15-modda. Firma nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik Firma nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
16-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruv organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Xulosa: Ushbu Qonunning maqsadi firma nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mening bu qonunni tanlashimdan asosiy maqsad firma ochmoqhi bo`lganlarga nom tanlash masalasida duch keladigan muammolarga qonuniy yechim qilish.