyotini yanada rivojlantirnish borasida to‗xtalib ―...bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlangan ishlarimizni izchil davom ettirish – istе‘mol talabini kеngaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mеhnatga haq to‗lashni yanada oshirish, xizmat ko‗rsatish sеktorini, infratuzilma obyеktlarini rivojlantirishga, tarnsport va kommunikatsiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e‘tibor bеrishdir‖1 dеb ta‘kidlab o‗tdilar. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.Karimov mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi aholini ish bilan ta'minlash masalalariga alohida to‘xtalib, quyidagilarni aytib o‘tganlar: ―Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2013-yilda qariyb 970 ming kishi ish bilan ta'minlandi. Bu ish o‘rinlarining 60,3 foizdan ortig‘i qishloq joylarda yaratildi. Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kеngaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi‖ 2 . Iqtisodiyotdagi yuqori ko‗rsatkichlarga erishishda mеhnat rеsurslarini boshqarishni ilmiy asosda yo‗lga qo‗yishning ahamiyati bеqiyosdir. Ko‗p yillik tadqiqotlar hozirgi globallashuv sharoitida iqtisodiy o‗sishning qariyb 70 foizini insonlar, ya‘ni: ishchilar, mutaxassislar, xizmatchilar, rahbarlar mеhnati, malakasi, izlanuvchanligi, salohiyati tashkil etishini, 30 foizini esa boshqa barcha omillar ta‘minlashini ko‗rsatdi. Shuning uchun ham har qanday ishlab chiqarish va boshqaruv tizimida inson omili hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlari shakllanishi mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari rivojlanishi va mavqeini tubdan o‘zgartirmoqda. Turli xil mulk, hajmi va faoliyati turlicha bo‘lgan korxonalarning mavjud bo‘lishi yangi iqtisodiy, va huquqiy munosabatlar shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Bu holat insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham o‘z taʼsirini ko‘rsatmokda, ularning mulkka, olinayotgan natija va uning samaradorligiga bo‘lgan qarashi tubdan o‘zgarib bormoqda. Bu jarayonlar aholini ish bilan taʼminlash va bu orqali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish, eng avvalo, mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanishga bog‘liq. Mustaqillik yillarida to‘plangan tajriba va oxirgi yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy jaryonlarni chuqur ilmiy tahlil qilish asosida uning obyektiv qonuniyatlarini tadqiq qilish, shulardan kelib chiqqan holda aniq xulosalar chiqarish hamda amaliy tadbirlar belgilash mumkin. Vaholanki, barqaror rivojlanib boruvchi mehnat resurslaridan samarali foydalanish tom maʼnoda o‘ziga xos tamoyillarga asoslangan mehnat resurslarini hududiy taqsimlash, tabiat bilan jamiyatning qonun va qonuniyatlarini anglash, ushbu jarayonlarni chuqur tahlil qilish, ilmiy ishlanmalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga qo‘llashni nazarda tutadi. Taʼkidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonning maqsad-mohiyati ham mamlakatimiz mehnat resurslaridan samarali va oqilona foydalanish orqali milliy iqtisodiyot taraqqiyotini taʼminlash, pirovardida aholi turmush tarzini yana-da yaxshilashdan iborat Mazkur strategiya ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini beshta ustuvor yo‘nalish doirasida qamrab olganligi va “ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish, har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash”ga qaratilganligi bilan amaliy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda mehnat resurslari samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifasi bo‘lib, bu borada ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish zaruratini keltirib chiqaradi. Ilmiy manbalarda mehnat resurslari va ularni oqilona shakllantirish va samarali foydalanish yuzasidan turli ilmiy talqinlar va qarashlar mavjud.
