Muhammad Fuzuliyning hayoti va ijodi Muhammad Sulaymon o’g’li Fuzuliy Sharqning eng mashhur shoirlaridandir. U 1498 yilda Iroqning Karbalo shahrida tug’ilgan. Karbalo ham ancha mashhur yurt. Fuzuliy zamonasida mana shu dashti kabirda Karbalo degan shahar bo’lgan va buyuk shoir mana shu erda ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Bu shahar bilan shoir o’sib ulg’aygan Bag’dod orasi 85 chaqirim. Karbalo va Bag’dod atrofida ozarbayjonlar ko’plab yashaganlar. Hajga borib-kelishda qolib ketuvchilar ham bo’lgan. Fuzuliyning otasi Sulaymonning bir vaqtlar Ozarbayjonning Arash degan joyidan Karbaloga ko’chib borib qolganini naql qiladilar. Yosh Muhammad shoir sifatida Bag’dodda voyaga etdi. Uning Fuzuliy taxallusi yoniga Bag’dodiy kuniyasining qo’shilib kelishi shundan. Shoir taxallusining o’zagi fazl (fazilat)dan, fuzul — fozil, fazilat egasi ma’nolarini beradi. Bo’lajak shoir maktab, madrasada qunt-ishtiyoq bilan o’qigan. Uning ona tilidan tashqari arab, fors tillarini ham mukammal o’rganib, ularda ajoyib she’rlar bitishi, tabiiy fanlardan chuqur xabardorli bunga dalil. Shoir uch til — turk, arab, fors tillarining shuhratini o’z asarlari bilan olamga yoygan uch buyuk dahoni tilga oladi. Bular — Abu Nuvos, Nizomiy, Navoiy. Va ular o’zlarining buyuk zamondoshlari Xorun ar-Rashid, Shirvonshoh, Xuroson shahanshohi (Husayn Boyqaro) tomonidan izzat va sharaf topdilar. Bu shoirlar Fuzuliyga butun umri davomida yo’lchi yulduz bo’lib qoldilarAyniqsa, Alisher Navoiyga juda katta ixlos va muhabbat bilan qaradi. U yashagan zamonda Navoiyning ovozasi birgina Xurosonu Movarounnahrda emas, Arabu Ajamda ham baland edi. Qolaversa, uning ijod yo’lida ham Navoiy bilan bir qadar o’xshashlik bor. Masalan, u ham o’z ijodini forsiyda boshlagan, ona tiliga so’ng o’tgan. Ayniqsa, Alisher Navoiyga juda katta ixlos va muhabbat bilan qaradi. U yashagan zamonda Navoiyning ovozasi birgina Xurosonu Movarounnahrda emas, Arabu Ajamda ham baland edi. Qolaversa, uning ijod yo’lida ham Navoiy bilan bir qadar o’xshashlik bor. Masalan, u ham o’z ijodini forsiyda boshlagan, ona tiliga so’ng o’tgan. Nihoyat, u ham ixlos qo’ygan ustozlari singari zamonasining saltanat egalaridan izzat va e’tibor topgan. Masalan, Ozarbayjon hukmdori Ismoil I Safaviy va Turkiya sultoni Sulaymon I Qonuniylar uni moddiy ta’minlab turganlari ma’lum. Hatto unga nafaqa tayin etilganini naql qiladilar. Fuzuliyning shoir sifatida shakllanishida maktab-madrasa muhiti, asriy adabiy-madaniy an’analar, xususan, fan va madaniyatga asrlar osha maskan bo’lib kelgan Bag’dod hayoti muhim rol o’ynagan. Shoir o’z asarlaridan biriga yozgan muqaddimada xotirasida shirin tushdek muhrlanib qolgan maktab yillarini intiq bir entikish bilan tilga oladi. Bihishtga o’xshagan majlislarda faqat oshiqona she’rlar, g’azallar o’qilganini eslaydi.