Lokal hisob qaydnomasi (локальная учетная запись) uchun parol o'rnatish Agar tizimingizda Windows 10 OT lokal hisob qaydnomasi bo'lsa, lekin unda parol bo'lmasa (masalan, tizimni o'rnatishda siz uni o'rnatmagansiz yoki OS ning oldingi versiyasidan yangilanganda u yerda bo'lmagan), tizim diskiga o'rnatishingiz mumkin. Ushbu ikki usul qiyinroq, ammo ulardan foydalanganda (ayniqsa ikkinchi holatda) begona odam Windows 10 OT parolini qayta tiklay olmaydi.
Lokal hisob qaydnomasi (локальная учетная запись) uchun parol o'rnatish Agar tizimingizda Windows 10 OT lokal hisob qaydnomasi bo'lsa, lekin unda parol bo'lmasa (masalan, tizimni o'rnatishda siz uni o'rnatmagansiz yoki OS ning oldingi versiyasidan yangilanganda u yerda bo'lmagan), foydalanuvchi uchun parolni bir necha oddiy usullar bilan o'rnatish mumkin.
Sozlamalarda hisob qaydnomasi parolini qo'shish «Пуск» ga kiring — Sozlamalar (Параметры) .
«Учетные записи» elementini tanlang, keyin esa - «Параметры входа» ni tanlang.
"Parol" bo'limida, agar parol bo'lmasa, "Sizning hisobingizda parol yo'q" degan xabarni ko'rasiz. (4.1-rasm)
4.1-rasm. Windows 10 OT autentifikatsiyalash oynasi
«Добавить» tugmasini bosing, yangi parolni kiriting, uni takrorlang va sizga tushunarli, ammo begonalarga yordam beraolmaydigan parol maslahati (подсказка) ni kiriting. Va «Далее» tugmasini bosing.
Shundan so'ng, parol o'rnatiladi va keyingi safar Windows 10 OTga kirganingizda, kompyuterni qulflaganingizda so'raladi, buni Win + L tugmalari bilan yoki «Пуск» menyusidagi chap tarafdagi foydalanuvchi belgisini «Заблокировать» bosish orqali amalga oshirish mumkin.
4.3-rasm. Windows 10 OT kirish uchu PIN kod o‘rnatish
4.4-rasm. Windows 10 OT kirish uchu grafik kod o‘rnatish
Windows 10 ga kirishda parol qo'yishning tezkor usuli Agar siz lokal hisob qaydnomasidan foydalanayotgan bo'lsangiz va hali parol o'rnatmagan bo'lsangiz, uni Windows 10 OTning so'nggi versiyalarida sozlash uchun quyidagi oddiy usuldan foydalanishingiz mumkin:
Ctrl+Alt+Delete tugmasini bosing.
Ochilgan menyuda "Parolni o'zgartirish" («Изменить пароль») -ni tanlang.
4.5-rasm. Windows 10 OT tezkor parolni almashtirish
Keyingi oynada "Eski parol" («Старый пароль») maydonini to'ldirmang (agar u bo'lmasa), yangi parol o'rnating va uni tasdiqlang.
4.6-rasm. Windows 10 OT parolni yangilash
Parolni tasdiqlash maydonining o'ng tomonidagi strelkani bosing.
Bajarildi, endi foydalanuvchingiz uchun kirish paroli o'rnatiladi.
Buyruqlar satri yordamida hisob qaydnomasi parolini o'rnatish Windows 10 OT lokal hisob qaydnomasiga parol o'rnatishning yana bir usuli buyruq satridan foydalanish. Buning uchun
Buyruqlar satrini administrator sifatida ishga tushirish.
Buyruqning satriga net users buyrug‘ini kiriting va Enter tugmasini bosing. Bunda siz faol va nofaol foydalanuvchilar ro'yxatini ko'rishingiz mumkin. Parol o'rnatiladigan foydalanuvchi nomiga e'tibor bering.