Mehnat resurslari bugungi mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va tubdan yangilash sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi, uning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyatini mikro-, mezo- va makro- darajalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Mehnat resurslarining mikro darajadagi ahamiyati ularning korxona (tashkilot) faoliyatidagi o‘rni hamda ishlab chiqarishdagi ishtiroki bilan belgilanadi. Maʼlumki, mehnat resurslari ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lib, uni yuzaga keltiruvchi barcha resurslar bevosita mazkur omil orqali boshqariladi. Hudud va mintaqalar iqtisodiyotida mehnat resurslarining roli uning mezo darajadagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Mamlakatning qaysi hududida mehnat resurslari yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, u yerda ishlab chiqarish, sanoat, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma va kommunikatsiya rivojlanadi. Mehnat resurslarining makro darajadagi ahamiyati uning mamlakat yalpi iqtisodiyotidagi o‘rni va asosiy boylik sifatida eʼtirof etilishi bilan asoslanadi. Aynan mehnat orqaligina mamlakatda moddiy va nomoddiy boyliklar yaratiladi. Mazkur mehnatning subyekti esa bevosita inson, yaʼni mehnat resurslaridir. Demak, mehnat resurslarining barcha darajadagi ahamiyati uni tadqiq etishning ham ilmiy, ham iqtisodiy dolzarbligini belgilab beradi. Shu o‘rinda, mehnat resurslari va ularning shakllanishi yuzasidan iqtisodchi olimlarning nazariy qarashlarini tahlil qilamiz. Maʼlumki, yurtimizda iqtisodchi olim Q.X.Abduraxmonov mehnat resurslari, ularning shakllanishi va o‘ziga xos xususiyatlari, ulardan oqilona va samarali foydalanishning nazariy jihatlarini keng asoslab bergan. Jumladan, uning fikricha, mehnat resurslari mamlakat aholisining o‘z ruhiy-fiziologik va aqliy sifatlari bilan moddiy neʼmatlar ishlab chiqarishga (xizmat ko‘rsatishga) qodir mehnatga layoqatli qismi hisoblanadi. Ular tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholigina emas, shu bilan birga hozirgi paytda ishlamayotgan va ish qidirayotgan mehnatga layoqatli shaxslar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olayotganlar ham kiritiladi [2]. Demak, mehnat resurslari iqtisodiyotda mehnat bilan band bo‘lgan, band bo‘lmasa ham mehnat qilishlari mumkin bo‘lgan shaxslarni qamrab oladi. Eʼtirof etish kerakki, mehnat resurslari o‘z xususiyatlariga qarab o‘zaro farqlanadi. Buning muhim belgilari quyidagilardan iborat: Birinchidan, mehnat resurslari maʼlum yoshdagi insonlardan iborat. Ular malakasi, aqliy salohiyati, tajribasi, bilim saviyasi bilan farq qiladi. Ushbu farq ularning ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) salohiyatiga taʼsir etadi; Ikkinchidan, mehnat resurslari faqat moddiy neʼmatlarni yaratibgina qolmay, ularni isteʼmol ham qiladi. Isteʼmol darajasi uning mehnati samarasiga bog‘liq. Chunki qancha samarali ishlasa, shuncha ko‘p haq oladi va mos ravishda ko‘p isteʼmol qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. Uchinchidan, insonlarning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlari jihatidan ham o‘zaro farqlanadi. Chunki mehnat resurslarining jinsi, yoshi, sog‘lig‘i, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi va boshqa ijtimoiy, ruhiy-fiziologik sifatlari turli bo‘lganligi tufayli isteʼmol darajasi ham turlicha bo‘ladi. To‘rtinchidan, mehnat resurslarining yaratuvchanlik imkoniyatlari hamda ehtiyojlari cheksiz. Shuning uchun ulardan samarali foydalanish maqsadida turli rag‘batlarni qo‘llagan holda faoliyat yuritish lozimligini taqozo qiladi. Bu, o‘z navbatida, o‘ta murakkab