Muhammad al-xorazmiy nomidagi Toshkent



Yüklə 43,19 Kb.
səhifə1/2
tarix18.04.2023
ölçüsü43,19 Kb.
#99579
  1   2
Mustaqil ish. M.Javoxir



Muhammad AL-Xorazmiy nomidagi Toshkent
Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filalali 4-bosqich 921-19 guruh tolibi Mamatov Javoxirbekning“ Testologiya va pedogogik o’lchovlar nazariyasi” fanidan yozgan
MUSTAQIL ISHI


(2023-yil)

Mavzu: Xalqaro monitoring tadqiqotlarida (PISA, TIMSS, PIRLS) o‘quv yutuqlarini baholashga kontseptual yondashuvlar. Xalqaro monitoring vositalari.


Reja:

  1. PISA

  2. TIMSS

  3. PIRLS

  4. Xalqaro monitoring vositalari.

  5. Xalqaro dasturlarning afzalliklari.

Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning to‘liq sikliga investitsiya kiritishga, ya’ni bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e’tibor beriladi.Chunki bu shu sarmoya jamiyatga 15-17 barabor miqdorda foyda keltiradi . Bizda esa bu ko’rsatgich 4 barobarni tashkil etadi . Inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun esa barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart” Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi prezidenti.
Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi. Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini bеradi. Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini bеradi.
PISA testlari maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu dastur 1997-yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkaziladi, birinchi marta 2000-yilda oʻtkazilgan. maktab o‘quvchilarining baxolash va bilimlarini nazorat qilish uchun yaratilgan Maskur xalqaro baxolash tizimilari. Turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini yaratuvchi dastur hisoblanib unda o‘qish, matematika, tabiiy fanlarda bilimlarini amaliy baxolovchi dastur hisoblanadi.
PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u turli mamlakatlardagi taʼlim tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish, taʼlim sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. 2000-2015- yillar oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari boʻyicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda – Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada - Finlyandiya, Estoniya, Shveytsariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning oʻrta ta’lim tizimi yaxshi rivojlangan.
TIMSS – (Trends in International mathematics and science study) Matematika va tabiiy fanlarni oʻzlashtirish sifatini Xalqaro monitoring qilish va baholash tizimi hisoblanadi. TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo'yicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta'lim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda, qo'shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar bo'yicha berilayotgan ta'lim mazmuni, o'quv jarayoni, ta'lim muassasasining imkoniyatlari, o'qituvchilar salohiyati, o'quvchilarning oilalari bilan bog'liq omillari o'rganadi. TIMSS dasturi oʻzining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan boʻlib, 2023-yilga qadar har toʻrt yilda 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda tashkil etib kelindi. Navbatdagi 8-davriylik joriy 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
PIRLS – ( Progress International Reading and Literact Study ) bu 4 – sing o‘quvchilarining matinni o‘qib tushunish darajasini baholovchi xalqaro tadqiqot. Har 5 yilda o‘tkazilib kelinayotgan ushbu dastur 2001 – yilda joriy etilgan bo‘lib, 2021 – yilda 5 marta tashkil etildi. Xalqaro baholashning ushbu turi o‘quvchilarning matinni o‘qib to‘g‘ri talqin qilishlari, mustaqil mulohaza yurita olishlari hamda xulosa chiqarishlarini tekshirishga qaratilgan. Ushdu dasturlar dunyo bo‘ylab tadqiqotlarni amalga oshiradi va jahondagi eng ilg‘or o‘qitish darajasini ko‘rsatyotgan davlatlar reytingini chiqaradi. Bu esa ilg‘or davlatlarning ta’lim standartlarini o‘rganish va amalda tadbiq qilib ta‘lim sifatini yanada rivojlantirishga yo‘l ko‘rsatadi.


Yüklə 43,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin