Mavzu:Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli mantiqiy asoslari.
Reja
Kompyuterlarni ko‘p sathli tashkil qilinishi asosida o‘rganish
Kompyuter sathlari
Zamonaviy kompyuter arxitekturasi
Zamonaviy kompyuter o‘zaro bog‘langan - protsessorlar, tezkor xotira modullari va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat bo‘lishi mumkin. 1.1-rasmda bitta markaziy protsessorga ega bo‘lgan kompyuterning tuzilish chizmasi keltirilgan.
1.1-rasm. Bitta protsessorli kompyuterning tuzilish chizmasi.
Kompyuter sathlari
Zamonaviy kompyuter arxitekturasini o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlarda kompyuter arxitekturasini, bir nechta sathlar ierarxiyasidan iborat ko‘rinishda ifodalab o‘rganish amalga oshirilgan.
Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlar ikki va undan ortiq sathlardan iboratdir. 1.2-rasmda kompyuter arxitekturasining olti sathdan iborat tuzilishga ega ko‘rinishda ifodalangan chizmasi keltirilgan.
1.2-rasm. Olti sathli kompyuter.
Kompyuter sathlari
Nolinchi sath – bu kompyuterning apparat taminoti sathi hisoblanadi. Raqamli mantiqiy sath, ya’ni nolinchi sath ob’ektlari ventillar, ya’ni uzgich-ulagichlar deb ataladi. Ular yordamida - И, ИЛИ, НЕ (AND, OR, NOT) kabi oddiy mantiqiy funksiyalar bajariladi (1.3-rasm).
Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1 raqamlarini saqlay oladigan 1 bitli xotira elementlari, ya’ni triggerlar hosil qilinadi. Masalan SR, JK, T va D kabi triggerlar (1.4-rasm). Umuman kompyuter ham - ventillardan tashkil topgandir.
1.3-rasm. Asosiy mantiqiy elementlar.
1.4-rasm. SR-triggeri.
Guruhlarga birlashtirilgan xotira elementlari esa, registrlarni hosil qiladi. Registrlar 8, 16, 32 yoki 64 bit uzunliklarga ega bo‘lishlari mumkin (1.5-rasm).
Guruhlarga birlashtirilgan xotira elementlari esa, registrlarni hosil qiladi. Registrlar 8, 16, 32 yoki 64 bit uzunliklarga ega bo‘lishlari mumkin (1.5-rasm).