jarayon. Buni to‘liq anglash uchun ushbu jarayonlarni tahlil qilish talab etiladi. Beshinchidan, mehnat resurslarining o‘zaro farqlanishi tufayli har bir shaxsga individual tarzda yondashish lozim. Bunda insonlar muhim ehtiyojlarining ro‘yobga chiqavermasligini inobatga olib, ular mehnatidan samarali foydalanish uchun har birining shaxs sifatidagi talablarini qondirishga harakat qilish muhim. Boshqacha aytganda, iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishi murakkab xo‘jalik mexanizmining samarali faoliyat yuritishini taʼminlash uchun amalga oshiriluvchi barcha jarayonlarda inson va iqtisodiyot manfaatlarining uyg‘unligiga erishishni taʼminlash lozim. Yuqoridagi xususiyat va vazifalarni amalga oshirish uchun butun dunyoda iqtisodiyotni insonparvarlashtirish g‘oyasi ilgari surilmoqda. Ushbu g‘oyaning mohiyati va mazmunida insonga asosiy eʼtibor qaratiladi. Zero, jamiyatni rivojlantiruvchi ham, uning taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi ham insonlardir. Bu insonlarning o‘z ehtiyojlarini qondirib borishi uchun qilinadigan ishlardir. Shu o‘rinda, inson o‘z hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatga taʼsir ko‘rsatadi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etadi va buning oqibatida turli shakldagi moddiy, maʼnaviy va boshqa noz-neʼmatlarni yaratadi va ularni isteʼmol qiladi. Barcha noz-neʼmatlar maʼlum turdagi va muayyan miqdordagi resurslarni sarflash, ulardan foydalanish evaziga amalga oshiriladi. Tabiiy resurslarsiz hech qachon hech narsa ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Iqtisodiyot nazariyasi fani ishlab chiqarish jarayonida foydalaniluvchi barcha zarur resurslarni ishlab chiqarish omillari sifatida ko‘rib chiqadi. Umuman bularga yer, ishchi kuchi, kapital, tadbirkorlik faoliyati omillari kiritiladi [6]. Shuningdek, zamonaviy yondashuvlarda axborotlar ham ishlab chiqarish omili sifatida ko‘zda tutiladi [4]. Ishlab chiqarish omillarining yuqorida nomi zikr etilgan barcha turlari orasida mehnat resurslari alohida o‘rin tutadi. Mehnat resurslariga keng maʼnoda: mehnatni hosil qilish, ayirboshlash va undan foydalanishni taʼminlovchi ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy meʼyor va institutlar tizimi sifatida qarashlar ham mavjud. Jumladan, N.A.Volgin, Yu.G.Odegov va ayrim boshqa iqtisodchi olimlar mehnat resurslari sohasiga faqat mehnatni ayirboshlashni (mehnat oldi-sotdisini) emas, balki, mehnat salohiyatini hosil qilish (taʼlim va kasbiy tayyorgarlik), shuningdek, mehnatdan foydalanish (ishlab chiqarishda personalni boshqarish) jabhalarini kiritish lozimligini ko‘rsatmokdalar [8]. Vaholanki, mehnat resurslarini boshqarishning asosiy tarkibiy qismi sifatida mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan samarali foydalanish jarayonlarini ko‘rish mumkin. "Mehnat resurslarining shakllanishi" tushunchasi ancha vaqtlardan buyon iqtisodiy adabiyotlar va statistik amaliyotda qaror topgan bo‘lib, o‘ziga xos tor kasbiy atama sifatida qo‘llab kelinadi. "Mehnat resurslarini shakllantirish" deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi [3]. Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun biz birinchidan, mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo‘yicha – mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan yoshroq va mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilarni, ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga, uning o‘zgarishiga taʼsir qiluvchi omillarni, uchinchidan, mehnat resurslari va aholining tabiiy va mexanik o‘zgarishdagi umumiy va o‘ziga xos tomonlarni ko‘rib chiqishimiz lozim. “Mehnat resurslari” atamasidan rejali iqtisodiyot sharoitida markazlashgan usulda boshqarish muhitida keng foydalanilgan. Ushbu atama inson resurslarini boshqarish va ulardan samarali foydalanishda qulay dastak sifatida qo‘llanillgan. Mehnat qonunchiligiga binoan xar bir mehnatga layoqatli mamlakat fuqarosining mehnat qilish va ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qishi qonun yo‘li bilan mustahkamlangan sharoitda uzrsiz sabablar bilan uzoq muddat ishlamay yurgan shaxslar qonuniy taʼqib qilingan va ozodlikdan mahrum etib, jazolanishi mumkin bo‘lgan. Mehnatga layoqatli aholi – mehnat resurslarini tashkil etib, u tabiiy, moddiy va moliyaviy resurslari bilan bir qatorda qatʼiy statistik hisob va hisobotda ifodalangan. Chunki mehnat resurslari iqtisodiyotni markazlashgan usulda boshqarish va rejalashtirishning muhim elementlaridan biri edi. Rivojlangan mamlakatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasida ham mustaqillik yillarida Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) tavsiya etgan aholini tasniflash tizimiga o‘tildi, unga ko‘ra aholini tizimli taqsimlashda mamlakat mehnat resurslari ikki guruh, yaʼni iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol qismlarga ajratiladigan bo‘ldi Iqtisodiy faol aholi asosan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishda ishtirok etadi. Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi asosan isteʼmolchi hisoblanadi. Demak jamiyat barcha aʼzolarining ehtiyojini qondirishda mehnat resurslarining ham faqat faol qismigina xizmat qiladi. Shu tufayli mehnat resurslaridan samarali foydalanish korxonadan tortib, to davlat miqyosigacha muhim ahamiyatga ega. Mehnat resurslari mazmunining o‘zgarishini quyidagi holatlarda ko‘rish mumkin. Birinchidan, O‘zbekistonning maʼmuriy-buyruqbozlik davri iqtisodiyotidan bozor munosabatlariga asoslangan erkin iqtisodiyotga o‘tishi munosabati bilan majburiy mehnatdan erkin tanlash usuliga o‘tildi. Ikkinchidan, mehnat resursi atamasining mazmuni ilgarigi talqinda qo‘llanishi zamon talablariga to‘g‘ri kelmay qoldi. Chunki insonni faqat majburlash yo‘li bilangina mehnatga jalb qilish asosida uni ish bilan band qilish va ularni mehnat resurslariga kiritish mantiqan to‘g‘ri yo‘l emas. Uchinchidan, mehnat resurslari mamlakat aholisining bir qismi bo‘lib, o‘z bilim va intellektual saviyasi, tajribasi va aqliy sifatlari bilan moddiy neʼmatlarni ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga qodir bo‘lgan mehnatga layoqatli qisminigina o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, "mehnat resurslari" o‘z mazmuniga ko‘ra, "iqtisodiy faol aholi" tushunchasidan kengroqdir. Iqtisodiy faol aholidan tashqari mehnat resurslari yana mehnatga layoqatli yoshdagi o‘quvchilarni ham, shuningdek, ana shu yoshdagi uy bekalari va mamlakatning qolgan barcha aholisini, yaʼni ishsiz bo‘lmasa ham, maʼlum sabablarga ko‘ra, mamlakat xo‘jaligida ish bilan band bo‘lmagan aholini ham o‘z ichiga oladi. Ko‘rib turibmizki, “mehnat resurlari” va “iqtisodiy jihatdan faol aholi” atamalari o‘zaro farq qiladi. “Iqtisodiy jihatdan faol aholi” tushunchasi “mehnat resurslari” tushunchasidan o‘z mazmuni bo‘yicha torroqdir. Mehnat resurslari toifasiga ishsizlardan tashqari, maʼlum sabablarga ko‘ra mamlakat xo‘jaligida ish bilan band bo‘lmagan mamlakatning muayyan yoshdagi barcha boshqa fuqarolari kiritiladi. Hozirgi paytda xalqaro integratsiya jarayonlari jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Bunday jarayon xalqaro miqyosda foydalanadigan ko‘rsatkichlarni taqqoslashni taqozo etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ularni bir xil o‘lchamga keltirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bunday holatlarni hisobga olib, bizda ham “iqtisodiy jihatdan faol aholi” tushunchasini qo‘llash maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz. Chunki ushbu ko‘rsatkich dunyo miqyosidagi statistik ko‘rsatkichlarga ham to‘g‘ri keladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida olib borilayotgan izchil islohotlar bandlik va mehnat bozorining rivojlanishiga ham turtki bo‘lmoqda. Tahlillarga ko‘ra 2017 yilda respublika bo‘yicha mehnat resurslari soni 18 673 ming kishini tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 6 204 ming kishiga yoki 49,8 % o‘sgan. Mehnat resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholi soni 14 357 ming kishini tashkil etgan (jami mehnat resurslarining 76,9 %) va bu ko‘rsatkich 2000 yilga nisbatan 5 339 ming kishiga yoki 59,2 % o‘sgan. Shu jumladan, respublikada ish bilan band aholi soni 2017 yilda 2000 yilga nisbatan 50,5 %ga yoki 4 537 ming kishiga oshgan va 13 520 ming kishini tashkil etmoqda. Ko‘rinib turibdiki, tahlil qilinayotgan yillar mobaynida iqtisodiy faol va ish bilan band aholi soni keskin o‘sgan (1 va 2 – rasmlar).
2-rasm. O‘zbekistonda bandlik va mehnat bozori asosiy ko‘rsatkichlarining o‘sish dinamikasi
1-rasm. O‘zbekistonda bandlik va mehnat bozori asosiy ko‘rsatkichlarining o‘zgarish dinamikasi
Xulosa
Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni tubdan yangilash sharoitida mehnat resurslaridan samarali foydalanishni quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq:
barqaror o‘sib kelayotgan mehnat resurslaridan yana-da samarali foydalanish uchun mehnat bozorini modernizatsiya qilish;
mamlakat mehnat bozorini bozor prinsiplariga asoslangan holda takomillashtirish, bunda samarali bandlik hamda yuqori malakali, yuqori ish haqi bilan taʼminlangan yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish siyosatiga o‘tishga alohida eʼtibor berish;
mahalliy ijro hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, taʼlim muassasalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va keng jamoatchilik o‘rtasida mehnat integratsiyasini yaratish;
korxona va tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish, ularni moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirishni bozor prinsiplari asosida takomillashtirish va hokazo
Mehnat resurslar o'zining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan aholining mehnatga layoqatli qismidir.
Mehnat resurslari turli shart-sharoitlar va omillar ta'siida miqdor va sifat shakllanishi xususitlariga ega.
Mehnat resurslaridan foydalanish, ularni iqtisodiyot tarmoqlaridagi taqsimlanishi aridan foydalanish, ularni igrisodil va samaradorligini xarakterlaydi.
Mehnat resurslaridan foydalanish darajasini mehnat unumdorligi, aholini ish bilan bandligi, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish kabi koʻrsatkichlarni ifodalaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.
2. Abduraxmonov Q.X. Mehnat bozori nazariyasiga yangicha yondashuvlar // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, sentyabr, 2011. –B.46-52. Iqtisodiyot.uz
3. Abduraxmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (nazariya va amaliyot). Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – T.: Mehnat, 2004.-203-214-b.
4. Ahmedov D.Q. va boshqalar. Makroiqtisodiyot. -T.: 2004. –147 b.
5. Vladimirova L.P. Ekonomika truda. Uchebnoye posobiye. – M.: Izdatelskiy Dom «Dashkov i K», 2000. -str. 244.
6. O‘lmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. – T.: Sharq, 2006. –36 b. 7. https://stat.uz/uploads/docs/
8. Ekonomika truda (sotsialno-trudoviye otnosheniya) // Pod red. N.A.Volgina, Yu. G. Odegova. – M.: Ekzamen, 2008. S.145-147.